13:03 / 13.01.2018
13 755

Semirmoqchi bo‘lgan yigitlarga tavsiyalar

Semirmoqchi bo‘lgan yigitlarga tavsiyalar
Oramizda shunday erkaklar borki, doim semirish orzusi bilan yurishadi. Biroq buni oddiy sharoitda qanday amalga oshirishni bilishmaydi. Ana shunday yigitlar uchun mutaxassislar semirishning ma’lum qoidalarini tavsiya qiladi.

Xo‘sh, vazn yig‘ish uchun erkak kishi qanday aniq amallarni bajarishi kerak? Birinchidan, his-xayajonning to‘liq nazorati va to‘yib uxlash, ikkinchidan, doimiy va professional darajadagi jismoniy mashg‘ulot olib borish, uchinchidan, to‘g‘ri ovqatlanish tartibiga amal qilish.

Ovqatlanishning yangi tartibi aniq tashkil etilishi va qat’iy nazorat qilinishi kerak. Birinchi nonushta tonggi soat 4-5 larda boshlanib, kun davomida 6 marotabagacha oz-ozdan ovqatlanishni yo‘lga qo‘yish kerak. Ya’ni har ikki yarim, uch soatda taom iste’mol qilinishi talab etiladi.

Ratsionga ko‘proq meva hamda mahsulotlarni kiritish kerak. Kun davomida ichiladigan suv miqdori 1,5-2 litrni tashkil etadi. Tunga oqsillarga boy kokteylning bo‘lishi shart. Shuningdek, sportchilar uchun maxsus qo‘shimchalar, aminokislota, L-glyutaminlar ham iste’mol qilib turish kerak.

Sport mashg‘ulotlari haftasiga 3 martadan ko‘p bo‘lmasin va uning vaqti 40–45 daqiqa. Mashg‘ulotlar 5-7 ta asosiy mashqlar, jumladan, tosh bilan o‘tirib-turish, dast ko‘tarish, yotgan holda ko‘tarish va hakazo. Birinchi bosqichda aerob mashqlar va mushaklar guruhiga yo‘naltiriladigan mashqlarni bajarmay turing. Aytgancha, jismoniy mashqlarning tartibi, uni to‘g‘ri bajarish bo‘yicha mutaxassisdan ma’lumot olishni unutmang.

Xulosa qilib aytganda, semirish uchun asosiy qoidalarning doimiyligini ta’minlash talab etiladi: 5-6 mahal ovqat iste’mol qilish va bir haftada 3-4 marotaba belgilangan jismoniy mashg‘ulotlarni bajarish.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Semirmoqchi bo‘lgan yigitlarga tavsiyalar