22:56 / 24.12.2017
11 720

Munajjimlar bashorati: 25 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 25 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz yengil kechmaydi, ammo qiziqarli hodisalarga boy bo‘ladi. Atrofdagilarning e’tiborida bo‘lasiz. Hamma sizni olqishlab, sizga havas qilib to‘ymaydi. Ish joyingizda hamkasblarning qaysidir biri raqobatchiga aylangan bo‘lsa, siqilmang. Bu o‘tkinchi. Agar hadeb faqat ish, martabani oshirish haqida o‘ylayversangiz, oilangizda katta janjal yuzaga kelishi mumkin. Kechqurun oila davrasida dam oling. Iloj topsangiz, kichik bayram uyushtiring.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 dekabrda siz bilan yelkadosh bo‘lib birga ishlaydiganlar ko‘ngliga yo‘l topa bilishingiz tavsiya etiladi. Ular bilan bir xil fikrlang, hazil-mutoyiba yordamida ko‘ngillarini ovlang. Biror manzilga pul jo‘natish zarurati tug‘ilsa, juda sergak turing. Ishxonangizda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Barcha ishlar siz o‘ylagan yo‘ldan ketadi. Faqat kechqurun sog‘lig‘ingizni nazoratdan o‘tkazib olishni unutmang. Ovqatlanishda ehtiyot bo‘ling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalab uyqudan uyg‘oniboq oldingizga shunday maqsadni qo‘yingki, kechgacha shu maqsadga yetishingiz tayin bo‘lsin. Muhabbatda tuyg‘ularga emas, tafakkurga suyanib ish tuting. Kunning ikkinchi yarmida shamollash, gripp alomatlari kuzatilish xavfi bor. Darhol chorasini toping va kerakli dorilarni iching. Kechqurun qo‘shimcha daromad keltiruvchi ish taklif etishlari kutiladi. Albatta rozilik bildiring. Iloji boricha ertaroq uyquga yotishga harakat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 dekabr kuni xotirjamlik va garmoniya sizga hamroh bo‘ladi. Ammo bundan quvonib bo‘shashishga ham haqli emassiz. Aks holda og‘riq nuqtalaringizdan raqobatchilar xabar topishi va bundan o‘z maqsadi yo‘lida foydalanishi hech gap emas. Agar bir joyda o‘tirib ishlaydigan ishda bo‘lsangiz, kun davomida zarur gimnastik mashqlarni bajarishni kanda qilmang. Oilaviy hayotingizda xotirjamlik, ahillik hukm suradi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
25 dekabr arslon burjida tavallud topganlarning kuni. Shuning uchun ruhni baland ko‘targan holda harakatlar sodir etishni boshlang. Kun bo‘yi muhabbatning yoqimli lahzalaridan bahra olishingiz, qisqa manzilga safar uyushtirishingiz kutiladi. Martabangiz ham kunning ikkinchi yarmida ortishi ehtimoldan xoli emas. Biror qarorga kelishdan oldin albatta yaqinlaringiz bilan maslahatlashing. O‘zingizni ehtiyot qiling. Tabiatingizga xos mag‘rurlikni vaqtincha bo‘lsa-da chetga sura turing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 dekabr kuni muhim qarorlar qabul qilishdan tiyiling. Yo‘qsa, o‘zingiz o‘z oyoqlaringiz ostiga to‘siq tashlagan bo‘lasiz va shu to‘siq sizni yiqitishi mumkin. Yirik loyihalar tez fursatda hal bo‘ladi. Biroq mayda-chuyda yumushlar asabingizga o‘ynashi mumkin. Ba’zi oila qurmaganlar o‘zidan ancha yoshi ulug‘ insonga ko‘ngil berishi kutiladi. Taqdiringizda tub burilishlar sodir bo‘lsa, sira qo‘rqmang. Bularning barchasi yaxshilikka. Surunkali xastalikka chalinganlar odatdagidek dorilarini o‘z vaqtida ichishni unutmasalar bas.