21:25 / 24.02.2018
8 612

Munajjimlar bashorati: 25 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 25 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Duch kelgan odamga ichki sirlaringizni dasturxon qilavermasligingiz tavsiya qilinadi. Chunki siz siringizni aytgan odamlar orasida hasadgo‘ylar bo‘lishi tayin. Ular sizga qaysidir jihatdan ziyon yetkazib qo‘yishlari hech gap emas. Kelajak rejalaringiz bir olam. Ularning har biri uncha-muncha rejalar emas, global rejalardir. Ammo natija shunday kechadiki, siz ularning birontasini ham haqiqatga aylantira olmasligingiz mumkin. Sababi bitta. Siz rostdan ham kelajakda ishlaringiz o‘ngidan kelishini istasangiz, faqat qalbingizga quloq tuting. Hech kimdan yordam kutmang.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
25 fevral kuni pul masalasida inqirozga yuz tutmaslik uchun moliyaviy operatsiyani amalga oshirishga harakat qilib ko‘ring. Ammo operatsiya haddan tashqari murakkablashmasligiga e’tibor qarating. Buguningizni oila, bolalar tarbiyasi va madaniy tadbirlarga bag‘ishlasangiz, nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Salomatligingizda muammolar bo‘lsa, kunning ikkinchi yarmida tibbiy ko‘rikdan o‘tish harakatiga tushing. Kechqurun toza havo sayrini ham unutmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Kechirasiz-u, kun davomida o‘zingiz qachonlardir sevgan insonni tasodifan uchratib qolishingiz mumkin. Shuning uchun bo‘lsa kerak, keragidan ortiq hayajonga tushasiz. Bu bajaradigan ishlaringizga, tiriklik uchun kurashda jiddiy xalal berishi turgan gap. Qolaversa, oilangizda muammolar bir talay. Ularni faqat xotirjam tortish natijasida ijobiy hal etsa bo‘ladi. Bugun uy ta’miri, kompyuter, kir yuvish mashinalari ta’miri ham sizga qarab turibdi.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
25 fevralda birinchi qiladigan ishingiz tejamkorlik bo‘lishi lozim. Yo‘qsa, kun mobaynida xaridlarni amalga oshirayotib o‘zingiz sezmagan holda pulingizning borini ishlatib qo‘yishingiz mumkin. Alam qiladigani, ba’zi mahsulotlarning muddati o‘tganlarini sotib olasiz. Yaqin qarindoshlardan biri bilan orangizda katta janjal chiqish ehtimoli sezilmoqda. Bosiqlik bilan vaziyatdan silliq chiqib ketishga urinib ko‘ring. Asablarni asrang!

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Bugun arslon burjida tug‘ilganlar u qadar katta bo‘lmagan moddiy yo‘qotishlar, martaba pastga sho‘ng‘ishi kabi yoqimsiz vaziyatga duch kelishlari kutiladi. Shaxsiy hayotingizda ham juftingiz bilan bo‘lar-bo‘lmasga arazlashib qolishingiz xavfi bor. Barcha yoqimsiz holatlarga odatda pul sababchi bo‘ladi. Shuning uchun moddiy ahvolingizni yanada yaxshilash harakatida bo‘ling. Ana shunda hech kim asabingizni buzmaydi, yuzingiz yorug‘, martabangiz ulug‘ bo‘ladi. Omadingizni bersin!

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
25 fevral sizning kuningiz desak sira xato bo‘lmaydi. Ertalabdanoq kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘ladi. Qalbingiz ilhom-u quvonchga to‘lib-toshadi. Ko‘plab ishlaringiz xamirdan qil sug‘urgandek oson bitib, kechqurun albatta ularning mevasini pul ko‘rinishida olasiz inshoolloh. Muhabbatda boshingizga aytarli tashvish tushmaydi. Lekin bu masalada bashorat qilish befoyda. Vaziyat xudoning xohishiga qarab belgilanadi. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatliklarini asrashlari shart.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Tanqidga qolmaslik, muvaffaqiyatsizlik alamini tortmaslik uchun bajaradigan yumushlar sifatiga alohida e’tibor qarating. Bugun aqliy mehnat kishilarining kuni tug‘adi. Bundan tashqari, olis safarga chiqish, ko‘ngilochar tadbirlarda ishtirok etish yoqimli kechadi. Ba’zilar obro‘li va badavlat bir inson bilan tanishib qolishlari ehtimolga yaqin. U sizga ajoyib bir ishni taklif etishi mumkin. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Xudodan faqat yaxshilik so‘rang.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
25 fevral kuni erta tongdan kayfiyatingiz tushib ketishi kutiladi. Ba’zilarning qon bosimi ko‘tarilishi, asab tomirlar tarang tortishi ham ehtimoldan xoli emas. Bularning bariga xonadoningizda sira kutilmagan, umuman kutilmaydigan “mehmon”ning paydo bo‘lishi yoki kimdir qo‘ng‘iroq qilib ko‘ngilsiz xabar yetkazishi sabab bo‘lishi mumkin. Siz bunday vaziyatlarda temperamentni, emotsiyani jilovlay bilishingiz kerak. Yo‘qsa, kasal bo‘lib qolishingiz hech gap emas. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Velosiped sayrining iloji bo‘lsa yana yaxshi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Buguningiz nafaqat omadli, balki judayam omadli kechadi. Siz ertalabdan kechgacha atrofdagilarning diqqat markazida, omadlilar qatorida, hamisha omad yetagida yuruvchilar safida bo‘lasiz inshoolloh. Lekin taltayib ketishingiz ham mumkin emasligini unutmang. Ko‘z tegishi mumkin. Kechqurun o‘sal yotgan qarindoshingizdan xabar olishingiz kutiladi. Ayrimlar olis safarga jo‘nab ketishlari ham ehtimoldan xoli emas.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
25 fevral kuni har qanday masalada ham o‘z fikringiz, dunyoqarashingiz borligini atrofdagilarga isbot etasiz. Bu kun davomida o‘nlab muvaffaqiyatli lahzalarni boshdan kechirishingiz mumkin deganidir. Biroq shaxsiy hayotda omadingiz kelmasligi mumkin. Juftingiz bilan orangizda ko‘rinmas qarama-qarshilik yuzaga keladi. Ikkingiz ham yetakchilikka intila boshlaysiz. Buning oqibati esa janjal bilan tugashi tayin. O‘zingizni qo‘lga oling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Ertalab negadir o‘zingizni yaxshi his etmasligingiz kutiladi. Buni ob-havoning o‘zgaruvchanligiga yo‘ymang va zudlik bilan vrach nazoratidan o‘ting. Har qanday ko‘rinishdagi safardan voz keching. Bu salomatligingizni battar yomonlashtiradi. Kechqurun moliyaviy muammolaringizni ijobiy hal etishda badavlat do‘stlardan biri yaqindan ko‘mak beradi. Bu kayfiyatingizni ko‘tarib, ertalabki holsizliklarga barham bersa ajab emas. O‘zingizni ehtiyot qiling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
25 fevralda turli yolg‘onlarga, yoqimsiz lahzalarga duch kelishingiz mumkin. Ularga qarshi kurash jarayonida esa sizga ishlashda, yashashda to‘siq vazifasini o‘tayotganlarni chetga surishga muvaffaq bo‘lasiz. Ayniqsa, tijorat bilan shug‘ullanuvchilarga xudo beradi. Ular raqobatchilarning adabini berib qo‘yishadi. Oilada juftingiz bilan orangizda kelishmovchiliklar paydo bo‘lsa, tashvish chekmang, bu muammoni hal qilishda do‘stlardan biri yordam beradi.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 25 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?