21:32 / 15.12.2017
12 325

Munajjimlar bashorati: 16 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 16 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Olis kelajakka boqishdan tiyilib, bugungi kuningizga nazar tashlang. Hali buguningizning o‘zida amalga oshirishga ulgurmagan ishlaringiz to‘lib yotibdi. Kun davomida favqulodda safarga chiqishingiz mumkin. Ammo bu safar sizga moddiy manfaat keltiradi. Qaysarligingiz tufayli yaqin do‘stlardan biri bilan janjallashib qolishingiz mumkin. Salomatlikka jiddiy e’tibor qarating. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
16 dekabr kuni oy oxirigacha tuzilgan rejalarni xomcho‘t qilib olishingiz uchun keragicha vaqt topiladi. Omadni ulgurjisiga qo‘lga kiritishni mo‘ljallamang, bu hayotingizni izdan chiqarishi mumkin. Pul masalasida juda tartib bilan ish ko‘ring. Odatda yolg‘onlarga sira yon bermasdingiz. Biroq bugun kechqurun o‘zingiz bilmagan holda aldovdan aziyat chekishingiz kutiladi. Kechqurun ovqatlanish rejimingizni bir ko‘zdan o‘tkazib oling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ishda va shaxsiy hayotingizda bugun yorqin tanaffuslar yuzaga kelishi mumkin. Agar tashqarida begona bilan don olishib yurgan bo‘lsangiz, esda tuting, bugun shu siringiz oshkor bo‘lish xavfi bor. Kunning ikkinchi yarmida ish bo‘yicha hamkorlik masalasiga baxshida eting. Moliyaviy ahvolingizni kun bo‘yi kuzatuv ostida ushlang. Kissangiz kechqurunga boribgina pulga to‘lishi mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
16 dekabrda qay ishga qo‘l urmang, uni yo‘qotishlarsiz yakunlash o‘z qo‘lingizda. E’tiborli bo‘lishni yoddan chiqarmang. Sizga chin ko‘ngildan yaxshilik qilayotganlarga ham shunday javob qaytarishga harakat qiling. Ijod kishilariga bugun sal og‘irroq bo‘ladi. Siz yangi yaratgan asaringizni kimlargadir namoyish etib, uning shedevrligini isbotlash ilinjida kunni kech qilasiz. Sog‘lig‘ingizni e’tibor bilan nazorat qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Afsuski, bugungi kun siz uchun ko‘ngildagidek kechmasligi mumkin. Kuch va imkoniyatlar yo‘q hisobi. Omad hadeganda kulib boqa qolmayapti. Bunday lahzalarda sergak va dilgir bo‘lishingiz talab etiladi. Bugun qarz ko‘tarish va bankka katta pul qo‘yish amallari muvaffaqiyatli kechadi. Sportzalga borishni boshqa kunga qoldirib turing, jarohat olishingiz ehtimoli bor. Agar sog‘lig‘ingiz pand bera boshlasa, xalqona usullar yordamida bu muammoni bartaraf etsangiz bo‘ladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
16 dekabr kuni asosiy e’tiborni bolalar va yoshi ulug‘ qarindoshlarga qarating. Qat’iy reja asosida ish boshlasangiz, kun davomida o‘zingiz kutgan natijalarga albatta erishasiz. Kunning ikkinchi yarmida oshqozoningizda jiddiy muammolar paydo bo‘lishi kutiladi. Ovqatlanish rejimiga amal qiling. Kechqurun do‘stlardan biri sizni mehmonga chaqirishi mumkin. U yerga juftingizsiz boring. Yo‘qsa, katta janjal kelib chiqish ehtimoli bor.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kunning birinchi yarmida sizdan ancha burun qarz olganlar nihoyat insofga kelib qarzini qaytaradi. Bundan tashqari, sizga serdaromad ish ham taklif etishadi. Albatta rozilik bildiring. Qarindoshlik rishtalarini mustahkamlash, hamkorlikda katta ishlarga qo‘l urish omadli kechadi. Xizmat yuzasidan qisqa masofaga safar qilish moddiy manfaat olib keladi. Kechqurun sport bilan shug‘ullanish sizga bir olam zavq bag‘ishlaydi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
16 dekabrda miyangizni professional kasbingiz bilan bog‘liq ish bo‘yicha ajoyib g‘oyalar chulg‘ab oladi. Bu g‘oyalarni rahbarlar va hamkasblar bilan birgalikda hayotga tadbiq etishingiz lozim. Rejalaringizni hech kim bilan bo‘lishmang. Kechqurun do‘stlaringizdan biri sizga ajoyib sovg‘a taqdim etishi kutiladi. Ob-havoga qaramay kiyingan holda ko‘chaga chiqsangiz, shamollashingiz tayin. Tomoq va oshqozonni asrang. Ehtiyotsizlik jiddiy muammolarga duchor etishi hech gap emas.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Ba’zilar bugun olis safarga otlanishlari mumkin. Shu safar bahona bo‘lib keyinchalik ishingizni o‘zgartirish payiga tushib qolasiz. Bunga safar davomida bir inson bilan tanishib qolishingiz sabab bo‘ladi. Bugun davlat qonunlariga zid hech bir harakatni sodir etmang. Advokat maslahati, huquqiy idoralarga ish bo‘yicha tashrif buyurish amallari xayrli kechadi. Sog‘lig‘ingizni nazoratda ushlang. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
16 dekabr kuni xavfsizligingiz bilan jiddiy shug‘ullanishingizga to‘g‘ri keladi. Bu yoqimsiz va avariyaviy vaziyatlarga tushib qolishingizdan asraydi. Ovqatlanishda mahsulotlarning ishlab chiqarilgan oyiga yaxshilab nazar soling, zaharlanishingiz ehtimoli bor. Sizga tanish odamlar bir-biri bilan janjallashib qolgan bo‘lsa, sizning ishtirokingizda bir zumda yarashib olishlari mumkin. Bu amalning savobi katta bo‘ladi. Kechqurun kimdandir favqulodda xabar eshitishingiz kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kunning birinchi yarmida juftingiz yoki tanlagan insoningiz bilan jiddiy suhbat kutadi. Bu ikkalangiz uchun ham juda foydali kechadi. Munosabatlar mustahkam torta boshlaganini his etasiz. Moddiy ahvolingiz jiddiy xavf ostida turibdi. Tejamkorlikka alohida e’tibor qarating. Kechqurun sevimli xobbingiz bilan shug‘ullaning yoki sportzalga boring.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
16 dekabrda bajaradigan ishlarning sifatiga hushyor munosabatda bo‘ling. Hamkasblarni kamroq tanqid qiling. Orangizga sovuqchilik tushsa, bu muammoni yo‘q qilish og‘ir kechadi. Xush kayfiyat qondoshlar bilan munosabatlarda foydali kechishi tayin. Moddiy ahvolingiz haqida qayg‘urmasangiz ham bo‘ladi. U a’lo darajada bo‘ladi. Istasangiz kechki payt do‘kon aylanishingiz ham ziyon qilmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 16 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?