22:02 / 16.03.2018
10 203

Munajjimlar bashorati: 17 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 17 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Ertalabdan sizga omad kulishi aniqlashadi. Kayfiyatingiz a’lo ko‘rinishda uyqudan uyg‘onasiz. Ish joyingizda ham sokinlik hukm suradi. Hech kim o‘zining bo‘lar-bo‘lmas maslahatlari, fikrlari bilan ishlashingizga xalal bermaydi. Basharti xalal beradiganlar topilib qolsa, unga bor iste’dodingizni namoyish eta boshlang. Yaqin kishingiz kechki payt sizga kutilmagan sovg‘a tayyorlab qo‘yishi kutiladi. Demak, kechqurun asosiy vaqtingizni juftingizga bag‘ishlashingiz kerak bo‘ladi. Salomatlikni asrash ham esingizdan chiqmasin!

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
17 martda tadbirkorlarga yangi shartnomalar imzolash harakatida bo‘lish va hamkorlarni chuqurroq o‘rganib chiqish tavsiya etiladi. Bu ishni siz tushga qadar uddalaysiz. Ba’zilarning shaxsiy hayotida tub burilish yuzaga kelishi mumkin. Lekin ushbu burilish siz uchun juda yoqimli kechadi. Kunning ikkinchi yarmida o‘z aybingiz bilan do‘stlardan kimnidir ranjitib qo‘yishingiz ehtimoli ham yo‘q emas. Kechqurun toza havoda sayr qilib, sut mahsulotlaridan tayyorlangan taom iste’mol qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
17 mart kuni kelgusidagi martabangiz, mavqeingiz bilan chambarchas bog‘liq odamga ro‘baro‘ bo‘lasiz. U bilan yanada yaqin bo‘lish uchun harakat qiling. Bu ishda so‘zlar harakatga qaraganda ko‘proq bo‘lishi mumkin. Lekin qo‘rqinchli joyi yo‘q. Pul olish masalasida ortga surishlar bo‘lishi mumkin. Bu ham vaqtincha. Tadbirkorlardan kimdir hamkorlar bilan kelisha olmay qolishi va oqibatda yangi hamkor qidirish payida bo‘lishi kutilmoqda. Kechqurun yoshi ulug‘ qondoshlar holidan albatta xabar olishingizni yulduzlar maslahat berishadi.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Bugun oldingizda bir dona muammo ko‘ndalang turishi mumkin. Bu yaqin insoningiz bilan orangizdagi munosabatlar buzilishidir. Munosabatlar allaqachon boshi berk ko‘chaga kirib ulgurgan. Endi uni qaytarib yorug‘ dunyoga olib chiqish qoladi. Bu oson kechmaydi albatta. Agar do‘stlar maslahatiga quloq tutsangiz, baxtli onlaringiz yana o‘zingizga qaytgan bo‘lardi. Ish joyingizda muammolar ko‘zga tashlanmaydi. Aksincha, ayrimlar mukofot puli olib og‘zi qulog‘ida uyga qaytishi mumkin. Kechki sayrni boshqa kunga qoldiring.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
17 martda nihoyatda o‘zingizni qo‘lga olgan holda, og‘ir-bosiqlikka amal qilib atrofdagilar bilan muloqot qiling. O‘zingizdan yoshi ulug‘, tajribasi ko‘proq bo‘lgan odamlarga hurmat bajo aylang. Yangi tanishuvlarga duch kelish kerak bo‘lsa, qalbingizga maslahat soling. U sizga yaxshi-yomonni darrov ajratib beradi. Oilasizlar kechqurun o‘ziga yoqqan inson bilan tanishib, qalbida muhabbat hissini tuya boshlashlari mumkin. O‘zingizni ehtiyot qiling. Oilada yon berishdan nariga o‘tmang.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kuningiz yengil kechmasligi tayin. Ammo ish masalasiga buning bog‘liqlik yeri yo‘q. Ish bir maromda bo‘ladi. Faqat shaxsiy hayotda turli kelishmovchiliklarni boshdan kechirishingiz mumkin. Lekin qizishmang. Qarindoshlarga, yaqin insoningizga nisbatan diplomatlarcha munosabat yuritishga harakat qiling. Surunkali xastalikka chalingan bo‘lsangiz, atmosferada davom etayotgan magnit bo‘ronlaridan saqlaning. Dorilarni o‘z vaqtida ichishni unutmang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
17 mart kuni emotsiyani vaqti-vaqti bilan jilovlay olmay qolishingiz kutiladi. Bu natijada depressiyaga olib kelishi ham hech gap emas. Bundan tashqari, atrofdagilarning qaysidir biri bilan janjallashishingiz ham mana shu emotsiya degan yaramas sababli yuzaga keladi. Shuning uchun kamgaproq bo‘ling, o‘zgalarni ko‘proq tinglang. Basharti salomatligingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz-u, olis safarga otlanish arafasida bo‘lsangiz, bu safarni ortga suring va vrach ko‘rigiga boring. Moliyaviy masalada tejamkorroq bo‘ling.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Buguningiz ham yaxshi, ham yomon kechishi mumkin. Yaxshiligi shundaki, ishlaringiz baroridan keladi. Kissangiz pulga to‘ladi. Ishxonadagi hamkasblar bilan shirin suhbatlar qurasiz, kayfiyatingiz ko‘tariladi. Yomoni esa shaxsiy hayot bilan bog‘liq. Juftingiz bilan jiqillashib qolishingiz ehtimoli bor. Bugun tijorat bilan shug‘ullanishni boshlash, bilim olish va sayohatga otlanish omadli kechadi. Muhabbatda his-tuyg‘ularni zanjirband holatda ushlang. Hasadgo‘ylarni ko‘rib qolsangiz, aylanib o‘ting. Sizni ko‘rmay qo‘ya qolishgani durust.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
17 mart kuni har galgidek sokin va xotirjamlikda ish boshlaysiz. Tajribaga boyligingiz va to‘g‘ri so‘zliligingiz sizga faqat foyda beradi. Moliyaviy muammolarni bartaraf etishda faolroq bo‘lmasangiz, uloqni boshqalar ilib ketishi turgan gap. Kechqurun tadbirkorlar muhim hujjatlarni imzolash, rasmiylashtirish bilan band bo‘lishlari kutilmoqda. Iloji bo‘lsa, bugun ertaroq uxlashga yoting. Tushlaringiz totli kechish ehtimoli bor. Mazlumlarni ko‘rib qolsangiz, albatta qaysidir jihatdan yordam ko‘rsating, iltimos!

