21:55 / 28.02.2018
12 661

Munajjimlar bashorati: 1 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 1 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun sizni nafaqat romantika va ehtirosli lahzalar, balki xafaqonlik ham qarshi olishi kutilmoqda. Bir so‘z bilan aytganda, muhabbatda omadingiz kelmaydigan ko‘rinadi. Ishxonada ilgari nazardan chetda qolgan yumushlarni uddalashingiz, shaxsiy hayotda esa jami muammolarni ijobiy hal etishingiz lozim. Kechqurun reja tuzishda masalaga ijodiy yondashing. Shunda bugungidek xafaqon kayfiyatda qolmaysiz. Bu ayniqsa oila qurib ulgurmaganlarga tegishli. Sog‘liqni ehtiyot qiling.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
1 martda munosabatlarni muloyimlashtirsangiz, juftingiz bilan orangizda paydo bo‘ladigan kelishmovchiliklarga chap bera olishingiz mumkin bo‘ladi. Kunning ikkinchi yarmida sizni xizmat safariga jo‘natishlari yoki zimmangizga yangi vazifalarni yuklashlari mumkin. Kechqurun siz uchun do‘stlar va oila a’zolaringiz qurshovida yoqimli kechadigan tadbirda ishtirok etishingiz mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Og‘ir hazm bo‘luvchi taomlar iste’mol qilmang.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Yulduzlar bugun kunning birinchi yarmida anchadan beri sizni qiynab kelayotgan muammo xamirdan qil sug‘urgan kabi tez va oson hal bo‘lishini bashorat qilishgan. Kun davomida o‘zingizga yoqqan bir insondan sovg‘a olishingiz kutiladi. Yirik xaridlardan voz keching. Pullaringizni tejab ishlating. Shunda inqirozga yuz tutmaysiz. Oqibatda yolg‘iz qolib ketishni xohlamasangiz, sevimli insoningizdan mushkul narsalarni talab qilmang.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
1 mart kuni oila a’zolaringiz hamda do‘stlaringizga qaysidir masalalarda yon berishingiz kerak bo‘ladi. Atrofdagilarga xalal berib, tinchini buzayotgan bir muammo borki, uni sizdan boshqasi bartaraf eta olmaydi. Uni ham kunning ikkinchi yarmida ajoyib tarzda uddalaysiz inshoolloh. Ba’zilar kechki payt xaridga mukkasidan ketishi, illyuziya ta’sirida qolishi kutilmoqda. Mayli-ku-ya, ammo serqatnov yo‘llarda sergak bo‘lishingiz kerak. Bunday vaziyatlarda illyuziya ziyondan boshqasini hadya etmaydi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Ishxonada ham, oilada ham janjal kelib chiqishining oldini oling. Janjalga moyil bo‘la boshlaganlarni tinchlantirib, ko‘ngliga yo‘l toping. To‘g‘ri, ishxonangizda sizga yoqmaydigan hamkasblar keragicha topiladi. Lekin ular bilan janjallashib baraka topmaysiz. Tinchlikka nima yetsin. Ayrimlar yangi ishga o‘tgan bo‘lsalar, bugun shunday bir voqea sodir bo‘ladiki, ularning ko‘zi moshdek ochilib, atrofga tiyrak nigoh bilan boqa boshlashadi. Muhabbatda arzimas xato ham sizga juda qimmatga tushishi mumkin.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
1 martda kayfiyatingiz a’lo darajada bo‘lmasligi mumkin. Lekin ko‘ngildagi barcha norozilik, agressiyani o‘zingizda ushlay olishingiz, uni atrofdagilarga tarqatmasligingiz tavsiya qilinadi. Aks holda kimlar bilandir o‘rtangizda katta janjallar kelib chiqadi. Moliyaviy masalada do‘stlaringiz yordam berishadi. Zinhor birovdan qarz ola ko‘rmang. Bugun olgan qarzingizning intihosi ayanchli kechadi. Olis safarga otlangan bo‘lsangiz, shaxsiy mashinangizda yo‘lga chiqmang. Halokat xavfi sezilmoqda. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar mart oyida magnit bo‘ronlari tinmasligini esda saqlashlari, shunga qarab salomatliklarini asrashlari lozim.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Nimadandir, kimlardandir norozi bo‘lsangiz, bu holatni atrofdagilardan sir tuting. Ayniqsa, qarindoshlar bilan kelisha olmayotgan bo‘lsangiz, buni tashqaridagilar bilmay qo‘ya qolgani ma’qul. Bardoshingiz yetmayotgan bo‘lsa, qulay sharoitni kuting-u, oradagi tushunmovchiliklarga oydinlik kiritib oling. Muhabbatda aqlni ishlatgan holda ish tutsangiz, muvaffaqiyatlar sizniki bo‘ladi. Oilasi yo‘qlar kechqurun romantik uchrashuvga oshiqishlari mumkin.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
1 mart kuni hayot qaynaydi. Vujudingizda g‘ayrat va shijoat to‘lib-toshishi kutiladi. Bir-biridan ajoyib, hayajonli, qaynoq lahzalarni boshdan o‘tkazasiz. Faqat vaqtni tezlashtirmang. Oqim bilan baravar suzishda davom eting. Yo‘qsa, kayfiyatingiz bir pul bo‘lishi mumkin. Ishxonada haddan ziyod o‘zingizga bo‘lgan ishonch jiddiy xalal berishi mumkin. Hamkasblar bilan bahsga kirishmang. Yon berishni ham o‘rganing. Shunda tinch, osuda, xotirjam va xursand bo‘lasiz.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Oilangizdagilar bilan orangizda kelishmovchiliklar yuzaga kelsa, boshi berk ko‘chaga kirib qolsangiz, qalbingizga quloq tuting. U sizga to‘g‘ri yo‘l ko‘rsatadi. Bugun ro‘zg‘or yumushlari bilan o‘ralashib qolmang, ko‘chadagi, ishxonadagi ajoyib lahzalardan quruq qolasiz. Optimist nazari bilan boqsangiz, moliyaviy muammolar ham sizning foydangizga hal bo‘ladi. Kechqurun kimdir bajargan ishingiz uchun qo‘lingizga bir dasta pul tutqazishi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi. Omadingizni bersin!

