13:02 / 17.02.2018
28 297

Uyquni qochiruvchi 8 xil mahsulot

Uyquni qochiruvchi 8 xil mahsulot
Batonli chizburger
Mazkur fastfuddagi yog‘ sizni uyqudan mosuvo qilishi tayin. Yog‘ oshqozondagi kislota ishlab chiqarilish jarayonini tezlashtirib, uning jig‘ildonga tushish xavfini tug‘diradi. Natijada me’da qaynashi yoki zarda boshlanadi. Umuman olganda, yog‘ va tuz miqdori juda ko‘p bo‘lgan bu yegulikda sog‘lik uchun foydali biror modda yo‘q.

Vino
Har qanday alkogolli ichimlik uyqu uchun zararli. U organizmga tezda singib ketib, bir necha bor uyg‘onishga sabab bo‘ladi. Bundan tashqari, uxlashdan oldin ichish xurrak otishga olib keladi. Bu esa, albatta, sherigingiz uxlashiga xalal beradi.

Qahva
Qahva tarkibida asab tolalarini qo‘zg‘atuvchi kofein mavjud. Yotishdan oldin qahva ichsangiz, uzoq vaqt uxlay olmaysiz, balki umuman uxlolmassiz ham. Hammasi ichimlik miqdori va kuchiga bog‘liq. Albatta, barchasi tanangizning kofeinni qanday qabul qilishiga bog‘liq. Agar siz o‘zingizning «kofein miqdori»n-gizni bilmasangiz, unda kechqurun qahva ichmaganingiz ma’qul.

Salqin ichimliklar
Salqin ichimlikning uyquni buzishi sababi yana kofein. Bunday ichimliklar tarkibidagi kofein miqdori 2-3 katta chashkadagi qahva kofeiniga teng.

Gazlangan ichimliklar
Kola, fanta, sprayt va boshqa gazlangan ichimliklar tarkibida kofein, shuningdek, oshqozon-ichak yo‘lini jarohatlab, kislota ajralib chiqishiga olib keluvchi benzoat natriy mavjud. Ana shu ichimliklar uyqu uchun eng yomon moddalar hisoblanadi.

Dori-darmon
Ba’zi dorilar tarkibida kofein bo‘ladi. Og‘riq qoldiruvchilar, ozdiruvchi tabletkalar va shamollashga qarshi vositalar tarkibida kofein bo‘lishi mumkin. Shu bois uyqudan avval dori ichganda, dorining qutisidagi ma’lumotlarni yaxshilab o‘qib chiqing.

Go‘sht
Oqsilga boy mahsulotlar uyqu jarayonini sekinlashtirib, uyquni samarasiz qiladi. Uxlayotganda ovqat hazm bo‘lishi susayadi, oqsillar esa bu jarayonni yanada sekinlashtiradi. Shuning uchun organizm uxlash o‘rniga ovqatni hazm qiladi. Agar kechki ovqatga go‘sht tanovul qilmoqchi bo‘lsangiz, uxlashga yordam berishi uchun taomnomangizda, albatta, uglevod ham bo‘lsin.

Suyuqlik
Kun davomida suv ichib yurish juda foydali. Ammo uxlashdan bir necha soat oldin suv ichishni to‘xtatgan ma’qul. Bo‘lmasa kechasi bilan tinimsiz hojatxonaga qatnashingiz tayin.

Xullas, tinch uxlayman, deb dori axtarib dorixonaga yugurgandan ko‘ra, yuqoridagi mahsulotlardan iste’mol qilib uxlash maqsadga muvofiqdir. Ular tabiiy yo‘l bilan tinch uxlashingizga yordam beradi.
Muazzam IBROHIMOVA tayyorladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uyquni qochiruvchi 8 xil mahsulot