09:06 / 10.03.2018
6 312

Qon guruhiga qarab ishga oling

Qon guruhiga qarab ishga oling
Yaponiyalik mutaxassislar inson qon guruhining uning tabiatiga ta’sirini o‘rganib chiqdilar. Olimlarning bu tajribalari e’lon qilingandan so‘ng ko‘plab ishchilar boshlarini qayerga urishini bilolmay qoldilar. Sababi endilikda ba’zi korxona va tashkilotlarda ishga kiruvchilarni qon guruhiga qarab ishga qabul qilish joriy etildi.

Tadqiqotchilarning olib borgan tajribalariga ko‘ra, birinchi qon guruhiga ega bo‘lganlar universal bo‘lib, ular har qanday ishni bemalol bajarishlari mumkin ekan, shuning uchun ham tashkilotlarda ularga nisbatan katta ishonch paydo bo‘lgan.

Ikkinchi qon guruhiga ega bo‘lganlar esa o‘ta qiziqqon hamda jahldor bo‘lishlari aniqlangan. Shuning uchun ham Yaponiya ish beruvchilari ularni ishga olishda ma’lum muddat sinov jarayonini qo‘llashmoqda.

Uchinchi guruh qonga ega bo‘lganlar esa sarguzashtlarni xush ko‘ruvchilar bo‘lib, yangilik yaratish bilan shug‘ullanadigan idoralar ularni ishga jalb etmoqda.

To‘rtinchi guruh qonga ega bo‘lganlar esa jumboqli shaxslar ekan, ularning qanday ishlarni uddalay olishlari ham sir bo‘lib, ish beruvchilar bu guruh qonga ega bo‘lgan shaxslarni tekshirib o‘tirmay ishga oladilar. Sababi bunday qon guruhiga ega bo‘lganlar kamchilikni tashkil qiladi.

Manba: mulohaza.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Qon guruhiga qarab ishga oling