22:22 / 03.03.2018
10 432

Munajjimlar bashorati: 4 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 4 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun dam olish kuni bo‘lishiga qaramay, tiriklik davom etaveradi, shunday emasmi? Shunday ekan, siz ham ertalabdanoq shaxsiy hayot bilan bog‘liq muammolarni hal etishda sog‘lom fikr hamda bardoshni yordamga chorlashingiz kerak bo‘ladi. Xushomad va soxta maqtovlar asiriga aylanib qolishdan saqlaning. Moliyaviy masalada biroz kayfiyatingiz tushishi mumkin. Bu muammoni ijobiy hal etishda badavlat do‘stlardan birining yordami zarur bo‘ladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
4 mart kuni kayfiyatingiz yomon bo‘lmaydi. Romantikani xohlay boshlaysiz. Bahor ta’siri bo‘lsa kerak-da, suygan insoningiz bilan birgalikdagi suhbatingiz shu qadar qizib ketadiki, ishga kech qolasiz. Tadbirkor bo‘lsangiz, yolg‘on va chuv tushishlardan ehtiyot bo‘ling. Agar anchadan beri hamkorlar bilan ish yuzasidan dangal gaplashib olishni niyat qilgan bo‘lsangiz, bugun fursat yetdi. Suhbatni ortga surmang. O‘zingizni ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
4 martda moliyaviy ahvolingiz yomon bo‘lmaydi. Qimmatbaho buyumlarni bemalol xarid qilaversangiz bo‘ladi. Kimlardir tushga qadar bozor-o‘char bilan band bo‘lishi mumkin. Katta bozorlarda yurishga to‘g‘ri kelsa, nihoyatda ehtiyot bo‘ling. Kissavurlar karmoningizni shilib qo‘yishidan saqlaning. Surunkali xastalikka chalinganlar salomatligini jiddiy nazorat qilishlari zarur. Ba’zilar atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlari ta’sirida qon bosim ko‘tarilishi va oshqozon og‘rig‘i tufayli bezovta bo‘lishlari mumkin.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
Garchi ortida katta pul turgan bo‘lsa ham yangi, birda-yarimda uddalab ko‘rmagan ishga qo‘l urib qo‘ymang. Omadga erishishni istasangiz, qo‘lingizdan keladigan ishlarni toping va daromad qiling. Muhabbatda ikkita yo‘l qarshisida turibsiz. Yo ruhiy barqarorlik, sokinlik, iliq munosabatlar. Ikkinchisi esa juftingizni bo‘lar-bo‘lmasga rashk qilib asabiylashish. O‘zingiz tanlang. Basharti qay birini tanlashni bilmayotgan bo‘lsangiz, do‘stlarga murojaat eting. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
4 mart kuni yoqimsiz bir vaziyatga tushib qolishingiz xavfi bor. Shuning natijasida kissangizdagi bor pulingiz sovurilishi kutiladi. Bugun do‘stlar bilan o‘zaro munosabatlarga yana bir bor oydinlik kiritib oling. Chunki ularning biri sizga hasad ko‘zi bilan boqadi. Shoshilmasangiz, tez orada sizni boshi berk ko‘chada qoldirib ketishi hech gap emas. Kechki payt shaxsiy ish bilan boshqa shaharga borib kelishingiz mumkin. Ovqatlanish masalasida rejimga va me’yorga amal qiling.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Yulduzlar bugun haqiqatga aylanishi mushkul niyatlar qilmasligingizni maslahat berishadi. Keyin o‘zingiz afsuslanib qolishingiz hech gap emas. Agar bugun omad kulishi mumkin bo‘lsa, u ham shaxsiy hayotingiz bilan bog‘liq. Atrofdagilar bilan munosabatlarda real holatlarga asoslaning. Gaplaringizga yolg‘on aralashtirmang. Kechqurun oila a’zolaringiz davrasida dam oling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlari xavfidan kelib chiqqan holda harakatlar sodir eting.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
