21:50 / 31.01.2018
13 603

Munajjimlar bashorati: 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?


Munajjimlar bashorati: 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kun siz uchun o‘tgan kunlardagiga nisbatan biroz og‘ir kechadi. Kun davomida nafaqat asabiylashish, balki qarindoshlar bilan qaysidir masalada janjallashib olishga ham ulgurasiz. Ijod kishilari aksincha muvaffaqiyatga erishishlari, bajarilgan yangi ish uchun rahbarlarning olqishiga sazovor bo‘lishlari kutilmoqda. Muhabbatda to‘g‘riso‘z va haqqoniy bo‘ling. Shunday yo‘l tutingki, juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizdan shubhalanmasin. Salomatligingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
1 fevralda sizni bir qator mushkulotlar kutib turishi mumkin. Ammo shaxsiy hayotda buning aksi. Ko‘plab yorqin va yoqimli hodisalarga guvoh bo‘lasiz. Mabodo bo‘shashsangiz, moliyaviy masalada ham muammolar ko‘ndalang turishi hech gap emas. Tadbirkorlar hamkorlar faoliyatiga alohida nazar tashlab qo‘yishlari tavsiya qilinadi. Kechqurun qizlar va ayollar go‘zallik saloniga borib kelishlari, garderobga yana bir yangi ko‘ylak qo‘shishlari mumkin. Buning uchun moddiy ahvolingiz to‘liq javob bera oladi.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Jiddiy xatoliklarga yo‘l qo‘yishni istamasangiz, har bir aytadigan so‘zingizni mulohaza qilgachgina tilingizga ko‘chiring, har bir qadamingizni o‘ylab bosing. Ba’zi ishlarda vaziyat sizning foydangizga yuzaga kelmasligi mumkin. Biroq bundan fojia yasashga asos yo‘q. Hayot davom etmoqda. Aqliy mehnat kishilarining kuni tug‘adi. Miyangizga quyilib kelgan yangi g‘oyalar sizga ham ma’naviy, ham moddiy to‘kinlik hadya etadi inshoolloh. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
1 fevral kuni nimaiki ishga qo‘l urmang, foyda ola boshlaysiz. Bu afsonaviy vaziyat-ku! Bunday vaziyatlarni qo‘ldan berishga haqqingiz yo‘q. Harakatingizni qilib qoling! Yangi tanishuvlar bugun sizga yaxshilik keltirmaydi. Shuning uchun kim bilandir tanishishga to‘g‘ri kelsa, biror sabab topib asta ketib qolganingiz ma’qul. Ayniqsa, qarama-qarshi jins vakillari va vakilalari bilan bo‘lib o‘tadigan tanishuv oqibatda yuzingizni yerga qaratishi turgan gap. Salomatligingiz pand berib, asablar qaqshashi kutiladi. Surunkali xastalikka yo‘liqqan bo‘lsangiz, darhol profilaktikani boshlayvering.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugungi kuningiz shu qadar yorqin kechadiki, fevral oyining oxirigacha eslab yurasiz. Picha sabrli bo‘lsangiz, kun mobaynida siz uchun juda qimmatli bo‘lgan inson qo‘ng‘iroq qilishi mumkin. Ishxonada hamkasblar bilan bahslashish shart emas, yon bersangiz to‘g‘riroq bo‘ladi. Kechqurun do‘stlardanmi, tanishlardanmi biri sizni ziyofatga taklif qilishi kutilmoqda. Zararli odatlarni boshlab qo‘ymaslik uchun bu ziyofatni inkor qilganingiz ma’qul.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
