Xarakteringiz haqidagi barcha narsani oshkor qiluvchi 11 rangdagi liboslar

  • 19 fevral 2018, 10:02
  • 5 635
  • Hayot tarzi
  • Xarakteringiz haqidagi barcha narsani oshkor qiluvchi 11 rangdagi liboslar
    Londonlik uslubchi va «Sizning uslubingizning rangi» kitobining muallifi Devid Zila shunday deydi: «Javoningiz turli rangdagi kiyimlar bilan to‘lib-toshgan bo‘lsa ham, baribir, siz o‘zingizga yoqqan, o‘zingizni qulay his qiladigan rangdagi kiyimni boshqalaridan ko‘proq kiyasiz. Aynan mana shu rang sizning xarakteringizni ochib beradi».

    Turli ekspertlarning fikrlarini o‘rganib chiqqach, «adme.ru» sayti sevimli rang bizni boshqalar ko‘z o‘ngida qanday gavdalantirishi va xarakterimizni namoyon etishini aniqladi, deb ma’lum qiladi Xabar nashri.

    Quyida ana shu ranglarning 11 tasi haqida fikr yuritamiz.

    Qora
    «Qora rang – jiddiy qabul qilinadigan rangdir», — deydi moda va uslub bo‘yicha ekspert Karen Xaller.

    Haqiqatan ham, psixologik tadqiqotlar natijalariga ko‘ra, qora rangni atrofdagilar obro‘, hokimiyat, jiddiylik va ziyolilikni bildiradigan rang sifatida qabul qiladi. Shuning uchun Yevropaning ko‘plab universitetlarida bitiruv libosi qora rangda.

    Kiyinishda qora rangni tanlaydiganlar shijoatli, maqsadli, shuningdek, nozikta’b odamlardir. Odatda ular hissiyotga beriluvchan bo‘lishadi, ammo ko‘pincha buni yashirishga harakat qilishadi. Qora rang ularga boshqalarning e’tiborini tashqi ko‘rinishdan shaxsga qaratishga yordam beradi.

    Jigarrang

    Ushbu rang – yer rangi. Ishonchlilik, kuchlilik va barqarorlikni ifodalovchi rang. Ushbu rangdagi kiyimlarni kiyadiganlar kattalarni hurmat qiladigan, har doim hammadan tinchlik, barqarorlik va kuch izlashga moyil bo‘lgan biroz konservativ odamlardir. Jigarrang ko‘ylakdagi qiz yoki yigit ishonchli, aqlli insonday taassurot qoldiradi. Aslida ham shunday.

    Ko‘k

    Jurnalist va psixolog Liza Jonson Mendelning fikriga ko‘ra «ko‘k rang kishining o‘ziga ishonchini kuchaytiradi. Shuning uchun ko‘plab ish kiyimlari va rasmiy kostyumlar ko‘k rangda bo‘ladi».

    Kanadaning Britaniya Kolumbiyasi universiteti olimlarining aniqlashicha, to‘q ko‘k rangdagi liboslar tinchlantirish xususiyatiga ega bo‘lar ekan.

    Ko‘pincha ko‘k rangdagi kiyimlarni mehrli, xushmuomala va hatto uyatchan kishilar tanlashar ekan. Psixologlarning aytishlaricha, ko‘k kiyimli kishilar risoladagidek ota-ona yoki ishchi bo‘la oladi. Bunday odamlarning asosiy fazilati bosiqlik va xayrixohlikdir.

    Yashil
    Amsterdam universiteti olimlari yashil rang sizni yaxshi kayfiyatda ushlab turishini ta’kidlaydilar. Yashil rangni yoqtiradiganlar faol ijtimoiy hayotni ma’qul ko‘radi, yaxshi tumanda yashaydi, ularning moliyaviy holati barqaror bo‘ladi. Ko‘pincha ular muloyim va mehribon, yaqinlari uchun qayg‘uradigan insonlar bo‘lishadi.

    Binafsharang

    Qadimda binafsharang oliy tabaqaga mansublikni, nafislik, boylik va hashamatni anglatgan. Ma’lumki, Kleopatra bu rangni haddan ortiq yaxshi ko‘rgan. U paytlarda bunday rangdagi kiyimlarni faqatgina boylar kiyishi mumkin bo‘lgan.

