17:41 / 20.01.2018
20 004

Yilning qaysi faslida tug‘ilgansiz?

Yilning qaysi faslida tug‘ilgansiz?
Psixologlar insonlarning qanday fe’l-atvorga ega ekanliklarini aniqlashning turli xil usullarini o‘ylab topishgan. Quyida insonlarning xarakterlarini yilning qaysi faslida tug‘ilganligi orqali bilib olish usullari keltirilgan.

Bahor faslida tug‘ilgan insonlar jismoniy va ruhiy jihatdan nozikroq, tez kasal bo‘ladigan, salga ranjiydigan bo‘lishadi. Bu insonlar tabiatan jizzaki, qat’iyatsiz, ko‘pincha o‘zlarinigina o‘ylaydiganlar toifasidan. Ularning ko‘pchiligi judayam iqtidorli, ammo o‘zlariga ishonmaganliklari tufayli biron bir sohadagi layoqatlarini yuzaga chiqishida qiynaladilar. Hazilni yaxshi tushunadi, xotiralari esa mustahkam bo‘ladi.

Mart oyida tug‘ilgan erkaklar tashqi ko‘rinishlariga alohida ahamiyat berishadi. Ulardan yaxshi diplomat va notiq chiqadi. Bahorda tug‘ilgan bolalarga o‘zlaridagi ruhiy va jismoniy noziklikni yenga olishlari uchun og‘irroq ism qo‘yish lozim.

Yozda tug‘ilgan kishilar mehribondirlar. Shu bilan birga ba’zilari irodalari sust va qat’iyatsiz bo‘ladi. Ular hissiyotlarga tez beriluvchan va ta’sirchandirlar. Tavakkalchilikni yoqtiradilar, tirishqoqlar. O‘z qadr-qimmatlarini yaxshi biladilar. Bolalarni sevadilar, tabiat va hayvonlarga ehtiyotkorlik bilan munosabatda bo‘ladilar, san’atni yaxshi tushunadilar. Yozda tug‘ilgan bolalarga ham jiddiyroq ism qo‘yish tavsiya etiladi. Chunki ism ularni kutilmagan omadsizlik va baxtsizlikdan himoya qila olishi lozim.

Kuzda tug‘ilgan kishilar universal bo‘lishadi. Ular mulohazali, jiddiy, har tomonlama qobiliyatlilar. Ishlari, hayotlari davomida to‘plagan tajribalarini qadrlaydilar va oson qo‘llay oladilar, o‘tmishda qilingan xatolarni hech qachon takrorlamaydilar. Har bir ishni shoshilmasdan, bamaylixotir va yaxshilab o‘ylab amalga oshiradilar. Aqli teranligi uchun “kuz odamlari”dan yaxshi diplomat chiqadi.

Bu faslda tug‘ilgan bolalarga uning fe’l-atvoriga salbiy ta’sir ko‘rsatmaydigan har qanday ismni qo‘ysa bo‘ladi.

Qish faslida tug‘ilganlar tabiatan irodali, aniq maqsad sari olg‘a intiluvchan, iqtidorli, chuqur fikrlovchi bo‘ladilar. Ammo ular oilada doimo muammolar keltirib chiqarishadi. Bunga “qish odamlari” shaxsiyatidagi chiqisha olmaslik, birovga yon bermaslik, bo‘sh kelmaslik kabi xususiyatlar sabab bo‘ladi. Ular arzimagan narsalar ustida soatlab bahslashishadi va bahs-munozarada ustun kelishadi. Ko‘pchiligining fe’li tez, qahri qattiq va qat’iy bo‘ladi.

Qishda tug‘ilgan ayollarning ko‘pchiligi erkakcha fe’l-atvorga ega bo‘ladi. Ular aniq va tabiiy fanlarga qiziqishadi.

Xarakterdagi qattiqlikni yumshatish uchun qishda tug‘ilgan bolalarga quvnoqroq ism qo‘yish tavsiya qilinadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yilning qaysi faslida tug‘ilgansiz?