23:34 / 20.01.2018
10 505

Munajjimlar bashorati: 21 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz siz o‘ylaganchalik yengil kechmasligi kutiladi. Omadga erishishingiz yo‘lida ba’zi to‘siqlar, mushkulotlar yuzaga kelishi mumkin. Kun davomida atrofdagilar bilan janjallashib qolishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Shunday ekan, sizni tushunadigan, hurmat qiladiganlar bilan sheriklikda ishlang. Six ham kuymasin, kabob ham. Juda muhim ishlarni kunning ikkinchi yarmiga ko‘chiring. Kechqurun qo‘shnilaringizdan birinikiga qandaydir tadbir bahona tashrif buyurishingiz ehtimoli bor.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 yanvarda ertalabdanoq kim bilan qanday ohangda gaplashish kerakligini tushunib yetasiz. Moddiy ahvolingiz tushgacha bormay ijobiy hal bo‘lishi kutilmoqda. Ammo tadbirkorlar hamkorlar bilan ishlashda ba’zi muammolarga duch kelishlari mumkin. Kechqurun kommunal xizmat vakillari bilan orangizda muammo paydo bo‘lishi kutiladi. Shuning uchun mabodo ulardan qarzingiz bo‘lsa, to‘lang-u, daf bo‘la qolishsin! O‘zingizni ehtiyot qiling. Kechqurun toza havoda albatta sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun ommaviy va jamoatchilik ishlari bilan band bo‘lishingiz tavsiya etiladi. Shularning o‘zi sizga ham obro‘, ham daromad keltiradi. Ko‘pchilik yig‘iladigan joylarda aslo turib qolmang. Sizga 21 yanvar kuni ko‘proq yolg‘iz qolish xush kayfiyat baxsh eta oladi. Oila qurmaganlar kunning ikkinchi yarmida romantik uchrashuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Oilalilar ham kim bilandir uchrashishadi, ammo bu uchrashuv romantik xarakterga ega bo‘lmaydi. Kechqurun judayam yoqimli xabar eshitasiz.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
21 yanvar kuni ertalab do‘stlar bilan uchrashing va vaqtingizni xushchaqchaqlikda o‘tkazing. Bugun ishga bor bo‘yingiz bilan sho‘ng‘ishingiz shart emas. Baribir ko‘nglingizdagi natijaga erishishingiz mushkul kechadi. Zararli odatlardan voz kechish bugun faqat muvaffaqiyat keltiradi. Salomatlikni tiklash uchun ham dori ichish shart emas. Sport bilan shug‘ullanishni odat qiling. Kechqurun olis safarga jo‘nashingiz ehtimoli bor. Yaxshisi bu safarni boshqa kunga qoldiring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Qanaqangi muhim ishingiz bo‘lsa, ertalabga mo‘ljallang. Shunda foydasini aniqroq ko‘ra olasiz. Yo‘lingizda uchraydigan to‘siqlar, qiyinchiliklar sizni aslo qo‘rqita olmaydi. Shundan bo‘lgandan keyin bajargan ishingizdan ko‘proq naf kutsangiz yarashadi. Muhabbatda qarama-qarshi jins vakil va vakilalari bilan don olishish sira ham quvonch hadya etmaydi. Aksincha yuzingizni yerga qaratadi. Qondoshlar bilan kechqurun yurakdan suhbatlashing, chigallaringiz yoziladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
