21:06 / 21.01.2018
10 789

Munajjimlar bashorati: 22 yanvar kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 22 yanvar kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun faollikda ishlashingiz va bilim olishingiz uchun kuningiz xayrli kechadi. Aqliy mehnat kishilari bu masalada barchani ortda qoldirishlari tayin. Bugungi kuningiz professional kasbingiz bilan bog‘liq ishlarni yangi bosqichga ko‘tarishda juda qo‘l keladi. Martabangiz ham oshish pallasiga kiradi inshoolloh. Kechqurun oila qurmaganlar romantik uchrashuvdek kutilmagan sovg‘aga ega bo‘lishlari mumkin. Asabni, salomatlikni asrang. Bilingki, bir yeringiz og‘risa, o‘zingizdan bo‘lak hech kim sizga dard tortishib qo‘ya olmaydi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
22 yanvarda yangi ishlarga qo‘l urish harakatiga tushing. Aynan ular sizga muvaffaqiyat hadya eta oladi. Shaxsiy hayotda o‘zingizni yaxshi tuting, injiqliklar, asabiyliklarga yo‘l bermang. Aks holda juftingiz va boshqa qarindoshlar bilan o‘zaro munosabatlaringizda jiddiy to‘siq paydo bo‘ladi. Kechqurun eski qadrdonlardan biri sizga qo‘shimcha daromad keltiruvchi, qiziqarli ishni taklif etishi kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Hali uzoq yillar birga ishlashingiz zarur bo‘lgan odamlarga qo‘pollik qilib qo‘ymang. Ishga ijodiy yondasha olsangiz, omad sizniki deyavering. Moliyaviy muammolaringizni esa yaqin insonlaringiz hal etib berishadi. Agar pulni yirik loyihalarga tiksangiz, kelgusida katta daromad egasiga aylanasiz. Ammo qimmat va keraksiz buyumni xarid qilib qo‘ymang, inqirozga uchraysiz. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Hasadgo‘ylarni aylanib o‘tishga harakat qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
22 yanvar kuni qadimiy an’analarga amal qilsangiz, shaxsiy hayotda omadingiz chopadi. Har bir yumushni ado etishda tafakkurga suyaning. Juda mushkul ishlarga duch kelsangiz, internet orqali bo‘lsa-da, qo‘llab-quvvatlashga tayyor tanishlarni qidirib toping. Muhabbatda faqat yonib-kuyishlargina juftingiz yoki tanlaganingiz bilan munosabatlarga iliqlik, jon kirita oladi. O‘zingizni o‘zingiz tinchlantirsangiz, yonib-kuymasangiz, barcha yaxshiliklardan quruq qolasiz.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Biznesda, moliya, va xizmat safariga borish masalasida muvaffaqiyatlarga erishasiz. Yana obro‘yingiz ham bir pog‘ona yuqorilaydi. Uyda shohona yashash uchun sharoit yaratish, uy ta’miri va keraksiz buyumlarni sotishda omadingiz chopadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, hamkorlar bilan o‘z tajriba va sirlaringizni bemalol o‘rtoqlashishingiz, fikr almashishingiz mumkin. Bu muloqotlar ham biznesni yaxshilashda muhim rol o‘ynashi turgan gap. Salomatlikni asrang. Bo‘lar-bo‘lmasga asabiylashmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
