21:40 / 14.02.2018
8 995

Munajjimlar bashorati: 15 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 15 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Taqdiringizda tub burilish sodr bo‘lishi kutilmoqda. Bundan tashqari, shaxsiy hayotingizda ham omadli lahzalar kuzatiladi. Tadbirkorlar uchun kelishuvlar muvaffaqiyatli o‘tadi. Kunning ikkinchi yarmida qon bosimingiz sakrashi, ya’ni, goh tushib, goh ko‘tarilib sizni bezovta qilishi mumkin. Tez chorasini ko‘rmasangiz bo‘lmaydi. Immunitetni ko‘tarish uchun esa vitaminlar sotib oling. Organizmni chiniqtirishga yo‘naltirilgan mashqlarni ado eting.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
15 fevralda do‘stlaringiz safi kengayadi. Lekin shu bilan birga eski qadrdonlaringizdan biri bilan xayrlashishingizga to‘g‘ri keladi. Kelajagingizni qurish yo‘lida siz uchun bir talay imkoniyatlar eshiklari ochiladi. Bu vaziyatdan unumli foydalanib qoling. Moddiy jihatdan ahvolingizni yaxshilash uchun o‘zingizdan boshqadan ko‘mak kutmang. Barcha majburiyat-u mas’uliyatlar sizning chekingizda turibdi. Siz uchun boshqa birov muammolarga to‘qnash kelmoqchi emas. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kunning birinchi yarmida yoqimli uchrashuvlarni boshdan kechirasiz. Uchrashuv qalbingizdagi g‘ashlikni tumandek tarqatib, ancha yengil tortasiz. Oila qurmagan bo‘lsangiz, shu uchrashuv shaxsiy hayotingizni qurishingiz sari bir qadam oldinga qadam tashlash uchun turtki vazifasini o‘taydi. Kun davomida moddiy ahvolingiz yaxshilanishini kuting. Behuda kutmaganingizga katmoningiz pulga to‘lgach amin bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida ancha og‘ir jismoniy mehnat bilan band bo‘lishingiz kutiladi. O‘zingizni ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
15 fevral kuni ish yuzasidan safarga otlanasiz va safaringiz muvaffaqiyatli kechadi. Ish beruvchilarga qo‘pol munosabatda bo‘lishdan tiyiling. Shaxsiy hayotingizga bugun e’tibor qaratib ovora bo‘lmang. Bugungacha qanday bo‘lsa, shundayligicha qolaversin. Kechki payt moddiy ahvolingiz yaxshilanishi natijasida bir qator yoqimli xaridlarni amalga oshirasiz. Bugun o‘tib ketgan yaqinlaringiz haqiga duo o‘qishni unutmang.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ishlaringiz ertalabdanoq oldinga siljiy boshlaganiga guvoh bo‘lasiz. Bunga olisda yashaydigan do‘stingizning qo‘ng‘irog‘i sababchi bo‘lishi mumkin. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda ba’zi to‘siqlar paydo bo‘lishi mumkin. Sergak turing. Birovga pul qarz bera ko‘rmang. Bu yaxshilikka bo‘lmaydi. Oy oxirigacha pulga muhtoj bo‘lib azob chekishingiz hech gap emas. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Behudaga asabiylashmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
15 fevralda mayda-chuyda yumushlarga bee’tibor bo‘lmasangiz, albatta omadga erishasiz. Basharti sayohatga otlanayotgan bo‘lsangiz, hujjatlar, buyumlarni yana bir bor ko‘zdan o‘tkazib olishingiz tavsiya etiladi. Oila qurmaganlar ham muhabbatda omadga erishishlari kutiladi. Sizni kun davomida ehtiros hamda yoqimli hislar tark etmaydi. Bo‘lg‘usi juft tanlashda xatoga yo‘l qo‘ymaganingizga yana bir karra amin bo‘lasiz.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Rahbarlar ertalab yangi ish topshirgan bo‘lishsa, dangasalikni yig‘ishtiring-da, astoydil yeng shimarib ish boshlang. Kun yarmida maktabdosh do‘stlaringizdan biri qo‘ng‘iroq qilib kayfiyatingizni buzishi, ishning beliga tepishi mumkin. Juftingiz bilan munosabatlarda ochiqroq bo‘ling. Aks holda barcha niyatlaringiz puchga chiqishi turgan gap. Sog‘lig‘i yomonlasha boshlaganini sezganlar darrov chorasini ko‘rishlari kerak.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
15 fevral kuni birinchi navbatda shaxsiy hayotingiz tarafga yana bir marta ko‘z tashlang, unga nisbatan o‘zingizda mavjud munosabatlarni imtihon qiling. Juftingizga arzimas gap-so‘z yoki mish-mish tufayli ishonmay qo‘ymang. Bu yaxshilikka olib kelmaydi. Mish-mishlarni esa hech qachon isbotlay olmaysiz. Negaki, ular o‘z nomi bilan mish-mishdan bo‘lak narsa emas. Ishxonangizda qaysidir hamkasbingiz bilan aytishib qolishingiz ehtimoli bor. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar profilaktikani maromida davom ettirishlari tavsiya qilinadi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kunning birinchi yarmida eski qadrdonlar, do‘stlar bilan uchrashishingiz, restoranda birga o‘tirib ko‘ngil yozishingiz kutiladi. Bu kayfiyatingizni a’lo darajada ko‘tarishi tayin inshoolloh. Lekin ko‘ngil yozish tufayli kimlargadir bergan va’dalarni unutib yubormang. Kelajak haqida kamroq bosh qotiring. Bugungi kun bilan yashashga harakat qiling. Oilasizlar kechqurun orzusidagi inson bilan tanishishlari ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizga jiddiy munosabatda bo‘ling.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
15 fevral kuni ishlaringiz ko‘paygandan ko‘payadi. Bu ham yetmagandek, uzoq-yaqinga qilinadigan safarlarni aytmaysizmi. Tadbirkor bo‘lsangiz, kelishuvlarga erishishda, yangi shartnomalarni imzolashda nihoyatda hushyor bo‘ling. O‘ng ko‘z chap ko‘zga do‘stlik qilmasligini doimo esda tuting. Bugun zararli odatlarni tashlash, velosport bilan shug‘ullanish juda xayrli va yoqimli kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Sizni ko‘ra olmaydigan, nuqul yo‘lingizga to‘siq qo‘yishga urinib yashaydiganlar bilan muloqot qilishga to‘g‘ri kelsa, arzirli sabab toping-u, yo‘lingizda davom eting. O‘zingiz xatoga yo‘l qo‘ysangiz, bunda o‘zgalarni ayblamang. Bu adolatdan emas. Shaxsiy hayotda juftingizga yon berishga majbursiz. Yo‘qsa, orangizdagi bahslar katta janjalga aylanib boraveradi. Oldin ishlagan joyingizdan pul undirish niyatingiz bo‘lsa, advokat yollashingizga to‘g‘ri keladi. Busiz maqsadga erisha olmaysiz.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
15 fevralda ruhan tushkunlikka o‘xshash vaziyatni boshdan kechirishingiz mumkin. O‘ylab o‘ylaringizning oxiriga yeta olmay qiynalasiz. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishni davom ettirishingiz uchun sizda bilim ham, tajriba-yu, aql ham yetarli. Faqat rahbaringiz qabulida bo‘lib, maosh oshirilishini iltimos qilsangiz, yanada yaxshiroq bo‘lardi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 15 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?