    Bugungi kunda, kiyimdagi binafsharang ijodkorlikni, g‘oyalarni va san’atni sevishni bildiradi. Binafsharang kiyim kiyadiganlar nozik tabiatli odamlardir.

    Qizil
    Qizil — ehtiros va kuch rangi. Qizil rangning har qanday yorqin ko‘rinishi barchaning diqqatini o‘ziga torta oladi. «Qizil rang erkaklar uchun asosiy stimulyator vazifasini o‘taydi», — deydi Virjiniya shtatining (AQSh) Norfolk tibbiyot maktabi professori Ebbi Kalish.

    Sariq
    Sariq – baxt, quyosh va kulgi rangi. Tadqiqotlar shuni ko‘rsatadiki, atrof-muhitdagi sariq rang miya ichidagi serotonin ishlab chiqarishni oshiradi, metabolizmni tezlashtiradi va atrofdagi odamlarning kayfiyatini ko‘taradi.

    Bundan tashqari, sariq rang konsentratsiyani va e’tiborni oshiradi, shuning uchun u tez-tez plakatlarda, reklama bannerlarida, yo‘l belgilarida ishlatiladi.

    Mutaxassislarning so‘zlariga ko‘ra, sariq rangli kiyimlardan ko‘pincha faol, ijod kishilari bo‘lgan odamlar foydalanadi.

    Oq

    Oq rang — ozodlik, poklik, aybsizlik va oddiylik ramzi. Shu sababli hayotni toza sahifa bilan boshlashga qaror qilsak, tez-tez o‘zimizga oq narsa sotib olamiz. Oq rang ishonchli odamlarni jalb qiladi, ular erkinlikni sevadilar va hayotga umid bilan qarashadi.

    Umuman olganda, oq libosni har qanday xarakter bilan ham kiyish mumkin. Oq neytral rang.

    Pushti
    Yorqin pushti yoqimtoy qizning rangi, u ko‘pincha bolalar shkafi yoki Barbi qo‘g‘irchoqlarida ko‘rinadi. Yosh katta bo‘lgan sayin bu rangga talab ham kamayib boraveradi.

    Och pushti sokin, haroratli va nazokatli rang hisoblanadi. Ushbu rang – eng kuchli tinchlantiruvchi ranglardan biridir. Shuning uchun ba’zi qamoqxonalarda devorlar agressiya darajasini pasaytirish uchun pushti ranglarda bo‘yaladi. Psixologlarning fikriga ko‘ra, pushti rangni xush ko‘ruvchi insonlar romantik, optimist va o‘zini yaxshi ko‘radigan (yaxshi ma’noda) insonlar bo‘lishadi.

    To‘qsariq
    Ushbu rang quvnoq, ijodiy, jozibali rangdir. To‘qsariq rangli kiyim kiyganlarga qarang. Ular o‘zgarishlarga tayyor bo‘lgan optimist, quvnoq va harakatchan odamlardir. Ba’zida ular biroz o‘zgaruvchan odamlar bo‘lsa-da, shuhratparast va ehtiyotkor bo‘lishlari mumkin.

    Kulrang
    Uslubchilarning aytishicha, kulrang — muvozanat rangi. U juda yorqin ham emas, juda to‘q ham emas. Kulrang kiyim kiyadigan kishilar odamlarning diqqatini o‘ziga tortishni istamaydigan kishilar bo‘lishadi. Kulrang xotirjamlik, o‘lchovlilik va yetuklikning belgisidir.

    Ko‘plab o‘rta yoshli erkaklar kulrang kostyum kiyadi, ayollar esa kulrang ko‘ylak kiyadi.

    Bu neytral rang bo‘lgani uchun uni yoqtiradigan odamni tavsiflash juda qiyin.

    Biroq ko‘pchilik hollarda kulrang libos kiygan odam e’tiborni jalb qilishni yoqtirmaydi va betaraf bo‘lgan pozitsiyani saqlaydi.

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Xarakteringiz haqidagi barcha narsani oshkor qiluvchi 11 rangdagi liboslar