21 yanvar kuni quvonishga ham, safar, yozishmalar va romantik uchrashuvlar uchun ham vaqtingiz istagancha topiladi. Siz xuddi elektr quvvatiga to‘yingan akkumlyator misoli barcha ishlarni do‘ndirishga ulgurasiz. Yorqin va nafi ko‘proq g‘oyalar o‘ylab topib, rahbarlarga havola etsangiz, martabangiz oshardi, pul ham ko‘proq kela boshlardi. Kun mobaynida zinhor yaqin o‘tmish haqida xayol surmang. Bu sizga faqat xafagarchiliklarni taqdim etadi. Kechqurun oilangizda ajoyib tantana bo‘lib o‘tishi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatligi haqida astoydil qayg‘ursinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Moliyaviy muammolarga nisbatan loqayd bo‘lmang, aks holda kechqurun katmoningiz pulsiz qolishi hech gap emas. Tushdan keyin qandaydir yoqimsiz xabar tufayli kayfiyatingiz tushib ketishi mumkin. Bunday lahzalarda optimistlarcha yo‘l tutishingiz lozim. Oila qurishga ulgurmagan qizlarning ayrimlari kechqurun romantik uchrashuvga taklif etilishadi. Ishoning, bugun sevganingiz sizga to‘liq qalbini ochishni niyat qilgan.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
21 yanvarda vujudingiz qo‘shimcha kuchga to‘lib-toshadi. Ko‘chada tanishlardan birini ko‘rib qolib yoqimli suhbat ham qurasiz. Kelgusida xuddi shu tanishingiz sizga tijoratda ishonchli hamkor bo‘lishi ham mumkin. Agar shaxsiy biznesingizni ochishga qaror qilgan bo‘lsangiz, o‘sha tanishingizni mahkam tuting. O‘zingiz uchun qimmatli va hurmatli insonlarga ta’zim bajo aylashdan uyalmang. Uzoq-yaqin qarindoshlar bilan muloqotda xotirjamlikka e’tibor qarating.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Dam olish kuningiz bo‘lishiga qaramay, baribir tirikchilik ekan-da, ishlar, muammolar quyiib kelaveradi. Ba’zi muammolar sizni qattiq ranjitishi ham ehtimolga yaqin. Lekin ruhni tushirmang. Bu dunyoda ko‘p narsalar nisbiy ekanini esga oling-da, olg‘a qadam tashlayvering. Taqdirda boriga shukr qiling. Kechqurun esa salomatligingiz haqida qayg‘urishingizga to‘g‘ri keladi. Jiddiy xastalikka yo‘liqmasangiz-da, shamollash alomatlari borligi aniqqa o‘xshaydi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
21 yanvar kuni o‘zingizga qiziq bo‘lmagan ishlarga qo‘l urmaganingiz ma’qul. Behuda vaqt ketkazishdan nima foyda. Bo‘ladigani, oladiganiga intilavering. Chunki sizda qiziqish uyg‘otmabdimi, demak u ish foyda keltirmaydi. Ijod kishilarini ham bugun ajoyib lahzalar kutib qoladi. Qisqa manzilga safar qilishingiz mumkin. Bu ham ko‘nglingizga bir olam shodlik bag‘ishlaydi. Kuningiz xayrli o‘tsin!

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun sizga chor atrofingizdan yordamlar yog‘ila boshlaydi. Shuning uchun yaqin o‘tmishdagi xatoliklarni eslab kayfiyatni tushirmasangiz ham bo‘ladi. Kunduzi ommaviy tadbirga taklif etishlari mumkin. Tadbirga bormang, undan ko‘ra mayda-chuyda ishlarni bajarib, pul topish harakatida bo‘ling. Ba’zilar jufti haqida yoqimsiz xabar eshitgach, jahl otiga minishlari mumkin. Jahl otiga minsangiz, mayli, ammo jilovni bo‘sh qo‘yib yubormang. Keyinini o‘ylang. Yaxshisi, juftingiz bilan ochiqchasiga, xotirjam holda gaplashib oling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
21 yanvarda baliq burji ostida tug‘ilganlarning kuni tug‘adi. Pul deysizmi, xushomad deysizmi, ishqilib, dunyoning barcha yaxshiligi siz tomonga talpina boshlaydi. Intuitsiyani taraqqiy toptirish, bilim olish va sayohatga chiqish bugun omadli kechadi. Jahlingizni chiqarganlarga nisbatan sukut bilan javob qaytaring. Shunda mutlaq g‘olibga aylanasiz.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?