09:05 / 06.02.2018
9 158

Har qanday g‘oya, his- tuyg‘u, sezgi, fikr - bu energiya

Har qanday g‘oya, his- tuyg‘u, sezgi, fikr - bu energiya
«Borliqning har bir millimetrida sizga qancha kerak bo‘lsa, shuncha miqdorda energiya bor» — degan edi Nikola Tesla. Savol tug‘iladi: xo‘sh nima uchun u o‘z texnologiyalarining sirini ochmadi? Nima uchun bugungi kunda, sayyoramizda energiya resurslari poyoniga yetayotganda, texnologiyalar ijtimoiy mulkga aylanib qoldi? Mening nazarimda Nikola Tesla atrofida nimalar yuz berayotganini yaxshi tushungan va bu texnologiyalar bir lahzadayoq urush maqsadlarida qo‘llanila boshlashini aniq ko‘ra olgan. Yuqori darajada yuksak axloq egasi va uzoqni ko‘ruvchi dohiy, shuning uchun ham o‘z texnologiyalarini begona ko‘zlardan yashirgan.

Agar borliqda shunchalik darajada poyonsiz miqdorda energiya mavjud ekan, xo‘sh uni qanday qilib olish mumkin? Nafaqat o‘z energiyasini sarflash, balki uni borliqdan olishni qanday o‘rganish kerak?

Keling, buni kundalik va hammamiz uchun tushunarli bo‘lgan misolda qarab chiqamiz. Har qanday g‘oya, his-tuyg‘u, sezgi, fikr – bu energiya. Barchasining moddiy sababi, mohiyati mavjud, barchasi moddiy asosga ega. Hatto siz tomonga yo‘nalgan har qanday so‘zni energiyaga aylantira olishingiz mumkin. Demak bu oddiygina so‘zlar emas.

Tasavvur qiling, siz uchun noodatiy, ilgari eshitmagan, yangi axborot ma’lum bo‘ldi. Agar ushbu axborotni o‘zingiz uchun qabul qilsangiz va o‘z maqsadlaringiz yo‘lida foydalana boshlasangiz u sizning hayotingiz tarzini o‘zgartirib yuborishi mumkin. Xo‘sh tafakkurimiz ushbu holatda nima qiladi? U faqatgina o‘zi tushungan, ishonch hosil qilgan axborotnigina qabul qiladi.

Demak, ushbu misoldan ko‘rinadi-ki, odam yoshi ulg‘aygan sari eshitishni esdan chiqarib qo‘yadi, u endi axborotni saralash bilangina cheklanadi xolos. Agar siz doimiy jismoniy zo‘riqish ostida yashasangiz, agar sizning aqlingiz himoyalanayotgan bo‘lsa va axborotni saralash bilan mashg‘ul bo‘lsa, u holda siz na so‘zlarning, na fikrlarning va na axborotning energiyasini o‘zingizga qabul qila olasiz. Faqat bolalargina, axborotni, borliqdan quyilib kelayotgan axborotni sof qabul qilish qobiliyatiga ega bo‘ladi. E’tibor qildingizmi, aynan bolalarda ulkan kuch-quvvat miqdori mavjud!

Xo‘sh, bunday vaziyatda energiyani qanday olish mumkin? Muhimi: sizning tafakkuringiz ochiq va xotirjam bo‘lishi zarur. Yangi axborotni qabul qilayotgan paytda uni chindan ham o‘zingizga singdiring. Inson aqli, uzoq yillar davomida o‘z shuurida barpo bo‘lgan tizimni buzib yuborishdan cho‘chiydi, ya’ni u yangilikdan qo‘rqadi. Biroq mantiqan o‘ylab ko‘ring: axir u buzushi mumkin emas-ku, u faqatgina boyitishi, kengaytirishi mumkin.

Keling so‘zlarim sizga yanada tushunarli bo‘lishi uchun qadimiy bir rivoyatni eshiting.

Bir kuni shogird ustozining oldiga keladi va o‘zi o‘qib chiqqan kitoblari orttirgan bilimlari haqida to‘xtovsiz gapirib, ularni birma-bir sanab boshlaydi. Shunda ustoz uni uyga, bir piyola choyga taklif qiladi. To‘xtovsiz gapirishdan to‘xtamayotgan shogirdni tinglash asnosida piyolaga choy quya turib uni toshirib yuboradi. Buni ko‘rgan shogird:

— Ustoz nima qilayapsiz, axir piyola to‘ldik-u, choy toshib to‘kilayapti!

— Taassufki, sizning shuuringiz ham mana shu piyolaga o‘xshaydi, javob berdi ustoz.

— U bo‘lar-bo‘lmas axborotlar bilan to‘la va endi har qanday yangi bilim uning chekkalaridan toshib to‘kilayapti. Boshqa safar mening oldimga — bo‘sh piyola bilan keling.

Nikola Teslaning so‘zlarini yana bir bor esga olaylik: «Borliqning har bir millimetrida sizga qancha kerak bo‘lsa, shuncha miqdorda energiya bor». Ha aynan sizga aytilgan har bir so‘zda ham energiya mavjud. Shuning uchun, sizga tomon yo‘nalgan, siz uchun atalganlarni qabul qilishga o‘rganing. Bo‘sh piyola bo‘lishni o‘rganing. Sizning ulg‘aygan, omilkor ongingiz, baribir ortiqcha axborotni chiqarib tashlab, eng zarurini oladi. Unga shunday qilish imkonini, ya’ni istiqbolingizga chiqqan, sizga atalganlarni energiyaga aylantirish imkonini bering, axir!

Manba: usm.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Har qanday g‘oya, his- tuyg‘u, sezgi, fikr - bu energiya