08:05 / 13.02.2018
14 073

Yoshga ko‘ra sutkalik uyquning yangi me’yori e’lon qilindi

Yoshga ko‘ra sutkalik uyquning yangi me’yori e’lon qilindi
Bir kun to‘yib uxlamaslik miya faoliyatining samaradorligini 10 foizga qisqartirishi fanda o‘z isbotini topgan. Uyquning miqdori xususida ko‘plab tadqiqotlar olib borilgan va ular hali ham davom etmoqda.

Amerikaning shu yo‘nalishga ixtisoslashgan Milliy Uyqu muassasasi yoshdan kelib chiqib, necha soat uxlash zarurligi xususida yangi tadqiqot natijalarini e’lon qildi. Mazkur natijalarda yoshdan kelib chiqib, bir sutkada necha soat uxlash kerakligi yanada aniqroq belgilab berilgan.

Yangi tug‘ilgan chaqaloq keyingi 3 oy mobaynida bir sutkada 14-17 soat uxlashi zarur ekan.

11 oylik go‘daklarning sutkalik uyqu miqdori esa 12-15 soat cho‘zilishi lozim bo‘ladi.

1 yoshdan 2 yoshgacha bo‘lgan bolajonlarning esa sutkalik uyqu soatlari 11-14 soat bo‘lishi maqsadga muvofiq.

3 yoshdan 5 yoshgacha bo‘lgan bolalar esa kun davomida 10 soatdan 13 soatgacha dam olishlari kerak bo‘ladi.

Maktab yoshidagi bolalarning sutkalik uyqu soatlari 6 soatdan kam bo‘lmasligi tavsiya qilinadi. Ular hattoki 13 soatgacha dam olishlari lozim.

14 hamda 17 yosh oralig‘idagi o‘smirlar 9 yoki 10 soat yotib dam olishlari kerak.

18-25 yosh oralig‘idagi insonlarda sutkalik uyqu miqdori 7 soatdan 9 soatgacha cho‘zilishi juda foydali. Bunga 26 va 64 yosh oralig‘idagi insonlar ham amal qilsalar bo‘ladi.

65 yoshdan yuqori bo‘lgan keksa insonlar esa kun davomida kamida 8 soat uxlashlari lozim.

Unutmang, inson miriqib uxlayotganida uning miyasidagi va tanidagi zaharli moddalar bosh qon tomirlaridan umurtqa pog‘onasi orqali chiqarib yuboriladi. To‘yib uxlamaslik esa, qator kasalliklarga sabab bo‘lishi mumkin.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Yoshga ko‘ra sutkalik uyquning yangi me’yori e’lon qilindi