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Harakatlar sodir etishdan oldin yaxshilab fikrlang, mulohaza qiling. Kimdir ishonchingizni oqlamagan bo‘lsa, xulosa chiqarishga shoshilmang. Salomatlik masalasida esa oshqozon-ichak yo‘llarini nazoratdan o‘tkazib qo‘ying. Kechqurun sizni ziyofatga taklif etishlari kutilmoqda. Spirtli ichimliklarga ruju qo‘ya ko‘rmang, ana shu oshqozoningizda jiddiy muammolar paydo bo‘lishini ta’minlaydi. Bugun tunda uxlab ko‘radigan tushingiz o‘ngidan keladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
25 dekabrda sizni qora niyatli kimsalar yolg‘on va firib botqog‘iga botirishga harakat qilib ko‘rishadi. Agar hushyorlikni susaytirmasangiz, bu kurashda siz g‘olib bo‘lasiz. Aksi bo‘lsa, har jihatdan sizni sindirishlari hech gap emas. Kunning ikkinchi yarmida yangi tanishuvlar kutadi. Lekin bu faqat oila qurmaganlarga tegishli. Kunduzi ba’zilar ishxonadagi hamkasblarning biridan qimmatbaho sovg‘a qabul qilib olishi kutiladi. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz xuddi ertaklardagidek shohona kechmasa-da, xafa ham bo‘lmaysiz. Kecha oxiriga yetmagan ishlar bo‘lsa, birinchi bo‘lib o‘sha ishlarni do‘ndiring. Oilangizdagilarning barchasi kun bo‘yi sizni mehru muhabbatga chulg‘ab charchashmaydi. Ana shunda siz yaqinlaringiz uchun qanchalar aziz ekaningizni qalban his etasiz. Muhabbatda muloqotga hazil aralashtirmang. Yurak, jigardan shikoyatingiz bo‘lsa, parhez boshlash haqida ham o‘ylab ko‘rishingiz lozim.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
25 dekabr kuni hayotingizning har jabhasida qisqa muddatli tanaffuslar kuzatiladi. Lekin moliyaviy muammolar chigallashib yotibdi. Ularni o‘zingizga bo‘ysundirish oson kechmasligi tayin. Pul masalasida tavakkalchilik qilishingiz yaramaydi. Muhabbatda ham hushyor turing, juftingiz yoki tanlaganingizning har bir harakatini kuzatishdan tiyilmang. Faqat Sherlok Xolms darajasiga yetish uchun harakat qilmang, baribir yeta olmaysiz, buning sizga keragi ham yo‘q.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Martabangiz oshishini istaysiz, shunday emasmi? Demak, shu manzilga olib boruvchi ishlarni bajarishda mardonalikka intiling. His-tuyg‘ularni jilovda ushlab tura olsangiz, ular depressiya, asabiyliklarni nari haydaydi. Ular tufayligina boshi berk ko‘chada qolib ketmaysiz. Kechqurun do‘stlar bilan uchrashib ko‘ngil yozishingiz, qiziqarli suhbatlar qurishingiz kutiladi. Oilali bo‘lsangiz, juftingizni ranjitadigan gaplarni gapirib qo‘yishdan tiyiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 dekabrda kun bo‘yi yangi yil bayramiga tayyorgarlik ko‘rish bilan band bo‘lishingiz mumkin. Sovg‘alar xaridi, uydagi mayda-chuyda yumushlar kechgacha sizni holdan toydirishi tayin. Lekin bundan qo‘rqmang. Toliqishlaringiz yoqimli kechadi. Moliyaviy muammolarni ham yo‘l-yo‘lakay bartaraf eta borishingiz tavsiya qilinadi. Shu masalada zarracha imkon tug‘ilsa, darrov o‘zlashtirish payida bo‘ling.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 dekabr kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?