23:34 / 05.01.2018
10 644

Munajjimlar bashorati: 6 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 6 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
6 yanvarda birinchi bo‘lib ortga surib bo‘lmaydigan muammolarga e’tibor qaratishingiz kerak bo‘ladi. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ezgu maqsadlarga yetishish yo‘lida o‘zingizga bo‘lgan ishonch yuksak darajada bo‘lishi lozim. Muhabbatda qalbingizga quloq tuting. U sizga har jihatdan sadoqatli ko‘makchi vazifasini o‘taydi. Oila qurmagan bo‘lsangiz, tanlaganingiz bilan munosabatlarda reallikka amal qiling. Salomatlikni asrang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
Yaxshi niyatlarga erishish, illyuziyadan xalos bo‘lishda tabiatingizga xos bo‘lmagan qirralardan yuz buring. Atrofdagilar bilan muloqotda bardosh va og‘ir-bosiqlikka alohida e’tibor qarating. Agar yaqin kelajakda bajarishingiz lozim bo‘lgan ish poydevorini qo‘ya bilsangiz, moliyaviy jihatdan mukammallik faqat sizniki bo‘ladi. Muhabbatda muammo yo‘q. Oilalilar ham, oilasizlar ham tepasida faqat bulutsiz moviy samolarnigina ko‘rishadi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
6 yanvarda o‘zingizga yoqmaydigan, zerikarli ishlar bilan band bo‘lasiz. Shuning uchun bo‘lsa kerak, kayfiyatingiz deyarli nolda bo‘lishi tayin. Shubhalarga asir bo‘lmang, martabangizni oshirish uchun qulay imkoniyatlar sizni kutib turibdi. Tadbirkorlarni ham oldinda yangi muvaffaqiyatlar, daromadlar kutadi. Oilaviy hayotingizda notinchliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Siz ularni xotirjamlikda nari haydang. Zinhor asabiylasha ko‘rmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Ish bajarishda haddan ziyod injiq bo‘lmang, aks holda ishxonadagi hurmatingizni boy berib qo‘yishingiz mumkin. Ommaviy hamda madaniy tadbirlar a’lo darajada o‘tadi. Shu tadbirlar bahona bo‘lib siz yana qo‘shimcha obro‘ga ega bo‘lishingiz ehtimoldan xoli emas. Og‘ir-bosiqlik, diplomatlarcha munosabat sizga oiladagi pozitsiyangizni mustahkamlashda katta yordam berishi mumkin. Salomatligingiz pand bera boshlaganini sezsangiz, darhol tibbiy ko‘rikdan o‘tish uchun shoshiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
6 yanvar kuni ko‘p yillardan biri ko‘rmagan odam bilan tasodifan uchrashib qolishingiz ehtimoli bor. Moliyaviy jihatdan ahvolingiz havas qilsa arziydigan darajada kechadi. Demak, ayollar va qizlar yangi kiyimlar, erkaklar esa oila uchun yoqimli sovg‘alar xarid qilishlari mumkin. Kimlardir yo‘q yerdan janjal chiqarishga urinsa, asabingizga tegsa, shu vaqtning o‘zida chorasini ko‘ring. Omad, pul, hurmat-u izzatning o‘zi sizni qidirib keladi. Kechqurun oila a’zolaringiz bilan birga vaqt o‘tkazing.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yaqin do‘stlardan biri sizga ishonib sirlarini aytgan bo‘lishi mumkin. Shunday bo‘lib chiqsa, bu sirlarni ko‘z qorachig‘idek asrang. Hech kimga gullab qo‘ymang. Ishxonangizdagi erishiladigan muvaffaqiyatlarning barchasi sizga bog‘liq bo‘lib turibdi. Ishdan qochishga urinmang. Yo‘qsa, rahbarlar qattiq ranjiydi va siz mukofotdan mahrum bo‘lasiz. Moddiy ahvolingiz ilgarigidan-da yaxshiroq. Adashib ham bankdan kredit olib qo‘ymang, keyin afsuslanib yurasiz. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar sog‘lig‘ini nihoyatda ehtiyot qilishlari tavsiya etiladi.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
