Munajjimlar bashorati: Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr) burji vakillari uchun 2018 yil qanday o‘tadi?

  • 17 fevral 2018, 19:20
  • 28 394
  • Hayot tarzi
  • Munajjimlar bashorati: Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr) burji vakillari uchun 2018 yil qanday o‘tadi?
    Umumiy bashorat
    Sunbula burjida tug‘ilganlar tabiatan kirishimli va kuyinchak inson bo‘lishadi. Ular hatto qo‘lidagi oxirgi nonni ham birov bilan bo‘lisha oladigan darajada mehribondirlar. Lekin hammaga bir xil munosabatda bo‘lishlari va ko‘ngilchanliklari hayotda biroz pand berib qo‘yishi ham bor gap. Birovlarning g‘amini yeb, o‘ziga nisbatan e’tiborsiz bo‘lish har doim ham o‘zini oqlamaydi. “Sunbula”lar buni unutmasligi lozim.

    2018 yil davomida bu burj vakillariga bir ishning boshini tutish tavsiya etilmoqda. Ya’ni bir vaqtning o‘zida ko‘p vazifani bajaraman, deb hammasidan quruq qolish hech gapmas. Ular o‘z xarakteridagi yosh bolaga xos jihatlardan voz kechib, ulg‘ayish vaqti kelganini his etishlari kerak. Hayotdagi ba’zi masalalarda uzil-kesil qaror qabul qilish lozim. Ana shunda hayotlarida ham, ishlarida ham tartib bo‘ladi.

    So‘nggi maslahat: bilamizki, barchaning e’tibor markazida bo‘lishni yoqtirasiz. Ammo bu doim ham siz o‘ylagandek yaxshi bo‘lmaydi. Oqibatda ko‘nglingiz og‘rishi hech gapmas. Demak, 2018 yilda bu jihatni ham inobatga olishni unutmang. “Sunbula”larga ta’rif berishda ularning nafaqat ichki olamini maqtash mumkin, balki xatti-harakatlari ham e’tiborga molik. Agar siz sevgilingiz bilan ahdu paymon qilgan bo‘lsangizu, ammo oila qurishni keyinga qoldirayotgan bo‘lsangiz, bu ishni 2018 yilda hal qiling. Qat’iy qarorga kelib oila qurish fikri eng to‘g‘risidir. Yilning ikkinchi yarmida sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling. Oshqozon-ichak kasalliklari sizni bezovta qilishi mumkin. Muammolardan qochish uchun esa hozirdanoq og‘ir va yog‘li ovqatlardan voz kechish tavsiya etiladi.

    Kuz oyining ilk kunlarida uzoq vaqtdan buyon kutilayotgan yangi uyga ko‘chish yoki chet el sayohatiga chiqish rejangiz amalga oshadi. Hatto orzuingizdagi avtomobilni xarid qilishingiz ham mumkin. 2018 yilning kuz oyi uchun yagona maslahat — kredit yoki qarz olishga shoshilmang. Har doim o‘ylab ish qiling. Shoshib olingan qarzdorlik ko‘ngilsiz holatlarga sabab bo‘lishi mumkin.

    “Sunbula”lar uchun yagona omadsizlik — kasbiy faoliyati bilan bog‘liq bo‘lishi mumkin. Unutmang, oddiy tushunmovchiliklar katta muammolarni yuzaga chiqaradi. Hamkasblar va rahbariyat bilan tortishib o‘tirmang. Qiyin vaziyatdan chiqish uchun o‘zingizdan kattalar yoki ustozlaringiz ko‘magiga hamda o‘z mahoratingizga suyaning.

    ShAXSIY XAYoT
    “Sunbula”lar ishqiy munosabatda ham xuddi ishdagi kabi juda sinchkov bo‘lishadi. Ular uchun hamma narsa o‘z vaqtida, tartib asosida, bo‘lishi shart. Ammo “It” yili ularning o‘ylarini boshdan-oyoq o‘zgartirib yuboradi. Bunga esa yangi tanishuvlar sabab bo‘ladi. Bir so‘z bilan aytganda, siz xayollaringizdagi shahzodani yoki o‘z malikangizni uchratishingiz va hayotingizni bir umrga bog‘lashingiz mumkin.

    Oilali “Sunbula”lar esa yilning oxirida oilasiga ko‘proq vaqt ajratishlariga to‘g‘ri keladi. Haddan tashqari ishga sho‘ng‘ib ketish oqibatida yaqinlaringizga e’tiboringiz yetishmayapti. Ular bilan munosabatlaringizni tiklang.

    Farzandli “Sunbula”lar esa bolalariga bo‘lgan mehrini ikki karraga oshirishlari lozim. Qish kunlarida o‘ylagan rejalaringiz barbod bo‘lib, shamollash yoki allergik kasalliklarni davolash bilan vaqt o‘tkazishingiz ham ehtimoldan xoli emas. Bolalaringizning maktab yoki bog‘chada qo‘lga kiritgan yutuqlari uchun rag‘batlantirishni ham unutmang. Bolalar kattalardan doim e’tibor kutishadi. Bayram kunlarini ish yoki do‘stlar davrasidan uzilib, oila davrasida o‘tkazishga harakat qiling.

