09:17 / 23.01.2018
8 498

Munajjimlar bashorati: 23 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 23 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun illyuziya bag‘rida qolishdan tiyiling. Aks holda omad sizdan ochiqchasiga yuz o‘giradi. Oldindan o‘ylangan, puxtalangan, naf beradigan rejalarnigina amalga oshirishga harakat qiling. Kunning ikkinchi yarmida yoqimli uchrashuv kutadi. Bu uchrashuvni keyinchalik ham uzoq vaqt eslab yurasiz. Muhabbatda esa xiyonatdan saqlaning, ehtiyot bo‘ling. Bu faqat sizga bog‘liq. Kechqurun yoshi ulug‘ qondoshlar holidan xabar olish yodingizdan ko‘tarilmasin. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
23 yanvarda erta ish boshlamasangiz, ulgura olmaysiz. Kun davomida ishlaringiz haddan ziyod ko‘p bo‘lishi kutilmoqda. Moddiy masalada ahvolingiz havas qilsa arzigulik darajada yaxshi bo‘ladi. Demak, har bir tiyinning ustida o‘mbaloq oshish sirayam shart emas. Buning o‘rniga o‘zingizga yoqqan xaridlarni amalga oshirsangiz, foydadan xoli bo‘lmaydi. Kechqurun do‘stlar davrasida dam oling. Agar tabiat qo‘ynida dam olib qaytsangiz, immunitetingiz ko‘tarilgan bo‘lardi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalabdan ilgari o‘zingiz uchun arzimas tuyilgan ishlarni adog‘iga yetkazish payida bo‘ling. Istaklaringizni bir joyga jamlab harakatlar sodir etsangiz, moddiy ahvolingiz ham tez fursatda ijobiy hal bo‘lgan chiqardi. Tadbirkorlar uchun kelishuvlar, safarlar va oilaviy bayramlar uyushtirish bugun muvaffaqiyatli kechadi. Muhabbatda sizni tanaffuslar kutib qoladi. Siz ajoyib inson bilan tanishasiz. Salomatligingizni avaylang. O‘zingizni o‘tdan cho‘g‘ga urishni bas qiling nihoyat.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
23 yanvar kuni oldin tasavvuringizda juda og‘ir, hal etib bo‘lmaydigan deb hisoblangan ishlarni xamirdan qil sug‘urgan kabi oson ado qilasiz. Qarindoshlar bilan bog‘liq ba’zi ko‘ngilsiz vaziyatlarga u darajada ko‘p e’tibor bermang, bekorga asablaringiz qaqshagani qoladi. Buning o‘rniga o‘zingiz sevgan xobbi bilan chalg‘ing. Sog‘lig‘ingiz kechki paytga borib biroz bezovta qilib o‘tishi mumkin. Jarohatni bardamalamasdan turib yo‘q qilish kerakligini unutmang. Ovqatlanish qoidalari, rejimini buzmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bir joyda depsingancha turib qolmang. Yo‘qsa, sizga nasib etishi mumkin bo‘lgan yutuqlarni, muvaffaqiyatlarni, omad qushini boshqalar ilib ketishi hech gap emas. Oson pul topish yo‘lini qidirmang, xudoning berib turganiga shukr qiling, kam bo‘lmaysiz. Kun davomida o‘g‘irlik, yolg‘ondan aziyat chekishingiz mumkin. Shuning uchun har daqiqada hushyor turing. Muhabbatda sizga faqat sof raqobat foyda bera oladi. Kechqurun yengil hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qiling. Birovlarni aslo tanqid ostiga ola ko‘rmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