6 yanvarda omad faqat siz tomonda bo‘ladi. Chunki siz orzular ketidan quvmaysiz. Aksincha tafakkur yordamida ish ko‘rasiz. Kimlargadir pul jo‘natmasini jo‘natish niyatida bo‘lsangiz, hujjat masalasida sergak bo‘ling. Tadbirkorlar kunning ikkinchi yarmida yangi shartnomalar imzolash, kelishuvlarni boshdan o‘tkazishadi. Shu bilan bir qatorda yangi takliflar ham kelib tushadi. Kechqurun oila qurmaganlar uchun romantik uchrashuvlar juda yoqimli va xayrli kechadi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Rejalaringiz ketma-ket haqiqatga aylana boradi. Lekin yaqin atrofda hasadgo‘ylar tish qayrab turganini unutmang. Ehtiyotingizni ko‘ring, arzimas xato tufayli katta yo‘qotishlarga yuz tutishingiz hech gap emas. Juda bo‘lmaganda, boshi berk ko‘chada qolib ketasiz. Kun davomida yangi tanishuvlar, eski qadrdonlar bilan uchrashuvlar va shaxsiy muammolarni ijobiy tarafga hal etish kabilarni boshdan kechirasiz. Ammo muhabbatda bugun omadingiz kelmasligi mumkin. Tashvish chekmang, xudoning kuni ko‘p. Ertangi kundan umid uzmang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
6 yanvar kuni har bir bosgan qadamingizni va aytadigan so‘zingizni nazoratda ushlang. Busiz ko‘ngilsizliklarga mubtalo bo‘lishingiz mumkin. Shaxsiy hayotda juftingiz yoki tanlaganingiz bilan munosabatlarni chuqurlashtirishga harakat qiling. Ishdagi ishq degan atamalarga hamrohlik qilib qo‘ymang. Bu boshingizni egib qo‘yadi. Kechqurun xonadoningizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurish ehtimoli bor. Kun mobaynida qon bosimingizni o‘lchatib yuring.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Kunning birinchi qismida kelajakda taqdiringizda muhim rol o‘ynashi mumkin bo‘lgan odamlar bilan tanishasiz. Imkon topsangiz, ro‘zg‘or kemtiklarini to‘ldirish, uy ta’miri bilan shug‘ullaning. Bugun olis safarga otlanishdan voz kechsangiz, ko‘plab ko‘ngilsizliklarning oldini olgan bo‘lardingiz. Muhabbat sizga olamning eng yorqin lahzalarini hadya etmoqchi, foydalanib qoling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
6 yanvarda ertalaboq hoynahoy hayotingizda ilk bor o‘ta yirik bir loyihaning mazasini qochirib, ishxona uchun ko‘z ko‘rib quloq eshitmagan muvaffaqiyatlarni taqdim etishingiz kutiladi. Uy oldi-sotdisi, ommaviy tadbirlar muvaffaqiyatli kechadi. Tadbirkorlar bugun xorijlik hamkorlar yordamida qo‘shimcha daromadga egalik qilishadi. Bundan keyin ham nazoratni susaytirmasligingiz tavsiya qilinadi. Kechqurun o‘zingizni negadir yomon his eta boshlashingiz mumkin. Salomatlikka e’tibor bering.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Illyuziyaga asir bo‘lmang, do‘stlar maslahatiga quloq tutgan holda ish ko‘ring. Oilangiz bo‘lmasa, tushdan keyin bo‘lg‘usi taqdirdoshingizni uchratishingiz kutiladi. Ikki yoshni unashtirish, nikohlash amallari bugun juda xayrli kechadi. Oilalilar kechqurun kichik bayram uyushtirsinlar. Bu bayram yaqinlaringiz bilan munosabatlaringizni mustahkamlash uchun xizmat qiladi. Ba’zilar bosh og‘rig‘idan shikoyat qilishlari ham ehtimolga yaqin.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 6 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?