    Oila qurishga ulgurmagan “Sunbula”larga esa “It” yili o‘zi bilan baxt olib kelishi ehtimoli kattaligini alohida aytib o‘tmoqchimiz.

    SALOMATLIK

    Burj vakillari kirib kelayotgan “It” yilida salomat­lik­lariga jiddiy e’tibor berishlari lozim. Sog‘ligingiz bilan yuzaga kelgan muammolarni hal etishda o‘zingiz yo‘l qidirmay, shifokorlar maslahatiga quloq tuting. Aks holda vaziyat yomonlashishi hech gapmas. Hatto oddiy shamollashning oldini olishda ham shifokoringiz bilan bog‘laning. Yoz oylarida sizni yurak qon-tomir kasalliklari bezovta qilishi mumkin. Ularning oldini olish uchun yog‘li, yarim tayyor mahsulot va taomlardan voz keching. Sog‘lom turmush tarzini yuritsangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi. Yil so‘nggida barcha muammolardan xalos bo‘lib, kundalik hayot tarzingizga qaytishingiz mumkin. Dekabr oyida keyingi yilga bo‘lgan tayyorgarlik ko‘ngildagidek kechadi, ungacha ko‘pgina rejalaringiz amalga oshgan bo‘lishi kutilmoqda.

    KARERA
    Aksariyat “Sunbula”larda 2018 yilda kasbiy o‘sish kutilmoqda. Ular yangi lavozim yoki rahbarlikka tayinlanishlari mumkin. Ammo bunga erishish uchun sizdan yaxshigina mehnat talab qilinadi. Shuning uchun barcha diqqat-e’tiboringizni faqat ishga qarating. Mayda muammolarga ahamiyat bermaslik tavsiya etiladi. Aks holda, birgina e’tiborsizlik tufayli erishilgan natijadan o‘n qadam ortga ketib qolishingiz hech gapmas. Yoz oylarida faoliyatingizda ko‘zlagan maqsadingizga erishish kutilmoqda. Malaka oshirish uchun safarga ketishingiz ham mumkin. Bilimlaringizni oshirish ham zarar qilmaydi. G‘oyalaringizni rahbariyatga taqdim etishdan tortinmang. Jadal tashlangan qadamlaringiz yaxshi kutib olinadi. Albatta, bu orqali moliyaviy ahvolingizni ham ancha o‘nglab olasiz.

    AYoL "SUNBULA"LAR
    2018 yilning boshlanishi ushbu burj vakillari uchun sermahsul bo‘ladi. Ular doimgidek, tinimsiz izlanish, ishlash bilan band. Ishdagi bu harakat va shijoat bilan uydagi nazoratni ham susaytirishmaydi. Doim xonadonlari ozoda, sarishta, turmush o‘rtog‘i va farzandlariga ham vaqtida e’tibor ko‘rsata olishadi. Bir xil davom etayotgan bunday hayot tarzida salomatligingiz haqida ham bosh qotirishni unutmang. Haddan tashqari serharakatlik organizmni holdan toydirishi mumkin. Vaqtida shifokorlar ko‘rigidan o‘tishni unutmang.

    2018 yilning o‘rtasiga kelib “Sunbula”lar ayrim sabablarga ko‘ra, tushkunlikka tushib qo­lishlari ham mumkin. Bunday paytlarda sunbula burji ostida tug‘ilganlarning yaqin­la­riga mas’uliyat yuklanadi. Har qanday va­­ziyatda ham “Sunbula”larni qo‘llab-quv­vat­lab, “inqiroz”dan chiqishga ko‘maklashish za­rur.

    ERKAK “SUNBULA”lar
    “It” yili, erkak “Sunbula”lar uchun katta omadni va’da qil­moq­da. Ayniqsa, biznes bilan shug‘ul­la­na­diganlar uchun 2018 yil yaxshigina daromad olib keladi. O‘zingizdagi xarizmatik fe’l-atvor va epchilligingiz bilan muammolarni vaqtida hal qilishga harakat qiling. Har bir buyuk erkak ortida ayol turadi, degan gapning haqiqat ekanligiga yana bir bor amin bo‘lasiz. Shunday ekan, erkak “Sunbula”larning rafiqalari va onalaridan ham e’tiborliroq bo‘lish talab etiladi. Erkak “Sunbula”larni qo‘llab-quvvatlab, injiqliklariga “labbay” deb javob berib turish kerak. Oiladagi xotirjamlik ishdagi muvaffaqiyatni ta’minlaydi.

    Erkaklarga yagona maslahat — qaltis o‘yin­lar­dan uzoq yuring. Jamg‘arilgan pullaringizni esa yaqinlaringizni xursand qilish uchun yoki ro‘zg‘orga kerakli narsani xarid qilish uchun sarflasangiz, maqsadga muvofiq bo‘ladi.

    Manba: darakchi.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Munajjimlar bashorati: Sunbula (24 avgust – 23 sentyabr) burji vakillari uchun 2018 yil qanday o‘tadi?