23:20 / 12.02.2018
5 559

Xotirani qanday mustahkamlash mumkin?

Xotirani qanday mustahkamlash mumkin?
Qanday qilib ma’lumotlarni esda saqlash yoki xosraqam, ism va raqamlarni unutmaslik mumkin?

Ma’lumotlarni yaxshi esda saqlab qolish uchun xotirani tez-tez charxlab turish kerak. O‘zingizga qiziq bo‘lgan narsalarni o‘rganing, boshqotirmalar yeching. Oson so‘zlarni teskarisiga o‘girib, uni takrorlang. Masalan, do‘kon nomlarini.

Unutmang: qog‘ozga chiqarilgan ma’lumot elektron ko‘rinishiga qaraganda ko‘proq yodda qoladi. Planshetda o‘qigan narsalaringizni gazetada o‘qiganingdan 30 foiz tezroq unutasiz.

Kognitiv funksiyani yaxshilashga yordam beruvchi mahsulotlarni, masalan, yong‘oq, shokolad, smorodina, dukkakli mahsulotlarni ko‘proq tanovul qiling.

Ma’lumotni saqlab qolishning eng yaxshi usuli — uyqudan oldin ma’lumotlarni o‘qib chiqish yoki ko‘zdan kechirish.

O‘qing va uni og‘zaki aytib bering. Shuningdek, tasavvur, ya’ni fantaziyani ishga soling.

Saqich chaynang. Erlangen universitetining ilmiy tadqiqotchisi Z.Perl talabalar saqich chaynashayotganda axborotlarni 40 foiz ko‘proq eslab qolishlarini aniqlagan.

Shunchaki biror yerga ketayotganingizda ham axborotlarni takrorlang. Chunki yurganda miya faoliyati faollashadi.

Manba: xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xotirani qanday mustahkamlash mumkin?