Badaniy ibodat bo‘lmish duo o‘lganga manfaat bergandan keyin, ro‘za, namoz kabi boshqa badaniy ibodatlar ham manfaat berishi turgan gap. Chunki orada farq yo‘q. Bu haqida hujjat va dalillar bor.
1. “Bir kishi Rasululloh (s.a.v.)dan: “Ey Allohning Rasuli, onam to‘satdan vafot etdi. O‘ylaymanki, agar gapirsa, sadaqa qilar edi. Uning nomidan sadaqa qilsam, unga ajr-savob bo‘ladimi?” – deb so‘radi. U zot (s.a.v.): “Ha!” – deb javob berdilar” (Buxoriy va Muslim rivoyati).
2. Sa’d ibn Uboda (r.a.) Payg‘ambarimiz (s.a.v.)dan: “Ey Allohning Rasuli, onam mening yo‘qligimda vafot etdi. U kishining nomidan sadaqa qilsam, u kishiga manfaat beradimi?” – deb so‘raganida, Rasululloh (s.a.v.): “Ha”, deb javob berdilar. Shunda Sa’d (r.a.): “Sizni guvoh qilamanki, hosildor bog‘im u kishining nomidan sadaqa”, dedi” (Buxoriy rivoyati).
Ro‘zaning savobi yetishiga dalil:
Payg‘ambarimiz (s.a.v.): “Kim vafot etsa-yu, zimmasida ro‘za tutish bo‘lsa, uning nomidan valiysi ro‘za tutadi”, deganlar (Buxoriy va Muslim rivoyati).
Hajning savobi yetishiga dalil:
“Juhayna qabilasidan bir ayol Rasululloh (s.a.v.) huzurlariga kelib: “Onam haj qilishni nazr qilgan edi. Haj qilmasdan vafot etib qoldi. U kishining nomidan haj qilsam bo‘ladimi?” – dedi. U zot (s.a.v.): “Uning nomidan haj qil. Ayt-chi, onangning qarzi bo‘lganida ado qilarmiding? Allohning qarzini ham ado qilinglar. Alloh vafo qilishga haqlidir”, dedilar” (Buxoriy rivoyati).
Shuningdek, musulmonlar, o‘lgan odamning qarzini boshqa birov, hatto begona odam ham, to‘lab qo‘ysa, uning zimmasidagi qarz soqit bo‘lishiga ijmo’ qilishgan. Bunga quyidagi hadis dalildir: Abu Qatoda (r.a.) bir o‘likning ikki dinor qarzini o‘z bo‘yniga olgan. Keyin o‘sha ikki dinorni haqdorga berganida, Rasululloh (s.a.v.): “Endi (o‘lganning) terisi sovudi”, deganlar (Hokim rivoyati).
Manba: mulohaza.uz “Zamin” yangiliklarini “Twitter”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Ortiqcha vaznli insonlar uchun sog‘lom ovqatlanishning beshta muhim qoidasi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Velosipedda sayr qilish uchun 3 sabab: yoshartiradi, ozdiradi va umrni uzaytiradi