21:50 / 11.02.2018
9 420

Munajjimlar bashorati: 12 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 12 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kimda yanada iliqroq taassurot qoldirmoqchi bo‘lsangiz, ular bilan ko‘proq muloqot qilishingiz tavsiya etiladi. Ular hamkasblar ham, do‘stlar ham bo‘lib chiqishi mumkin. Bugun atrofdagilar sizga ko‘proq ishona boshlashadi. Odamlarga sizning tartibli, intizomliligingiz yoqib tushadi. Kechqurun sizni romantik uchrashuv kutadi. Lekin bu nikoh bilan umuman bog‘liq emas. Basharti oilali bo‘lsangiz, bu uchrashuvdan bosh torting. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
12 fevralda oila qurishga ulgurmaganlarning ba’zilari o‘z hayotida tezkor muhabbat deb nomlangan jarayonni boshdan kechirishlari mumkin. Bu tezkor muhabbat jarayoni shamol tezligida qalbingizni zabt etish quvvatiga ega. Tanlaganingizga o‘zingizdagi eng yaxshi jihatlarni namoyish eting. Yomon tomoningizni namoyish qilishga hali ulgurasiz. Moliyaviy muammolarni faqat aql yordamida ijobiy hal etishingiz mumkin. Shunga yarasha mo‘maygina pulga ega bo‘lasiz. Bu pullarni esa peshona teri evaziga ishlab topganingizni esda tuting. Shuning uchun bo‘lar-bo‘lmasga sarflab qo‘ymang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kuningiz mazmunli, xayrli va yoqimli kechishi kutilmoqda. Faqat har bir mayda ko‘ngilsizlikdan nolishni bas qilib, dunyoga real ko‘z bilan boqsangiz bas, shu zahoti yoqimli tuyg‘ular qalbingizni zabt eta boshlaydi. Ko‘p mehnat qilganlar, kelajakka ishonganlarning o‘zgalar qarshisidagi martabasi yuqori cho‘qqilarga chiqish arafasida turibdi. Agar biroz tavakkal qilib ko‘rsangiz, katta pul ishlab olishingiz ham haqiqatga yaqin. Bugun atrofdagilarga emas, o‘zingizgagina ishoning.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
12 fevral kuni tushga bormay moliyaviy muammolar sizning foydangizga hal bo‘ladi. Kutilmagan yoqimli sovg‘alarga, muhabbatda yorqin tuyg‘ularga ega bo‘lasiz. Bularning barchasi his-tuyg‘ularingizni ham yoqimli va yorqin tus olishga undaydi. Kimki bugun o‘ylamasdan qadam bossa, yuqorida sanab o‘tilgan ezguliklarning aksini qabul qilib olishi tayin. Kechqurun oila qurish arafasida turganlarga ro‘zg‘or masalasida tushunchalar berishingizga to‘g‘ri keladi. Sog‘lig‘ingizni saqlang, avaylang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ba’zi do‘stlarimiz bugun olis safarga otlanishlari mumkin. Safarning maqsadi sayohatdan iborat. Bu sayohat sizga bir olam taassurot va kayfiyat taqdim etmoqchi. Moddiy ahvolingiz o‘rtacha ko‘rinishda bo‘lishi kutiladi. Lekin bu eng zarur buyumlarni xarid qilmay turing degani emas. Oilasizlar bugun o‘z muhabbatini uchratishi va romantik lahzalar boshlanish pallasiga kirishi ehtimoldan xoli emas. Ovqatlanishda me’yorni biling. Ko‘cha taomini iste’mol qilishdan voz keching.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
