22:10 / 02.03.2018
4 833

O‘z kamchiligini sezish yo‘llari

O‘z kamchiligini sezish yo‘llari
Ko‘p odamlar o‘z ayb va kamchiliklarini ko‘rmaydilar. Boshqalarning ko‘ziga tushgan xasni ko‘radilar-u, o‘zlarining ko‘zlariga tushgan xasni ko‘rishga ojizlik qiladilar. O‘z kamchiligini ko‘rishni istagan kishilar uchun to‘rt xil yo‘l bordir.

Birinchi yo‘l – kamchilikni ko‘ra oluvchi komil bir odam bilan suhbatlashib turishdir, bu yo‘l shogird bilan ustoz orasida bo‘ladi.

Ikkinchi yo‘l – samimiy, xayrixoh do‘st topib, o‘zining qilib turgan ishlarini, yurish-turishini kuzatib, xush ko‘rilmagan yo‘llardan qaytarishni undan iltimos qilishdir. Bir donishmand: “Mening kamchiliklarimni o‘zimga aytgan kishilardan minnatdorman”, – der edi.

Uchinchi yo‘l – kamchilikni dushmanlar og‘zidan eshitib, ulardan tegishli xulosa chiqarishdir. Kamchiliklarni so‘zlab yuruvchi dushman ikki yuzlamachi, riyokor do‘stdan ustun turadi.

To‘rtinchi yo‘l – xalq ichida yurib, ba’zi odamlarda ko‘rilgan yomon qiliqlardan xulosa qilib, ulardan saqlanish kerak. Xalqning nafratiga sazovor bo‘lgan yomonlarning qiliqlari senda bor bo‘lsa, uni bitirishing lozim. Luqmon hakimdan: “Adabni kimdan o‘rgandingiz?” deb so‘radilar. Luqmoni hakim: “Adabni adabsizlardan o‘rgandim”, deb javob bergan ekan.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » O‘z kamchiligini sezish yo‘llari