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishga urinishlaringizda muvaffaqiyatsizliklar ko‘zga tashlanishi mumkin. Ammo yaqin do‘stlardan biri sizga juda qimmatli maslahat beradi. Agar shu maslahatga quloq tutsangiz, pul deganining o‘zi sizni qidirib keladi. Yaqin qondoshlardan kimdir sizga nisbatan sovuq muomalada bo‘lishi mumkin. Bosiqlik bilan bu vaziyatdan chiqib ketishga harakat qiling. Kechqurun yo ommaviy tadbir, yo kichik bayram ziyofatida ishtirok etishingiz kutiladi.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
17 martni sevimli insoningiz bilan birgalikda o‘tkazgingiz kelib qoladi. Na ish, na mavqe, na pul sizni qiziqtiradi. Kim bugun sayohatga otlangan bo‘lsa, albatta bu sayohati yoqimli kechadi inshoolloh. Yangi tanishlar orttirasiz, dunyoni ko‘rgandek bo‘lasiz. Kechqurun ham zerikishga vaqtingiz bo‘lmaydi. Yo olisda yashaydigan qarindoshingiz mehmonga keladi, yo juftingizni olib kinoga borishingiz ehtimolga yaqin.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Kuningiz juda unumli kechadi. Ayniqsa tijoratchilar, bozorchilarning kuni tug‘adi. Bayram arafasi bo‘lgani uchunmi, savdo deganining oxiri bo‘lmaydi. Faqat muomalada ehtiyot bo‘lsangiz, muloyimroq munosabat yuritsangiz bas. Oila qurmaganlardan kimdir tanlagani tarafidan aldanishi kutiladi. Sergak turing. Moliyaviy masalada badavlat tanishlardan biri yordam qo‘lini cho‘zadi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 17 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?