12 fevralda hayotingizdagi eng yorqin, yoqimli, muhim lahzalarni boshdan kechirasiz inshoolloh. Taqdirning shafqatsiz sinovlari bugun sizdan nariroq bo‘ladi. Og‘ir vaziyatda qola boshlaganingizni sezsangiz, hazil-mutoyibaga erk bering. Qanday yo‘l bilan bo‘lmasin, o‘zingizni kulishga, atrofdagilarni kuldirishga harakat qiling. Vaziyatdan shu yo‘l bilan oson chiqib keta olasiz. Kechqurun qandaydir madaniy tadbirda ishtirok etishingiz kutilmoqda. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar qon bosimini kun davomida tez-tez o‘lchatib turishlari zarur.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ishlaringiz shu qadar ko‘p bo‘ladiki, ovqatlanish, nafas rostlashga umuman vaqt topa bilmasligingiz mumkin. Ammo unutmang, xuddi shunday vaziyatni xohlardingiz. Mana, bugun o‘sha orzungiz ushaladi. Lekin bu vaziyat martabangiz ortishiga ham sezilarli darajada ta’sir ko‘rsatadi. Kun davomida kim nima desa ishonib ketavermay, o‘z fikr-mulohazangizga tayangan holda ish tuting. Muhabbatda faqat oqimga qarshi suzsangizgina g‘alabaga erishasiz.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
12 fevral kuni atrofingizda bo‘lib o‘tayotgan yaxshi, yomon lahzalarni his eta biling. Har bir qadamingizni chuqur tahlil etib, mushkul vaziyatlardan oson yo‘l bilan chiqish usullarini qidiring. Oilasizlar bugun safarga otlanishadi va safar davomida bo‘lg‘usi baxtini topishadi. Bu safar hayotga bo‘lgan munosabatlaringizni yaxshi tomonga o‘zgartiradi. Moliyaviy muammolar kechqurun hal bo‘ladi. Hoynahoy, kimdir sizga ancha oldin olgan qarzini qaytarsa kerak.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun asosan tashkiliy ishlar, jamiyatdagi obro‘yingizni mustahkamlash va ro‘zg‘or tashvishlarini bartaraf etish bilan band bo‘lishingiz mumkin. Agar kimdir sizdan muhim hujjatlarni rasmiylashtirishda ko‘mak so‘rab murojaat etsa, bu hujjatlarni avval yaxshilab o‘rganib chiqing. Shaxsiy hayotda ham yangi tartib o‘rnatish payida bo‘ling. Kun davomida asabiylashish, shamollash kabilar sizni bezovta qilib o‘tishi kutiladi. Har bir o‘tayotgan lahzadan zavq olishga harakat qiling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
12 fevral kuni yaqin orada o‘zingiz janjallashib qolgan odam haqida eslab qolasiz. Bu xotiralar asabingizni qaqshatishi tayin. Tez fursatda bu kabi yoqimsiz xotiralarni miyadan chiqarib tashlamasangiz, boshingiz muammodan chiqmay qolishi hech gap emas. Ish joyingizda hamkasblar bilan janjallashmaslikka iloji boricha harakat qiling. Shaxsingizni haqorat qilishlariga yo‘l qo‘ymang. Kechqurun albatta toza havodan to‘yib nafas olishni unutmang.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Kuningizni tom ma’noda ajoyib kechadi deb bo‘lmaydi. Chunki ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Rahbarlar zimmangizga turli vazifalarni yuklab tashlashadi. Biroq bu professionalligingizni yana bir karra o‘zgalarga namoyish etishingiz uchun qulay imkoniyat hisoblanadi. Shuning bahonasida yaqin kelajakda yuqori lavozimga munosib deb topilishingiz ehtimoldan uzoq emas. Moliyaviy masalada ko‘proq topib, kamroq yo‘qotish usulini o‘ylab toping. Albatta biringiz ikki bo‘ladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
12 fevralda juda ko‘pchilik bilan muloqotda bo‘lishingiz, kimlargadir qimmatli maslahatlar berish bilan band bo‘lishingiz kutilmoqda. Siz maslahat beradiganlar sizga qattiq ishonishlari quvonarli. Oilada bugun muallim vazifasini o‘tashingizga to‘g‘ri keladi. Kechqurun oilasi yo‘qlar romantik lahzalardan rosmanasiga zavq olishlari kutiladi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 12 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?