17:38 / 15.01.2018
12 946

Uyquga to’ymaslikning 3 jiddiy asorati

 Уйқуга тўймасликнинг 3 жиддий асорати
Surunkali ravishda uyquga to’ymaslikning qanday jiddiy kasalliklarga olib kelishi haqida bilasizmi? Bu borada sog’lom uyqu masalalari bo’yicha ekspert Metyu Uoker ushbu muammoning o’ta jiddiy asoratlari haqida gapirdi.

Hotira bilan bog’liq muammolar

Insondagi muntazam ravishda uyquga to’ymaslik holati eslab qolish qobiliyati bilan bog’liq muammolarni yuzaga keltiradi. Kuniga 7-8 soatdan kam uxlaydigan insonlar yangi ma’lumotlarni eslab qolishga qiynaladilar, hotiradagi ma’lumotlar alg’ov-dalg’ov bo’lib ketadi.

Altsgeymer kasalligi

Tunda to’yib uxlamaslik miyadagi toksik oqsil kontsentratsiyasining oshib ketishiga olib kelishi mumkin. Bu esa bevosita Altsgeymer kasalligi bilan bog’liqdir. Agar inson to’yib uxlamasa miya toksik oqsil chiqara boshlaydi va kasallik xavfi ortib ketadi.

Immun tizimi

4-5 soat uxlagan bitta tuningiz saratonga qarshi kurashuvchi immun hujayralari samaradorligini 70% ga qisqartiradi. Ming afsuski, bu holat ko’pincha ichaklar saratoniga ham olib kelishi mumkin. Tunda to’yib uxlamaydigan insonlar tumovga ham boshqalarga nisbatan ta’sirchanroq bo’ladilar.

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyquga to’ymaslikning 3 jiddiy asorati