18:31 / 21.01.2018
16 136

"Yaxshi ayol"ning yaxshi sifatlari...

"Яхши аёл"нинг яхши сифатлари...
Yaxshi ayol munosabatlarga nuqta qo‘yadigan yo‘lga yurmaydi. Omonat deb emas Qiyomatga qadar deb boshlaydi munosabatlarini.
Yaxshi ayol sevganini qalbida pinhon qizg‘onadi. Bir joyga yuborsa ko‘rkam bo‘lsin, yaxshi ko‘rinsin deydilar. Ishonadilar yaqin insoniga.

Sevganining ust-boshini to‘g‘rilab qo‘yishdan zavqlanadilar. Yaxshi ayollar jur’atli bo‘ladilar. Yaxshi ayolning hayotiga erkak osonlikcha kirib kelolmaydi. “Kut” deganni qabrigacha kutadi yaxshi ayol. Ketgan uchun kuyinmaydi. Ochiq-oshkora diydiyo qilmaydi. Yaxshi ayol har doim go‘zal ko‘rinishni istaydi. Kimlardir uchun emas, o‘zi uchun ham bunga ahamiyat beradi. Boshqalarga husnini ko‘z-ko‘z qilish uchun emas, o‘zini yaxshi ko‘rish uchun yaxshi ayolga go‘zallik kerak. O‘rni kelsa ona bo‘ladi, o‘rni bilan do‘st bo‘ladi. Yaxshi ayol muammolardan qochmaydi.

Hamma narsani o‘rni bilan iziga tushiradilar. Yaxshi ayollar juda mag‘rur bo‘ladi.
Darvoqe’, o‘ziga munosib muomalani ko‘rmasa hech narsa bo‘lmaganday davom etmaydi yaxshi ayol. Yaxshi ayol kimlarningdir xohish-istagiga mos bo‘lishni istamaydi.

Atrofdagilaridan o‘zini boricha qabul qilinishini xohlaydi. Yaxshi ayol sevmasa “sevaman” demaydi. Erkaklar yaxshi ayollarni uncha xushlamaydilar. Chunki oson bo‘ysindirolmaydilar yaxshi ayolni. Yaxshi ayoldan voz kechgan erkak yo‘qotadi. Yaxshi ayol esa yelkasidagi g‘uborni qoqib tashlagandek hayot yo‘lida davom etadi. U shunday yaralgan. G‘amxo‘r. E’tiborli. Mehribon. Bolalikdan ONA bo‘lib tug‘iladi yaxshi ayol. Kuchli bo‘ladi u. Illo biror erkak yaxshi ayolni mavh etsa bu uning o‘g‘li bo‘ladi...
Umida ADIZOVA

Manba: Erk.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » "Yaxshi ayol"ning yaxshi sifatlari...