Hayotda har xil odamlar uchraydi. Kimlardir rahm-shafqatga boy, xushmuomala va ko‘ngli ochiq bo‘lsa, ayrimlar buning tamomila teskarisi. Xo‘sh, siz atrofdagilar bilan har doim ham xushmuomala bo‘la olasizmi? Hammaga nisbatan ham ko‘nglingiz ochiqmi? Bu savollarga quyidagi testni yechib, javob topasiz, deb o‘ylaymiz. Savollarga “ha” yoki “yo‘q” deb javob bering.
1. Cho‘ntagingizga oz-moz pul tushib qoldi deylik. Hamma pulni do‘stlaringiz uchun sovg‘alarga sarflay olasizmi?
2. O‘rtog‘ingiz o‘zining muammolari haqida gapira boshlasa, o‘zingizni eshitmaslikka olasizmi?
3. Agar raqibingiz shaxmat yoki boshqa o‘yinda yomon o‘ynasa, ayrim paytlar u ham yutishi uchun imkoniyat yaratib berasizmi?
4. Odamlat kayfiyatini ko‘tarish uchun ularga tez-tez yaxshi gaplar aytib turasizmi?
5. Qo‘pol hazillarni yoqtirasizmi?
6. Kechirimlimisiz?
7. Sizni umuman qiziqtirmaydigan suhbatni oxirigacha yetkaza olasizmi?
8. Amaliyotda o‘z qobiliyatingizni to‘liq ishlata olasizmi?
9. Yutqazayotgan o‘yiningizni tugatmay tashlab qo‘yasizmi?
10. Agar haqligingizga ishonchingiz komil bo‘lsa, raqibingiz fikrini eshitishni istaysizmi?
11. Iltimoslarni bajonidil qondira olasizmi?
NATIJALAR
1, 3, 4, 7, 11-savollardagi “ha” va 2, 5, 6, 8, 9, 10-savollardagi “yo‘q” javobi uchun bir balldan hisoblang.
8 balldan ko‘p. Siz xushmuomala, atrofdagilarga yoqadigan, odamlar bilan kelishib ketadigan insonsiz. Do‘stlaringiz ko‘p bo‘lsa kerak.
4 balldan 8 ballgacha. Hammaga ham birdek rahmdil emassiz. Ayrimlar uchun hamma narsaga tayyorsiz, boshqalar, ya’ni siz yoqtirmaydiganlar, yaxshisi, sizdan uzoqroq yurgani ma’qul. Bizningcha, odamlarni xafa qilib qo‘ymaslik uchun hammaga birday muomala qilganingiz ma’qul.
4 balldan kam. Siz bilan suhbatlashish hatto eng yaqin kishilaringiz uchun ham qiyin. Do‘stlaringiz ko‘payishi uchun odamlar bilan yaxshi munosabatda bo‘ling. “Zamin” yangiliklarini “Telegram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Ramzan Qodirovning 19 yoshli qizi medal bilan taqdirlandi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?
Damas uchun onlayn kontraktatsiya ochiladi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Germaniyaning Knauf kompaniyasi Rossiyadan butunlay chiqib ketishini tasdiqladi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda