21:54 / 01.02.2018
11 461

Munajjimlar bashorati: 2 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 2 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Garchi tasodifanmi ishlaringiz yurisha qolmasa, taslim bo‘lmang, chetga chiqa ko‘rmang. Hali shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq muammolar bir talay. Kechki payt katmoningizga dasta-dasta pullar tushishi kutiladi. Hoynahoy, yo badavlat qarindoshingiz yoki hotamtoy tanishingiz Ollohning karami bilan sizga moddiy ko‘mak ko‘rsatsa kerak. Sog‘lig‘ingizni avaylang. Duch kelgan taomni iste’mol qilib ketaverishdan tiyiling. Kechqurun oila davrasida vaqt o‘tkazing.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
2 fevralda o‘zingizga bo‘lgan haddan ziyod ishonch hissi o‘z mevasini beradi inshoolloh. Xudo ko‘rsatmasin, bilib-bilmay ortga chekinib qo‘ysangiz bormi, naq baloga qolasiz. Ishlar keskin orqaga ketib yuborishi mumkin. Kunning ikkinchi yarmida fe’li tor ba’zi qondoshlar bilan aytishib qolishingiz, natijada kayfiyatingiz bir pul bo‘lishi kutiladi. Katta janjal chiqmasligi uchun yon berib qo‘ya qoling. Tor fe’lni ikki dunyoda ham kengaytirib bo‘lmaydi. Asablarni asrang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar maqsadga yetish yo‘lida bo‘shashmasdan faqat oldinga yurishni maslahat berishadi. Agar anchadan beri kim bilandir tanishish orzusida yurgan bo‘lsangiz, o‘sha fursat yetdi. Tushdan keyin o‘sha o‘zingiz kutgan inson bilan tanishishingiz mumkin. Tadbirkor bo‘lsangiz, uchrashuvlar, kelishuvlar, shartnomalarga imzo qo‘yish amallaridan bosh tortmang. Bu jarayonlar faqat sizning foydangizga ishlaydi. Qolaversa, ular sizga xush kayfiyat hadya etadi. Kechqurun toza havoda sayr qilishni unutmang.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
2 fevral kuni tejamkorlikni shior qilib oling. Hatto siz amalga oshirmoqchi bo‘lgan xarid juda jozibali tuyulsa-da, tejamkorlikdan yuz burmang. Iloji boricha o‘zingizni qo‘lga oling, yovvoyi istaklarni jilovlashga harakat qiling. Hamkasblar orasida to‘g‘riso‘zlilik sizga lazzat va obro‘ taqdim etadi. Ayniqsa, ular orasida kimdir nuqul sizni ko‘ra olmas darajada bo‘lsa, ularga ham samimiyligingizni keng namoyish eting. Kechqurun oilangiz davrasida vaqt o‘tkazing.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun arslon burji vakillari atrofdagilar bilan muloqotda o‘zlarini qo‘lga ola bilishlari tavsiya etiladi. Aks holda suhbatdoshingizni ranjitadigan gap aytib qo‘yishingiz mumkin. Yaqindagina kim bilandir romantik munosabatlarni boshlaganlar bugun muhabbatda bir olam taassurot olasiz. Shoshma-shosharlik tufayli qaysidir masalada noto‘g‘ri qaror chiqarib qo‘ysangiz, afsuslanmang. Vaqt hakam. Bu xatoni to‘g‘rilasa bo‘ladi. Ba’zilar kechga yaqin o‘zini lohas his eta boshlashi mumkin. Qon bosimini o‘lchatib oling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
2 fevralda asosiy vaqtingizni shaxsiy ishlarni bajarish, do‘stlar va hamkasblar bilan shirin suhbat qurishga bag‘ishlaysiz. Ishxonada bajaradigan ishlar ham chala qolib ketishi hech gap emas. Bir paytlar sizga maslahat bergan-u, inkor etganingiz aslida to‘g‘ri maslahat ekanini bugun anglab yetasiz. Imkon doirasida bugun mustaqil fikrga ega odamlar bilan gaplashing. Surunkali xastalikka chalinganlar profilaktika masalasida sezilarli harakatlar sodir etishingiz kerak bo‘ladi. 2 fevral kuni ijodkorlarning kuni tug‘adi. Bir-biridan ajoyib asarlar yaratiladi inshoolloh.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Muammolaringiz siz xohlagandek ijobiy hal bo‘la qolmasa, xavotirga tushmang. Kuningiz unumli kechadi. Demak, muammolarni ham asta-sekinlik bilan bo‘lsa-da, bartaraf etasiz. Tadbirkorlar xorij firmalaridan biri bilan foydali shartnoma imzolashi kutilmoqda. Kasb doirasida qo‘shimcha bilimlar olish muvaffaqiyatli kechadi. Ba’zilar qilgan ishi uchun ishxonasida mukofot olishlari ham ehtimoldan xoli emas. Kechqurun olis safarga jo‘nashingiz kutiladi. Ovqatlanish rejimini buzmang. Hasadgo‘ylardan nariroq yuring.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
2 fevralda kuningiz ancha murakkab, ammo juda qiziqarli kechishi mumkin. Ishxonada hali hech kim bilmagan iste’dodingiz oshkor bo‘lib, olqishlarga sazovor bo‘lasiz. Kayfiyatingiz ko‘tarilib, mo‘may daromad egasiga aylanishingiz ham illyuziya emas. Martabani ko‘tarish masalasida shoshilmasligingiz kerak. Yaqin paytlarda kasbingizni o‘zgartirishingiz ham haqiqatga yaqin. Kechqurun uyingizga kutilmagan mehmonlar tashrif buyurishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Tadbirkorlar kunning birinchi yarmida yangi kelishuvlarni boshdan kechirishlari kutiladi. Biroq ba’zi rejalaringiz teskarisiga ketib qoladi. Ha, o‘zingiz taqdirdan kutilmagan sovg‘a so‘rardingiz. Marhamat, qabul qilib oling. Olis va yaqin manzilga safar, uchrashuvlar, majlislar muvaffaqiyatli o‘tadi. Boy tajribangiz nafaqat ishda, balki muhabbatda ham o‘z so‘zini aytadi. Uxlashga yotishdan oldin yengil hazm bo‘ladigan taomlar iste’mol qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
2 fevral kuni bir-biridan ajoyib insonlar bilan tanishasiz. Ammo eski qadrdonlarning ayrimlari bilan munosabatlarni uzishingizga to‘g‘ri keladi. Bunga orangizda paydo bo‘ladigan janjal yoki ishonchsizlik sabab bo‘lishi mumkin. Kun davomida bir ayol sizga professional kasbingiz bilan bog‘liq muammolarni ijobiy hal qilishda yaqindan ko‘mak beradi. Bu yordamni bajonidil qabul qiling. O‘zingizni o‘zgalardan ustun qo‘yishga zinhor urinmang. Shamollash va gripp alomatlari sezilsa, darrov chorasini ko‘ring. Kasallikni davolashdan ko‘ra oldini olgan ma’qul.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun ommaviy tadbirlarda ishtirok etishingiz ehtimoli bor. Tadbirlar esa sizga yorqin lahzalarni hadya etadi. Ayrimlar yaqin manzilga safar qilishi ham mumkin. Xullas, zerikishga vaqtingiz bo‘lmaydi hisob. Kechqurunga yaqin yangi tanishuvlarni boshdan kechirasiz. Shu tanishuvlar sizga jiddiy muammolaringizni bartaraf etishda turtki vazifasini o‘taydi. Bu moliyaviy muammolar bilan bog‘liq. Demak, moddiy ahvolingiz kechqurun yaxshilanarkan. Yoshi ulug‘ qondoshlar holidan xabardor bo‘lib, duolarini olishingiz tavsiya qilinadi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
2 fevral kuni azaldan janjallashib kelganlar bilan munosabatlar iliq tus olishi ehtimolga yaqin. Ishxonada obro‘, martaba, olqish olish payida bo‘ling. Muhabbatda ikkiyuzlamachilik va g‘iybatdan nari bo‘ling. Juftingiz yo bo‘lg‘usi juftingizga nisbatan yanada iliqroq munosabatda bo‘ling. Yolg‘izlanib qolishdan saqlaning. Kechqurun olisda yashaydigan qarindoshlar haqida xushxabar eshitasiz. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Yoningizdagi pullaringizni tejab ishlating.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 2 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?