23 yanvar kuni yirik loyihalarni hayotga tadbiq etish harakatiga tushasiz. Buning uchun qo‘shimcha bilim va tajribaga ega bo‘lib olishingiz talab etiladi. Ish ekan deb hadeganda jismoniy zo‘riqish tomonga talpinavermang. Yaxshi dam olishni ham yo‘lga qo‘ying. Teri va bo‘g‘imlarda jiddiy muammo yuzaga kelish xavfi sezilmoqda. Oldini olib vrach qabuliga chiqib kelmasangiz bo‘lmaydi. Allergiyadan ham ehtiyot bo‘ling. Lekin xalqona usullar yordamida davolanish fikridan voz keching.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Jismoniy va ruhiy zo‘riqishlarni teng bo‘lgan holda ish boshlang. Shunday qilingki, ish ham bitsin va jismoniy zo‘riqish olmang. Hamkasblaringiz bugun sizdan yordam so‘rab murojaat etishi kutiladi. Albatta yordam bering. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi do‘stlarimizning lavozimi yuqorilashi ham ehtimoldan xoli emas. Siyosatchilar, adabiyotchilar va tijoratchilarning ishlari baroridan keladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
23 yanvarda kuningiz anchagina zerikarli, og‘ir kechishi kutilmoqda. O‘zingiz bir zumda qoyillatib tashlashni mo‘ljallagan ishlar ham poyoniga yeta qolmay xit qilishi mumkin. Lavozimi yuqori shaxslar bilan raqobatlashishdan, janjallashishdan ehtiyot bo‘ling. Arboblar bilan hazillashib bo‘lmasligini unutmang. Muhabbatda chayon burji vakillarini yolg‘iz qolish balosi ta’qib eta boshlashi kutiladi. Shubhasiz, o‘zingizda juftlikka intilish yetarli bo‘lmasa, shunday vaziyat hukm surishi tayin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun inshoolloh xudoyimning nazaridasiz. Eng mushkul, qaltis vaziyatlardan osonlik bilan chiqib ketishingiz kutilmoqda. Ishqilib doim shunday bo‘lib qoling. Hamkasblar nazarga ilmay tashlab otgan ishlarga siz ham qo‘l urmay qo‘ya qoling. Bolajonlar va qondoshlar bilan yoqimli suhbatlar ruhingizni ko‘taradi. Kechqurun g‘iybatchilar kuzatuvi ostida qolishingiz ehtimoli bor. Oila qurmaganlar romantik uchrashuvlar uchun boshqa kunni tanlaganlari ma’qulga o‘xshab turibdi.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
23 yanvar kuni tadbirkorlarimizning omadi keladi inshoolloh. Yangi ittifoqdoshlar topasiz, yangi ishlarni yo‘lga qo‘yasiz. Mo‘l-ko‘l daromad keltiradigan loyihalarga qo‘l urasiz. Endi siz daryoda emas, dengizda suza boshlaysiz. Dengizning daryoga nisbatan bag‘ri keng. Biroq ehtiyot bo‘ling. Dengizda nahang baliqlar daryodagiga qaraganda ikki hissa ko‘proq bo‘ladi. Oilasizlarning ba’zilari bugundan nafaqat romantik uchrashuv kutish, balki to‘ydan umidvor bo‘la boshlashsa ham yarashadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningiz xayrli boshlanadi. Kun davomida quyosh qalbingizni isitishdan tiyilmaydi. Quvonch quvonch chaqiradi deganlaridek, ishlar baroridan kela boshlasa, daromad ham sizni yo‘qlab xit bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida do‘stlaringizdan biri sherikchilikda amalga oshiriladigan bir ish taklif qiladi. Ortiqcha daromad teshib chiqmaydi, albatta rozi bo‘ling. Kechqurun ertaroq uxlashga yoting. Chunki bugun uxlab ko‘radigan tushingiz albatta o‘ngidan keladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
23 yanvarda kuch va imkoniyatlarni shunday ustalik bilan taqsimlangki, asosiy ishga ham, oila yumushlariga ham yetsin. Muhabbatda omadingiz keladi. Juftingiz, bo‘lg‘usi juftingizning qaynoq mehridan bahra olasiz. Erkalashlar, erkalanishlar boshingizni aylantirib tashlaydi. Tijoratchilar, bozorchilarning kuni tug‘adi. «Navar»ning adog‘i bo‘lmaydi xudo xohlasa.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 23 yanvar kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?