12:05 / 13.02.2018
12 241

Mutaxassis fikri: "Toza asalni qanday farqlash mumkin?"

Мутахассис фикри: "Тоза асални қандай фарқлаш мумкин?"
Asalning shifobaxsh xususiyatlari haqida ko‘p eshitganmiz. Ayniqsa, qish mavsumida vitaminlarga boy bu mahsulotga talab oshadi. Asalning shifobaxshligi uning tozaligiga bog‘liq.

Afsuski, bozorlarimiz rastalari faqat toza asal bilan to‘lmagan. Ular orasida qiyomlari yoki qiyom aralashlari ham ko‘p. Bunday sharoitda toza asalni qiyomdan farqlab xarid qilishga to‘g‘ri keladi. Ammo toza asalni qanday farqlash mumkin? Buning sodda usullari bormi?

Bu haqda respublika asalarichilari uyushmasi tomonidan o‘tkazilgan 2017 yildagi tanlovda eng sifatli asal nominatsiyasi g‘olibi Sarvar Murodov bir nechta maslahatlarni beradi:
  • Birinchidan, toza asalga diqqat bilan qarasangiz, tarkibida mayda zarralarni ko‘rasiz. Bu – gulchang zarralari. Qiyomda esa bunday zarralar bo‘lmaydi. Bundan tashqari, asl asalni tatib ko‘rganingizda turli gullar hidi ufurib turadi.
  • Ikkinchidan, asal tarkibida organik kislotalari borligi uchun biroz tomog‘ingizni qirganday, achishtirganday bo‘ladi. Qiyom esa bunday xususiyatga ega emas.
  • Uchinchi farq esa, asalni bir qoshiqqa solib cho‘zasiz, normal haroratda toza asal cho‘ziluvchan bo‘ladi.

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Mutaxassis fikri: "Toza asalni qanday farqlash mumkin?"