23:20 / 27.02.2018
10 147

Munajjimlar bashorati: 28 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 28 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun kuningiz xayrli kechadi. Faqat yordamga muhtojlarni har taraflama qo‘llab-quvvatlasangizgina u xayrli kechadi. Muhim hujjatlarga imzo qo‘yish zarurati tug‘ilsa, shoshma-shosharlikdan saqlaning. Ayniqsa, ishingiz bilan bog‘liq hujjatlarni imzolashda xato qilishga haqqingiz yo‘q. Tadbirkor bo‘lsangiz, shartnomalar, kelishuvlarga o‘ta jiddiy munosabatda bo‘ling. Aks holda bir kun kelib puldan ham, hamkorlardan ham ayrilib qolishingiz hech gap emas.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
28 fevralda nafaqat birovlar, hatto, o‘zingizga ham biror masalada va’da bera ko‘rmang. Sababi bugun berilgan va’dalarni o‘z vaqtida ado eta olmaysiz. Salomatlikka loqayd munosabatda bo‘lmang. Bu kelgusida jiddiy xastaliklarga sabab bo‘lishi turgan gap. Ayniqsa, migren va yurak og‘rig‘idan azob chekib ko‘rgan bo‘lsangiz, sog‘liqni mustahkamlash bobida juda sergak bo‘lishingiz lozim. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Atmosferadagi magnit bo‘ronlaridan mutaxassislar maslahati bo‘yicha saqlaning.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Bugun yulduzlar tadbirkorlarning kuni tug‘ishini bashorat qilgan. Siz o‘ta foydali shartlashuvga imzo chekishingiz kerak bo‘ladi. Bunday imkoniyatni qo‘ldan chiqarmang. Shu shartlashuv bahonasida dunyo bozoriga chiqishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Ba’zilar ishxonadagi hamkasbi bilan ishqiy sarguzashtlar boshlash arafasida turgan bo‘lishi mumkin. Lekin bu roman yaxshilikka olib kelmaydi. Ehtiros-u, mehrga to‘lib-toshishingiz mumkin, ammo sadoqat bo‘lmaydi.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
28 fevralda taqdir sizni turli vaziyatlarda qolishga majbur etishi kutiladi. Lekin sizdagi iroda kuchi barcha to‘siqlarni yengib o‘tishga yetadi. Shaxsiy hayotda juftingiz bilan iliq munosabatlar kutilmoqda. Munosabatlarni yanada mustahkamlash uchun uni sayru sayohatga taklif etsangiz ham ziyon qilmasdi. Sog‘lig‘ingizni ehtiyot qiling. Kechqurun faqat oila davrasida dam oling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ijodiy va shaxsiy masaladagi ishlaringiz baroridan keladi. Sizga hamisha yordam qo‘lini cho‘zib kelganlarga siz ham bugun muruvvat ko‘rsating. Toki qarz qiyomatga qolmaydigan bo‘lsin. Tejamkorlikka e’tibor qaratmasangiz, pulsiz qolib ketishingiz mumkin. Kechqurun oila qurmaganlar yangi tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Bu romantik uchrashuvga aylanib ketishi ham ehtimoldan xoli emas. Salomatligingizni juda ehtiyot qiling. Shu kunlarda magnit bo‘ronlari quturgandan quturmoqda. Surunkali xastalikka chalinganlar o‘zlari bilan doimo dorilarini olib yurishlari tavsiya etiladi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
28 fevral kuni ertalabdanoq oldingizda shu qadar qulay imkoniyat eshiklari ochiladiki, ishchan kayfiyatga tushib qolganingizni o‘zingiz ham payqamay qolasiz. Bugun tadbirkorlarga yangi foydali shartnomalar tuzish, boshqalarga bilim olish xayrli va muvaffaqiyatli kechadi. Neki maqsadni ko‘zlasangiz, bugun so‘zsiz uddalaysiz. Tashabbuskorlikni qo‘ldan bermang. Surunkali xastalikdan azoblanayotganlar salomatliklarini kun bo‘yi qat’iy nazorat ostida ushlasinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Yulduzlar sizga bugun uchun rejalashtirilgan ishlarni, jumladan, shartnomalar tuzish, safarga chiqish kabilarni boshqa kunga qoldirishingizni maslahat beradi. Yaqinlar bilan qiziqarli suhbatlar uyushtirish bugun juda xayrli kechadi. Kun davomida ko‘proq piyoda yuring. Ob-havoning avzoyiga qarab kiyining. Shu bahonada sog‘lig‘ingiz ham mustahkamlansa ajab emas. Ortingizdan kimlardir mag‘zava ag‘darayotganidan xabar topasiz. Sukut saqlang va sukutning ko‘magida g‘alaba qozoning.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
28 fevralda atrofdagilarning ko‘nglini og‘ritishdan saqlaning. Ularni tanqid ostiga olmang, yomonlamang. Ularga nisbatan qo‘polliklarni sodir etmang. Ruhiy holatni mustahkam tutuvchi dorilar iching. Mashqlarni bajaring. Kunning ikkinchi yarmida ba’zi birodarlarimiz xizmat safariga jo‘nab ketishlari haqiqatga yaqin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatlanish rejimini buzmang. Uxlashga yotishingizdan oldin sizga eski qadrdonlardan biri qo‘ng‘iroq qilishi mumkin.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Bugun o‘zingiz uchun qiziqarli bo‘lgan ishlarnigina amalga oshirishingiz tavsiya qilinadi. Zerikarli ishlar nafaqat sizni daromaddan mahrum etishi, balki sog‘lig‘ingizga ham salbiy ta’sir o‘tkazishi mumkin. Vaqt topsangiz, oilaviy tarzda tog‘ yon bag‘irlariga dam olish uchun ketishingiz, olis safarga otlanishingiz ham ziyon qilmaydi. Xullas, kun bo‘yi bir joyda uzoq o‘tirib qolmasangiz bas. Muhabbatda sizdan baxtlisi, ehtiroslisi bo‘lmaydi. Omadingizni bersin!

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
28 fevralda ilgari kimlar bilan janjallashgan, sen-menga borgan, janjallashgan bo‘lsangiz, birinchi bo‘lib uzr so‘rang va yarashish harakatida bo‘ling. Xayriya maqsadlariga yo‘naltirilgan tadbirlar muvaffaqiyatli va yoqimli kechadi. Basharti bu sohada o‘z rejalaringiz bo‘lsa, do‘stlar ko‘magida ularni haqiqatga aylantirishingiz ham mumkin. Kechqurun faqat sog‘liq haqida qayg‘uring. Boshqa narsalarning barchasi nisbiy.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Aqliy mehnat bilan band do‘stlarimiz hamkasblarga haqiqiy professional ekanliklarini, hali hech kimga ma’lum bo‘lmagan salohiyatini namoyish etsalar nur ustiga a’lo nur bo‘lardi. Safarga chiqish, muhim hujjatlarni imzolash, tadbirkorlar uchun foydali shartnomalarga imzo qo‘yish xayrli va omadli kechadi. Juftingizdan arazlab yurmaslik uchun o‘zingiz birinchi bo‘lib munosabatlarni mustahkamlash yo‘lida qadam tashlang.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
28 fevral kuni ilgari sira til topa olmaganlar bilan bugun yaqin bo‘lishga harakat qilsangiz bo‘ladi. Oldindan rejani puxta tuzmaganlar moliyaviy muammolarni hal etishda to‘siqlarga duch kelishlari mumkin. Serqatnov yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Salomatlikka alohida e’tibor qarating. Ko‘cha taomidan yuz buring.

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 28 fevral kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?