4 martda kayfiyatingizda tushkunlik holati hukm suradi. Atrofdagilar bilan aslo bahsga kirishmang. Bu yaxshilik bilan tugamasligi mumkin. Oila qurmaganlar kun davomida yangi tanishuvni boshdan o‘tkazib, keyinchalik romantika paydo bo‘lishi uchun zamin yaratiladi. Faqat yangi tanishingiz bilan suhbatda emotsiyani boshqara olishingiz tavsiya qilinadi. Ovqatni tanlab-tanlab yeng. Jigar, oshqozon va boshni avaylang. Ularda muammo paydo qiladigan harakatlar sodir etishdan saqlaning.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
Ba’zilar tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilasi bilan xufiyona uchrashuv tashkil etish harakatida bo‘lishlari mumkin. Shuning dastidan bajariladigan zarur ishlar ham arosatda qolib ketishi hech gap emas. Esda tuting, yaqin insonga xiyonat albatta bir kun sizni bosh egishga majbur etadi. Kunduzi oilaviy tarzda istirohat bog‘larida sayr qilish, salomatlikni tiklash masalasida muolajalar olish omadli kechadi. Tadbirkor bo‘lsangiz, bugun yangi hamkor izlamang, yangi shartnoma imzolamang.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
4 mart kuni birinchi qiladigan ishingiz juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarni mustahkamlash bo‘lishi kerak. Oila qurmagan yigitlar tanlaganiga aynan bugun muhabbat izhor etishlari, u insonning qo‘lini so‘rashlari, to‘yni tezlatishlari zarur. Tushga qadar tashkil etiladigan safar muvaffaqiyat keltiradi. Lekin shaxsiy mashinangizda yo‘lga chiqmang. Jarohat olishingiz ehtimoli bor. Kunning ikkinchi yarmida olisda yashaydigan qarindoshlaringiz mehmonga kelishlari mumkin. O‘zingizni va yaqinlaringizni ehtiyot qiling.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
O‘zingizdan yoshi ulug‘, har jabhada tajribasi ko‘proq odamlarga biror masalada haqligingizni isbotlashga urinmang. Bu oqibatda janjalga sabab bo‘lishi mumkin. Qiladigan ishlaringizga ijodiy yondashing. Shunda ijobiy natijasini ko‘rasiz. Juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda tanaffuslar qilishingizga to‘g‘ri keladi. Immunitetni ko‘tarish payida bo‘ling. Buning uchun har kuni me’yorida mevalar iste’mol qilishingiz tavsiya etiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
4 mart kuni shaxsiy hayotda ishlar boshingizdan oshib-toshadi. Iloj topsangiz, qarindoshlarni ham bu ishga jalb etishingiz mumkin. Bir o‘zingiz kechga qadar uddalab tugata olmasligingiz ehtimolga yaqin. Qo‘shimcha daromadli ish qidirish, malaka oshirish, bilim olish bugun xayrli va yoqimli kechadi. Lekin barcha harakatlarni qat’iy reja asosid amalga oshiring. Kechqurun sizni qo‘shnilardan kimdir mehmonga taklif etishi kutilmoqda. Zararli odatlardan nariroq bo‘ling.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Agar kelgusida martabangizni salkam Everest cho‘qqisiga chiqarib qo‘yishi mumkin bo‘lgan ish uchrab qolsa, darrov shu ishni bajarishga kirishing. Oilada qarindoshlar ko‘nglini ovlash, kimnidir yupatish, ko‘nglini ko‘tarish bilan band bo‘lasiz. Juftingizga ham yaxshi ma’noda ruhiy ta’sir o‘tkazish haqida o‘ylab ko‘ring. Mabodo olis safarga chiqish zarurati tug‘ilsa, yo‘llarda ehtiyotkorlikni qo‘ldan bermang. Omadingizni bersin!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 4 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?