00:40 / 16.02.2018
18 117

Fikrni bir joyga jamlashning to‘rt siri

Fikrni bir joyga jamlashning to‘rt siri
Diqqatingizni jamlashga qiynalasizmi? Unda quyidagi sodda tavsiyalarni bajarib ko‘ring.

Javonni yig‘ishtirish
Kiyim, idish, kitob... buyum saqlanadigan istalgan javonni yig‘ishtiring. Masalan, kitoblarni mavzusiga, kiyimlarni mavsumiga ko‘ra taxlab chiqing. Hatto mayda-chuydalar saqlanadigan qutini tartibga keltirish ham diqqatni bir joyga jamlashga yordam beradi.

Mosh va guruchni ajrating
Oppog‘oy nafaqat mehribon, oqko‘ngil, balki aqlli qiz bo‘lgan. Uning aqlli bo‘lishiga o‘gay onasi buyurgan ishlarning ham foydasi bo‘lgan. Masalan, ikki xil donni aralashtirib, keyin ularni yana ajratib chiqish miya faoliyatini yaxshilaydi.

Xattotlik
Biror kitobning istalgan betini oching va toza qog‘ozga uni chiroyli qilib ko‘chiring. Bunda matnning mazmuniga ahamiyat berish shart emas. Muhimi, harflar tekis va chiroyli chiqsa bo‘ldi. Psixologlarning fikricha, diqqatni bir joyga jamlash uchun 7-10 qog‘oz yozish kifoya.

Idishlarni yuving
«Detektiv asarlarimdagi syujetlar eng yomon ko‘rgan ishim — idish yuvayotganda xayolimga kelgan», degan edi Agata Kristi. Idish yuvish miya faoliyatini yaxshilashini keyinchalik zamonaviy tibbiyot ham isbotladi.

Manba: od-press.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Fikrni bir joyga jamlashning to‘rt siri