22 yanvarda ko‘p ishlarda sinovlar o‘tkazishingizga to‘g‘ri keladi. Bu sinovlar sizni omad sari yetaklaydi. O‘tmishga qaytmang va faqat bugungi kun bilan yashang, fikrlang. Shaxsiy hayotda kechki payt sizni kutilmagan sovg‘alar kutib turadi. Basharti biror ishda omad kulib boqmasa, asabiylashmang. Bu o‘zingizga bo‘lgan ishonchga putur yetkazadi. Kechqurun meditatsiya mashg‘ulotlari omadli kechadi. Kechki ovqatga yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, o‘zingizni nihoyatda ehtiyot qiling.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yo‘lingizda nimaiki uchrasa, o‘shandan naf ko‘rish harakatida bo‘lsangiz, xato qilmaysiz. Shunda siz barcha foydani o‘zingizga jalb etgan bo‘lasiz. Ezgu maqsadlar yo‘lida buning sira uyati yo‘q. Kunning birinchi yarmida qish oylari uchun to‘liq ish rejasi tuzib olishingiz masalasida qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Intellektual o‘yinlar va misollar dunyoqarashingiz, bilim doirangiz kengayishida katta ahamiyatga ega. Muhabbatda o‘zingizga ishoning va bo‘lg‘usi juftingizni tanqid qilishdan saqlaning.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
22 yanvar kuni o‘zingizga yoqmaydigan odamlar, vaziyatlar, hodisalardan nari bo‘lishga harakat qiling. Yo‘qsa, bu narsalar ishingizga jiddiy xalal berib sizni moliyaviy manfaatdan mahrum etishi mumkin. Bugun azartli o‘yinlar va pul masalasidagi firiblar sizni qonun himoyachilari bilan teskari qilib qo‘yishi hech gap emas. Biling, bunday vaziyatlarda o‘zingiz uchun faqat o‘zingiz qayg‘urishingizga to‘g‘ri keladi. Hatto, yuqori lavozimli tanishlar ham sizga yordam bera olmaydi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Taqdir sizga in’om etadigan har bir imkoniyatdan unumli foydalaning. Bu asosan ishingiz bilan bog‘liq. Sababi, bunday imkoniyatlar har kuni ham berilavermaydi. Muhabbatda qat’iyatli bo‘lishingizga to‘g‘rri keladi. Shu yo‘l bilangina tanlaganingizning qalbiga yo‘l topa olasiz. Yigitlarimiz sevganining qo‘lini so‘rashga ahd qilgan bo‘lsa, bugundan qulayi bo‘lmaydi. Asablarni asrang, ular qaqshaganda, kutilmagan jiddiy xastaliklarga duchor etishi mumkin.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
22 yanvarda har qanday yuksak cho‘qqi ham sizning qarshingizda ta’zim bajo aylaydi. Kunning birinchi yarmida ishxonangizda shunday ajoyib tadbir o‘tkazishingiz kutilmoqdaki, bu kelajakda martabangizni o‘n chandon oshirib yuborishi mumkin. Yutuqlar ketma-ket, shoshilmasdan tashrif buyuradi. Shuning uchun behuda asabiylashib o‘zingizni qiynamang. Kun davomida faqat unumdorlikka yo‘nalgan ishlargagina qo‘l uring. O‘rtamiyonalarini keyingi kunlar uchun asrab qo‘ying.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz muvaffaqiyatli boshlanadi. Shunday boshlanadiki, quyosh ham nazaringizda sizga ta’zim qilmoqchidek tuyila boshlaydi. Kun mobaynida yaqin qarindoshlar sizga kutilmagan sovg‘alar hadya etishi, mehmonga chaqirishi kutiladi. Agar barchalarini asablaringiz singdira olsa, sizdan baxtlisi bo‘lmaydi. Kim sizdan yordam so‘rasa, albatta bu iltimosni qondirishga harakat qiling, o‘zingizga ishoning va dangasalikka erk bermang. Omadingizni bersin!

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
22 yanvar kuni har bir bosadigan qadamingizni nazoratda ushlang. Agar charchaganingizni his eta boshlasangiz, barcha ishni tashlang-u, dam oling. Xususiy mulk, uy ta’miri, yangi uyga ko‘chib o‘tish kabilar muvaffaqiyatli hal bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida o‘zingiz realligiga ishonmaydiganlar bilan muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Bosh va oyoq og‘rig‘idan saqlaning. Qon bosimingizni tez-tez tekshirib turing.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 22 yanvar kuni yulduzlar Sizga nimalarni va’da qilmoqda?