1 fevralda har qanday muammoni osonlikcha hal etish imkoniga ega bo‘lasiz. Faqat muammoga to‘g‘ri yaqinlasha bilsangiz bas. Ruhan tetik bo‘lishi intiling, har bir voqea-hodisaga to‘g‘ri baho bering. Shunda vaziyat sizning foydangizga ishlay boshlaydi. Kechqurun do‘stlar davrasida ko‘ngil yozish, sayohatga chiqish va romantik uchrashuvlar muvaffaqiyatli va yoqimli kechadi. Surunkali xastalikka chalinganlar muolajalar boshlash fursati yetganini esga olib qo‘ysalar ziyon qilmaydi. Hasadgo‘ylardan nariroq yuring.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Kun bo‘yi umr osmoningizda bulutlar ko‘zga tashlanmaydi. Omad va ezgulik quyoshi zarrin nurlarini faqat sizning boshingizga yog‘dira boshlaydi. Moddiy masalada muammo kunning ikkinchi yarmida ijobiy hal bo‘lishi mumkin. Lekin yirik xaridlarga qo‘l urishingiz tavsiya etilmaydi. Bugun kechqurun sportzalga bormaganingiz durust. Aks holda daf’atan o‘zingizni yomon his eta boshlashingiz ehtimoli bor. Ovqatlanishda me’yorga amal qiling. O‘tayotgan har bir daqiqangiz uchun shukr qiling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
1 fevralda muammo deganlarini to‘liq bartaraf etish uchun biroz kutishingizga to‘g‘ri keladi. Qulay imkoniyat paydo bo‘lishi bilan darhol ishga tushasiz-u, qoyillatasiz. Muhabbatda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Faqat juftingiz yoki bo‘lg‘usi juftingiz sizdan ko‘proq romantika kutishini unutmasangiz bas. Axir, tanishganingizda dastlabki lahzalar romantika bilan boshlangandi. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Imkon topilsa biroz vaqt yolg‘iz qolib kelgusi rejalarni chamalab oling.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun sizni ko‘proq moliyaviy muammolar qiynashi mumkin. Rejalar butkul o‘zgarib, yirik xaridlarni amalga oshirish, yana allaqayoqlarga pul yuborish, allambalolarga pul sarflash sizni holdan toydirishi mumkin. Ammo ertalabdan shunga o‘zingizni ruhan tayyorlab olsangiz hammasi yaxshi bo‘ladi. Kun davomida yaqin do‘stlaringizdan biriga yo boshqa uyga ko‘chib o‘tish, yoki uy ta’mirida yaqindan ko‘maklashishingiz mumkin. Kechqurun ruhan dam olish uchun toza havoda sayr qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
1 fevralda ko‘pchilik bilan turli mavzularda muloqot qilishingizga to‘g‘ri keladi. Lekin o‘zingiz tanimaydiganlar bilan yaxshisi suhbatlashmang. Ular sizni yomon yo‘llarga boshlab ketib qolishi hech gap emas. Moliyaviy masalada juda sergak va ehtiyotkor bo‘lsangiz, keyin afsusda qolmaysiz. Sportning faol turlari bilan shug‘ullanadiganlar uchun bugungi kun juda samarali va xayrli kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun sizning kuningiz. Shunday kunni anchadan beri orzulardingiz. Hamma ishlar reja bo‘yicha kechadi. Ular uzoq kutdirmay, sizga moddiy naf keltira boshlaydi. Shaxsiy hayotda juftingizga o‘z fikringizni, pozitsiyangizni isbotlashga harakat qilmang. Shunda munosabatlarga putur yetmaydi. Immunitetni ko‘tarish uchun mevalar iste’mol qiling, muzdek suvda cho‘milish amalini o‘zlashtira boring. Uxlashga yotishdan oldin sut mahsulotlari iste’mol qiling. Agar o‘sal yotgan qarindoshlar bo‘lsa, ular holidan xabar oling, savobi tegadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
1 fevral kuni kayfiyatingiz shu qadar yomon bo‘ladiki, yuragingizga hech narsa sig‘may xunob bo‘lishingiz mumkin. Hatto, suyukli insoningiz ham ahvolingizni ko‘rib qo‘rqib ketishi turgan gap. O‘zingizni qo‘lga oling. Yorug‘ dunyoda barcha mehmon. Mehmondorchilikni risoladagidek o‘tkazing. Dam olish, sevimli xobbi bilan band bo‘lish va yoga mashqlarini bajarish bugun unumli va yoqimli kechadi. Basseynda cho‘milish va sportzalga borish ham ortiqchalik qilmaydi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?