Yodlash qobiliyatning oshishiga yordam beruvchi taomlar

  • 22 fevral 2018, 15:15
  • 5 362
  • Hayot tarzi
  • Yodlash qobiliyatning oshishiga yordam beruvchi taomlar
    Ushbu maqolada ulamolar tavsiya qilgan va Allohning tavfiqi ila yodlash qobiliyatning oshishiga yordam berishi aytilgan ba’zi taomlar bilan tanishtirib o‘tamiz.

    Asal. Zuhriy suhbatlarning birida Ibn Jurayjga: “Sen asalni lozim tut, albatta, u yodlash uchun yaxshidir”, dedi.

    Sigir suti. Bir kishi Ali ibn Abu Tolib roziyallohu anhuga ko‘p unutishidan shikoyat qildi. Shunda u kishi: “Sen sigirning sutini lozim tut. Albatta, u qalbga darmon bo‘lur va unutishni ketkazur”, dedilar. Xotib rivoyat qilgan.

    Mayiz. Ibn Qoyyum mayiz yaxshi ozuqa bo‘lishini va oshqozonni kuchaytirib, yodlashga manfaatli bo‘lishini aytgan. Zuhriy: “Kim hadis yodlashni xush ko‘rsa, mayiz yesin”, degan.

    Luban. Bir kishi Anas ibn Molikka unutishidan shikoyat qildi. Shunda u kishi: “Sen kundurni lozim tut. U lubandir. Kechasi uni ivitib qo‘y. Subhda uyg‘onganingda undan bir ichishlik olib, nahor payti och qoringa ich. Albatta, u unutishni davolashga yaxshidir”, dedilar.

    *kundur: bosvelliya, ladan.

    *luban: bosvelliya, kammifora.

    Misvok. Rasululloh sallallohu alayhi vasallam: “Misvok og‘izni poklovchi va Robbni rozi qiluvchi”, dedilar. Uning foydalaridan: u og‘izni xushbo‘y qiladi, balg‘amni kesadi, ovozni musaffo qiladi, o‘qishga jonlantiradi, his qilishni sof qiladi va uyquni haydaydi.

    Balg‘am va namlikni kamaytiruvchi har bir narsa, Zarnujiy (“Ta’lim-ul-muta’llim”)da aytadiki: Balg‘am va namlikni kamaytiruvchi har bir narsa yodlashni ziyoda qiladi. Balg‘am ko‘paygan sari unutishni keltirib chiqaradi”, dedi.

    Yodlashni niyat qilib Zamzam suvini ichish.

    Ali roziyallohu anhudan rivoyat qilinadi: Rasululloh sollallohu alayhi vasallam: “Zamzam suvi ochga taom, kasalga shifo”, dedilar.

    Zamzam suvidan ko‘pgina salafi solihlar har xil niyatlar bilan ichishgan. Bas, Alloh ularga istijobat qilgan.

    Bu mavzuga yakun yasab aytamizki, o‘sha asal, mayiz, luban, sutdan bo‘lgan taomlar, Alloh taoloning tavfiqi ila yodlash qobiliyati oshishiga foyda beradi. So‘ngra to‘g‘ri aziymat va yodlashga jiddiy rag‘bat yordam beradi. Bu narsalar siloh kabidir. Uni shijoatli, yaxshi ishlatadigan kishi ishlatsa, maqsadga yetadi. Bo‘lmasa yo‘q. Ayb silohda bo‘lmaydi, uni ishlatadigan qo‘lda bo‘ladi. Bo‘lmasa o‘tgan narsalardan tanavvul qilgan har bir kishi hofiz bo‘lib ketar edi.

    Jundab ibn Abdulloh roziyallohu anhu: “Rasululloh sollallohu alayhi vasallam bilan ziyrak turadigan yigitchalar edik. Bas, iymonni Qur’ondan avval o‘rgandik, so‘ngra Qur’onni o‘rganib, u ila iymonimiz ziyoda bo‘ldi”, dedilar.

    Manba: Islomota.uz

    Facebook орқали авторизация
    Ma'lumot

    Посетители, находящиеся в группе Гости, не могут оставлять комментарии к данной публикации.
    » » Yodlash qobiliyatning oshishiga yordam beruvchi taomlar