14:35 / 28.02.2018
5 137

Rahbarni manipulyatsiya qilishning 5 yo‘li

Rahbarni manipulyatsiya qilishning 5 yo‘li
“Uoll-Strit bo‘risi” filmidan lavha
Foto: NTV

Korxonalarning rahbarlari turlicha bo‘ladi. Biri tashabbuslarni qo‘llab-quvvatlab, xodimlarga barcha sharoitlarni yaratib, tajribasi va lavozimi oshishiga imkon bersa, boshqasi xodimni bir necha yil bitta lavozimda ushlab turib, uning ko‘tarilishiga to‘sqinlik qiladi. Yana biri xodimlarning tajriba oshirishiga ruxsat bermay, ma’lum qolipda ishlashga undaydi. Bunday rahbarlarning ham ko‘nglini topuvchi, ularning qolipini buzib, karyeraning yuqori cho‘qqisiga ko‘tariluvchi xodimlar ham bor. Bu borada sizga bir nechta maslahat beramiz.

Majlisni qo‘lga olish
Agar majlisda siz uchun foydali qaror qabul qilinishini istasangiz, unga ehtiyotkorlik bilan tayyorlanishingiz kerak bo‘ladi. Yig‘ilishda ishtirok etishi mumkin bo‘lgan hamkasblaringizga taklifingizning barcha afzalliklarini tushuntiring. Ularni qiziqtira olsangiz, hamkasblaringiz sizni qo‘llab-quvvatlaydi va rahbaringiz sizga to‘sqinlik qila olmaydi.

Tanlov illyuziyasi
Rahbar uchun mustaqil qaror qabul qilish juda muhim. U xodimlaridan qiziqarli takliflar, ijobiy yechimlar kutadi. Rahbarni sizga yoquvchi variantni tanlashga qanday majburlash mumkin?

Bir necha hayotiy ssenariylar tayyorlang. Ularning har biri ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.

Takliflarning ikkitasi rahbarga unchalik qiziq bo‘lmaydigan ko‘rinishda bo‘lsin. Uchinchisi esa qiziq va tashkilot uchun foyda keltiradigan darajada bo‘lsin.
  • Bir necha hayotiy ssenariylar tayyorlang. Ularning har biri ehtiyotkorlik bilan ishlab chiqilgan bo‘lishi kerak.
  • Takliflarning ikkitasi rahbarga unchalik qiziq bo‘lmaydigan ko‘rinishda bo‘lsin. Uchinchisi esa qiziq va tashkilot uchun foyda keltiradigan darajada bo‘lsin.
  • Rahbar buning uchun sizga minnatdorchilik bildiradi va oxiri siz istagan taklifni tanlaydi.

Eng muhimi — ishingiz ko‘pligiga ishontirish
Sizning maqsadingiz ko‘p mehnat talab qiladigan, muammoli topshiriqlardan qochish. Buning uchun nima qilish kerak? Qog‘oz, noutbuk, hujjatlar doim siz bilan birga bo‘lsin. Ishi ko‘p va ularga ulgurmayotgan odam qiyofasiga kiring. Bir soniya ham bo‘sh vaqtingiz borligini ko‘rsatmang. “Ishlar qanday?” degan savolga “Ish juda ko‘p” deb javob bering. Shunda rahbaringiz boyagiday topshiriqlarni sizga emas, boshqalarga beradi.

Qosh qo‘yaman deb ko‘z chiqarish
Noqulay vaqtda, tomdan tarasha tushganday yetkazilgan ma’lumotlar rahbarlarning tinchini buzishi mumkin. Agar siz rahbarning xato qilishidan manfaatdor bo‘lsangiz, unga yig‘ilish oldidan muhim bir “yangilik” ayting. Masalan, uning so‘nggi ishi yuqoridagilarga yoqmaganini aytishingiz mumkin. Shundan so‘ng do‘stona maslahat ohangida u aslida yaxshi rahbarligini, endi bir o‘zini ko‘rsatishi kerakligini aytasiz. Natijada rahbar asabiylashadi va xato qila boshlaydi. Yodda tuting, oxiri o‘zingiz aybdor bo‘lmasligingiz uchun bunday “yangilik”lar har tomonlama o‘ylangan bo‘lishi kerak.

“Yashirilgan” ma’lumot
Agar hisobotda biror ma’lumotni rahbardan yashirishni istasangiz, uni bir necha o‘nlab sahifalar ichiga yashiring. Uning asosiy qismi fikrlaringiz, tahlil va tadqiqotlar bilan to‘ldirilsin. Yashirish kerak bo‘lgan ma’lumotlarga esa so‘nggi sahifalardan o‘rin olsin. Rahbar birinchi sahifani o‘qib, sizning g‘oyalaringizni qabul qiladi va hisobotni oxirigacha o‘qimaydi. Biroq ba’zan oxirigacha o‘qishi mumkin. Shu bois bunga ham tayyor turing. O‘zingizni xotirjam tuting.

Mazkur usullardan unumli foydalanish orqali siz rahbarni manipulyatsiya qila olasiz va ko‘pgina ijobiy natijalarga erishasiz. Biroq undan to‘g‘ri maqsadda va zarur vaqtdagina foydalangan ma’qul.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Rahbarni manipulyatsiya qilishning 5 yo‘li