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
1 martda o‘zingizga sinchiklab nazar soling. O‘zingizni savollar bilan qistovga oling. Nega sevimli insoningiz bilan sira kelishib yashay olmayotganingizning asl sababi shunday yo‘l bilan aniqlanadi. Yetishingiz mumkin bo‘lmagan cho‘qqilar sari talpinishni bas qiling. Bu sizni ham moddiy, ham ma’naviy yo‘qotishlarga duchor etishi mumkin. Organizmingiz ancha zaiflashib qolgan. Immunitetni ko‘tarishga harakat qiling. Kechqurun madaniy dam olish uchun juda qulay kechadi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Bugun qovg‘a burjida tavallud topganlar ishxonadagi emas, uydagi yumushlar bilan ko‘proq band bo‘lganlari ma’qul. Kun mobaynida kelajakda taqdirdoshingizga aylanishi mumkin bo‘lgan inson bilan tanishasiz. Lekin tomdan tarasha tushgandek darrov ishqiy sarguzashtlardan gap ochib qo‘ymang. Salomatligingizni mustahkam tortishi uchun asosan ovqatlanish rejimi va me’yorga e’tibor qaratishingiz kerak. Hasadgo‘ylar ta’qibiga uchrashdan saqlaning.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
1 mart kuni ishlar, voqea-hodisalar o‘z yo‘lida bir maromda davom etadi. Janjalli, xafagarchiliklardan iborat lahzalar ko‘zga tashlanmaydi. Oilasizlar romantik tanishuvlarni boshdan kechirishadi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishingiz ancha mushkul kechishi mumkin. Ammo sabrga suyansangiz, buning ham yo‘lini topasiz. Bugun bankdan aslo kredit ola ko‘rmang!

Manba: hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 1 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?