09:50 / 22.02.2018
7 279

Xom sut emgan bandalar

Xom sut emgan bandalar
Mol-mulki behisob bo‘lishi, qo‘lidagi sehrli uzugi tufayli qushlar, insu jinslar, hatto tabiat hodisalarini hukmiga bo‘ysundirishiga qaramay, Sulaymon alayhissalom ko‘zining oqu qarosi shol bo‘lib qolganida dardiga davo topolmabdi. Oxiri Alloh taolodan najot so‘rabdi. Yaratgan Jabroil orqali amr qilibdi:

— Senga va xotiningga bittadan savol beriladi — to‘g‘ri javob bersalaring, farzandingiz tuzaladi.

Eru xotin rozi bo‘lishibdi.

Jabroil Sulaymon payg‘ambarga yuzlanibdi:

— Yetti pushtingga yetadigan mol-dunyong bo‘la turib ham senga ishi tushib kelgan kishining qo‘liga qaraysanmi?

Payg‘ambar o‘ylanib qolibdi. Lekin azboroyi farzandining tuzalishi uchun ham haqiqatni tan olibdi:

— Ha, qarayman.

Shu lahzaning o‘zida bolaning qo‘llariga jon kirib, quvonchdan qiyqirib yuboribdi:

— Tuzaldi, otajon, qo‘llarim tuzaldi!

Jabroil endi xotinini savolga tutibdi:

— Shunday boy, kelishgan, aqlli, kuchli eringiz bo‘la turib, begona yigitga sira ko‘nglingiz sust ketganmi?

Xotin uyatdan lov-lov yongancha e’tirof etibdi:

— Ha, shunday…

Bola oyoqqa turib ketibdi.

— Tuzaldi, oyijon, oyoqlarim tuzaldi!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xom sut emgan bandalar