15:45 / 24.01.2018
4 901

Qutulish shart bo‘lgan 12 qusur...

Qutulish shart bo‘lgan 12 qusur...
Ishxonada rahbaringiz ikki haftada bajarishingiz kerak bo‘lgan hisobotni hozirning o‘zida topshirishingizni so‘rayapti. Semestr davomida o‘qib o‘rgandingizu, sessiya vaqti kelganida hech nimani bilmaysiz, o‘rganishga, takrorlashga vaqt yo‘q. Stress holatiga tushiradigan boshqa vaziyatlar ham ko‘p. Quyidagi maqolada hayotingizni barbod qiladigan 12 holatni ko‘rib chiqamiz.

1. Gina saqlab, o‘z hayotingizni buzasiz.
Siz kechirishni bilmaydigan insonsiz. Ba’zan hayotingizda boshqa uchratmaydigan odamlardan ham gina saqlab yurasiz. Biroq hayot juda qisqa, uni bunday bema’ni arazlashlarga sarflamaslik zarur.

2. Yoqmaydigan kasbda ishlash.
Har kuni, olti kun davomida yoqtirmagan ishxonangizda zolim rahbaringizning topshiriqlarini bajarasiz, evaziga esa bir oyga bazo‘r yetadigan maosh bilan «taqdirlanasiz».

3. Birovning fikri.
Siz boshqalar qanday fikrda degan savolni bot-bot takrorlaysiz. Bu noto‘g‘ri. Chunki sizning fikringiz va qaroringiz oldida ular ahamiyatsiz.

4. Sog‘liq.
Kechqurungi yugurishni qo‘ya turaylik, hatto tonggi badantarbiyani ham bajarmaysiz. Biling, «Sog‘ tanda — sog‘lom aql» degan naql bekorga aytilmagan.

5. Shikoyatlar.
Siz hamma narsa yuzasidan shikoyat qilaverasiz. Ya’ni shaxsiy kitobingiz «Urush va tinchlik» kitobiga o‘xshab qolgan.

6. Tasalli.
Har narsaga, ba’zan esa qilmagan ishlaringiz uchun ham siqilasiz. O‘tmish ko‘z yoshlaringizga arzimaydi.

7. Sevgisizlik.
Siz oila qurgan yoki qurayotgan insonni sevmaysiz. Bu bilan esa o‘z hayotingizni ham, uning hayotini ham buzasiz.

8. Solishtirish.
O‘zingizni boshqalar bilan solishtirasiz. O‘zingizni tanqid qilasiz. Sizga qo‘shningizning quyoshi yorqinroq, daraxti yashilroq bo‘lib ko‘rinadi.

9. Baxt boylikda emas.
Siz dunyoning barcha pullarini ishlab topishning imkoni bo‘lmasa-da, shunga intilaverasiz. Bu turishda yaqinlaringizni, oilangizni, do‘stlaringizni yo‘qotasiz. Pul topishga mukkasidan ketgan ishchiga aylanasiz xolos.

10. Minnatdorlik.
Atrofingizdagilarga ko‘magi uchun minnatdorlik bildirmaysiz. Chunki shunday bo‘lishi kerak, bu oddiy holat deb o‘ylaysiz.

11. Yolg‘on.
Yolg‘on eng yomon kuch. U davlatlarni, shaharlarni barbod qilishi yoki ularni bunyod etishi mumkin. Bilingki, yolg‘on hech qachon baxt keltirmaydi. Yodda tutish kerak: kichik yolg‘on ham katta noxushliklarni keltirib chiqarishi mumkin.

12. Tashvish.

Sizni dunyodagi jamiki narsalar tashvishlantiradi. Samuraylarning yaxshi bir oltin qoidasi bor: agar 30 soniya davomida biron ish yuzasidan qaror qabul qila olmasangiz, demak, uni boshqa vaqtga olib qo‘yish kerak. Chunki siz buni hal qiladigan yoshga yetmagansiz.

Xullas, shu o‘n ikki qusurdan qutulsangiz hayotingiz albatta yaxshilanadi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qutulish shart bo‘lgan 12 qusur...