O‘zbekiston Prezidenti Shavkat Mirziyoyev 2 mart kuni Navoiy viloyatida tashrif bilan bo‘ldi. Tashrif davomida Prezident viloyatning Tomdi, Konimex, Uchquduq tumanlari va Zarafshon shahri faollari bilan uchrashgan.
Uchrashuv davomida so‘zga chiqqan Konimex tuman qozoq milliy madaniy markazi rahbari Shavkat Mirziyoyev olib borayotgan yaxshi qo‘shnichilik siyosati uchun minnatdorchilik bildirib, Prezidentning avvalgi uchrashuvlardan birida aytib o‘tgan: “Agar irrigator bo‘lmaganimda, shoir bo‘lardim”, degan gapini yodga olib o‘tgan. Shavkat Mirziyoyev bu fikrlarni yuzda tabassum bilan qabul qilgan.
Madaniy markaz rahbari o‘z so‘zi yakunida Prezident Shavkat Mirziyoyevga bag‘ishlangan, o‘z ijodiga mansub she’r o‘qigan. Bu she’r “O‘zbekiston 24” telekanalining “Tahlilnoma” informatsion dasturida efirga uzatilgan Prezidentning Navoiy viloyatiga tashrifi haqidagi reportajga mantiqiy yakun yasagan.
O‘zbekiston Prezidenti matbuot xizmati axborotiga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev 1981 yili Toshkent irrigatsiya va qishloq xo‘jaligini mehanizatsiyalash muhandislari institutini tamomlagan, muhandis-mexanik mutaxassisligiga ega. “Zamin” yangiliklarini “Youtube”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Sariqmi yoki yashil: qaysi turdagi banan foydaliroq?