11:20 / 17.02.2018
6 161

Baxt uchun qilingan “qurbonlik”

Baxt uchun qilingan “qurbonlik”
Bir donishmand olam go‘zalligiga mahliyo bo‘lgancha hayotdan xursand bo‘lib ketib borardi. Kutilmaganda uning ko‘zi mashaqqatlardan qaddi bukilgan baxtsiz kimsaga tushdi.

— Nega o‘zingni shunday azob-uqubatlarga giriftor qilding? — so‘radi donishmand.

— Men farzandlarim va nabiralarim baxti uchun azob chekyapman, — javob berdi kishi. — Bobomning otasi u kishining baxtli bo‘lishi uchun mashaqqat chekkan, bobom esa otamning baxti uchun, otam mening baxtim uchun iztiroblar ichida yashadi. Men ham bolalarim va nabiralarim baxtli hayot kechirishlari uchun butun umrim davomida qiynalsam ham, roziman.

— Oilangda kimdir baxtli bo‘lganmi o‘zi? — savol berdi donishmand yana qiziqib.

— Yo‘q, ammo mening bolalarim va nabiralarim albatta baxtli bo‘lishlari kerak!

— Savodsiz odam o‘qishni o‘rgata olmaydi, ko‘rsichqon hech qachon burgutni tarbiyalamaydi, — jahli chiqib dedi donishmand. — Avvalo o‘zing baxtli bo‘lishni o‘rgan, bolalaring va nabiralaringni qanday baxtli qilishni ana shunda tushunasan!
Muhabbat ShARIFOVA tarjimasi

Manba: darakchi.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Baxt uchun qilingan “qurbonlik”