21:00 / 06.02.2018
7 551

Kulgiga nima yetsin! (xandalar)

Kulgiga nima yetsin! (xandalar)
“Domofon” ajoyib narsa-da! Er zinadan ko‘tarilguncha xotin televizor, kompyuterlarni o‘chirib, beliga fartuk taqib, telefonning go‘shagini qo‘yib… idish-tovoq yuvayotgan bo‘lib turishga ulguradi…
***
Bugungi kunda ahmoqona ish qilish kam, tag‘in uni internetga ham qo‘yish shart!
***
Xotin uyqudan uyg‘onib dedi:
— Dadasi, hamyonni tekshirib ko‘ring-chi, tushimda juda ko‘p pul ishlab topganmishmiz.

— Pul yo‘q. Biz u pulning hammasiga mening tushimda dengizga borib dam olib keldik…
***
Mehmonda:
— Kechirasiz, sizlarda “Nokia”ning quvvat oluvchisi bormi?

— Bor.
— Ajoyib! Bir haftaga sizlarnikida qolsam, maylimi?
***
Qorong‘i tushayotganda ota derazadan qarab, ko‘chada o‘ynab yurgan o‘g‘liga baqirdi:
— Boirtoy, uyga kirishni o‘ylayapsanmi?
— O‘ylayapman.

— Xo‘sh?
— Yana birpas o‘ylay!
***
Erkaklar shuncha ko‘p yolg‘on gapirishmasdi… Agar ayollar bunchalar ko‘p so‘roqqa tutaverishmaganda…
***
Turmushga chiqish — mazza! Axir umringning oxirigacha jig‘iga tegishdan rohatlanadigan odamni topishning o‘zi bo‘ladimi?!
***
Bola onasiga kundaligini uzatayotib, dedi:

— Oyijon, eng muhimi, hammamiz sog‘miz, to‘g‘rimi?
***
Xotin — oshpaz, idish-tovoq yuvuvchi, kir yuvuvchi, hamshira, o‘qituvchi, tarbiyachi, tikuvchi, hisobchi, ruhshunos, ma’shuqa… Er esa ishdan charchab keladigan dam oluvchi, xolos.
***
— Dadasi, menga tabiat bilan bog‘liq bitta chiroyli gap ayting!

— Azizam, tishlaring kuz rangiga kiribdi!
***
Er uyga kelib, dedi:
— Xotinjon, bugun maosh oldim!
— Xursandman, rahmat!

— Maoshimizni uch baravar oshirib to‘lashdi.
— Buncha yaxshi! Mening dunyodagi eng zo‘r erjonim!

— Yoniga mukofot puliyam qo‘shib berishdi.
— O‘zimning bebahoim, bugun bayram ekan-da?

— Bayram, azizam! Shuning uchun ham bor pulimning hammasiga senga gul sotib oldim!
— Voy, esingizni yeganmisiz?!
***
Ota-bola birga dars tayyorlamoqda:
— Mana, bolajonim, o‘zing hisobla. Onangda 10 ming pul bor. Menda 60 ming so‘m bor. Qani, ayt-chi, onangda qancha pul bor?

— 70 ming.

— To‘ppa-to‘g‘ri!
***
Eng aqlli qushlar, yozdayam issiq mamlakatlarda qolishadi…
***
Yo‘l chekkasida turib olib, yosh bolalarga tekinga konfet tarqatayotgan kishini ko‘rgan yo‘lovchi hayron bo‘lib so‘radi:
— Bolangizni qidirayapsizmi?

— Yo‘q, men tish do‘xtiriman!
***
— Bizning korxonamizda ishlab, qancha maosh olishni istardingiz?

— “Voy, shularning hammasi mengami?” deydigan miqdorda!
***
Telesuxandon:
— Hurmatli ayollar, oshxonada pishayotgan taomlaringiz tagiga olmasligi uchun serial namoyishini besh daqiqagacha to‘xtatib turamiz!
***
Boy bo‘lib ketish uchun yaxshi biznes ochishingiz, yoki oltin baliq tutib olishingiz kerak. Bilimingiz darajasiga qarab, yaxshisi, baliq oviga otlanganingiz ma’qul, deb hisoblayman.
***
Bugungi kunda uyning xo‘jayini — “internet”ga pul to‘laydigan odam!
***
— Hov, anavi yerda uch kishi bitta yigitni uryapti!

— E attang, telefonimning kamerasi yo‘q!
***
Restoranda xo‘randa so‘radi:
— Kechirasiz, menyuda yovvoyi o‘rdak bormi?

— Yo‘q, ammo siz uchun xonakisini g‘azabga mindirib berishimiz mumkin!
***
Baliq ovida:
— O‘g‘lim, menga ozgina non uzat!
— Nonning hammasini yeb qo‘ydim, dada!

— Unda onang pishirib berib yuborgan ovqatdan ber?
— Uniyam yeb qo‘ydim.

— Bo‘lmasa, chuvalchanglarni ham yeb qo‘yaqol, keyin narsalarni yig‘ishtirib uyga qaytamiz.
Dildora NAZAROVA tayyorladi.

Manba: tasvir.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Kulgiga nima yetsin! (xandalar)