22:41 / 20.03.2018
10 285

Munajjimlar bashorati: 21 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 21 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Kuningiz bayramona boshlanadi inshoolloh. Shaxsiy muammolar bo‘lgan taqdirda ham qayg‘urishga, asabiylashishga arzimaydi. Ularni yo‘l-yo‘lakay ijobiy hal etib ketish qiyin emas. Kun davomida ko‘proq vaqtingizni dam olishga bag‘ishlang. Bayramdan, dam olish kunlaridan unumli foydalaning. Miyangizga tushkunlikka eltuvchi xayollarni aslo yaqinlashtirmang. Yaqin o‘tmish emas, bugungi kun bilan yashang. Kechqurun moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishi kutiladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
21 mart kuni ertalabdan kechgacha qiladigan ishlar rejasini tuzib chiqing. Shunda ko‘ngildagi natijani qo‘lga kiritasiz. Shaxsiy hayotingizga bir notanish va shubhali shaxs kirib olish payida bo‘lishi mumkin. Ammo tashvish chekmang. Mabodo oila qurmagan bo‘lsangiz, bu kimsa kelgusida yaqin insoningizga aylanishi ham mumkin. Taqdirning in’omlaridan hech qachon yuz o‘girmang. Kechqurun toza havoda sayr qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
21 martda muammolar yetarlicha topiladi. Ham shaxsiy, ham ish joyingiz bilan bog‘liq masalalarda ancha-muncha bosh qotirishingizga to‘g‘ri keladi. Kun bo‘yi negadir ko‘nglingizga o‘rlagan shubhalar tarqay qolmay zeriktirishi mumkin. Bardam bo‘ling, bu moliyaviy ahvolingiz yaxshilanishiga salbiy ta’sir ko‘rsatib qo‘yishi hech gap emas. Salomatligingizni ko‘z qorachig‘idek ehtiyot qiling.

QISQIChBAQA (22. 06 — 23. 07)
Hayotga, dunyoga optimist nazari bilan boqishingiz tavsiya qilinadi. Basharti qaysidir masalada maslahat zarur bo‘lib qolsa, yolg‘onchi, ikkiyuzlamachilardan bilib-bilmay maslahat so‘rab qo‘ymang. Hayotingiz, kelajagingiz o‘zgalar emas, o‘zingizning qo‘lingizda ekanini unutmang. Muhabbatda muammo ko‘zga tashlanmaydi. Juftingiz, bo‘lg‘usi juftingiz bilan o‘zaro munosabatlar yorqin kechadi.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
21 mart kuni sizga juda muhim loyihani hayotga tadbiq etish uchun katta pul kerak bo‘lib qolishi mumkin. Agar o‘z vaqtida qaytarishingizga aqlingiz yetsa, birovdan qarz olishingiz ham ziyon qilmaydi. Bundan boshqa yo‘l ham yo‘q-da. Kunning ikkinchi yarmida yoshi ulug‘ qondoshlarni bayram bilan qutlashni aslo unuta ko‘rmang. Bugun salomatlikni mustahkamlash doirasida profilaktika amallarini o‘tkazish xayrli kechadi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
Kuningiz og‘ir kechishi kutilmoqda. Har bir harakatingiz, har bir odam go‘yo sizni yo‘ldan ozdirishi muqarrardek tuyila boshlaydi. Tadbirkor bo‘lsangiz, bayram bo‘lishiga qaramay, oldinda shartnomalarni imzolash, kelishuvlar, yangi hamkorlar bilan uchrashish kabi amallar sizni intiq kutib qoladi. Bu harakatlar bilan organizmni jismonan zo‘riqtirib qo‘ymang. Agar sog‘lig‘ingiz yomonlasha boshlaganini sezsangiz, barcha ishlarni yig‘ishtirib, dam olishni tanlang.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
21 martda faqat o‘z manfaatlaringiz yo‘lida yelib-yuguring. O‘zingizga haddan ziyod ishonib yuborishdan tiyiling. Aks holda qarindoshlar, yaqinlaringizni ranjitib qo‘yishingiz mumkin. Kun davomida alohida vaqt ajratib, ular bilan suhbatlashing, ko‘ngil yozing. Bugun xususiy mulk oldi-sotdisi muvaffaqiyatli hal bo‘ladi.

ChAYoN (24. 10 — 22. 11)
Kuningiz unumli kechadi. Muammolarni bartaraf etishda yaqin tanishlarni, do‘stlarni albatta jalb eting. Bir o‘zingiz ularni uddalay olmaysiz. Juftingiz, yo bo‘lg‘usi juftingiz bilan munosabatlar abadiy bo‘lishini xohlasangiz, muhabbatda mas’uliyatni teran his etishga o‘rganing. Kechqurun ba’zilar uy ta’miri bilan mashg‘ul bo‘lishi kutiladi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
21 mart kuni kimdir sizga o‘ta serdaromad ishda hamkorlik taklif qilishi mumkin. Javobini cho‘zmang, darhol rozi bo‘ling. Mabodo ko‘nglingizda shubha uyg‘onsa, oila a’zolaringiz bilan maslahatlashing. Kun bo‘yi faqat pulning ketidan quvishdan tiyiling. Bu sizga ham moddiy, ham ma’naviy zarar yetkazishi turgan gap. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Yaqinlaringizga bayram sovg‘asi hadya etishni ham unutmang.

TOG‘ EChKISI (22. 12 — 20. 01)
Ertalabdayoq foydali va qiziqarli xabarlar eshitasiz. Shuning hisobigami, kuningiz shod-xurramlikda o‘tishi kutilmoqda. Siz qabul qilib olgan xabarlar kelgusida professional kasbingiz bilan bog‘liq ishda ham asqotishi mumkin. Shuning uchun e’tiborli bo‘ling. Moddiy ahvolingiz sal yomon bo‘lishi mumkin. Tanishlardan picha qarz ko‘tarishingizga to‘g‘ri keladi. Salomatligingizni asrang, asabni ehtiyot qiling.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
21 mart kuni bir olam quvonchli lahzalar kutadi. Suyganingiz esa sizga bayram sovg‘asini tayyorlab qo‘ygan. «Syurpriz» qilmoqchi shekilli. Quvonchli lahzalar orasida kelajak rejalarni ham tuzib qo‘ying. Bu ishingiz bilan bog‘liq. Bayram kunlari o‘tgach, shu rejalar sizga qanot vazifasini o‘taydi. Omadga erishishni istasangiz, tanishlar, do‘stlar yordamidan voz kechmang. Mag‘rurlikni bir chetga surib qo‘ying. Kechqurun uyingizga bayram bahona mehmonlar tashrif buyurishi kutiladi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
Ijodkorlarning kuni tug‘adi. Hoynahoy, bayram bahona ilhom parisi faqat siz bilan birga bo‘lishni mo‘ljallagan ko‘rinadi. Yaxshi tanish bo‘lmaganlar bilan shaxsiy muammolarni aslo muhokama qilmang. Do‘stlar, tanishlarga ruhiy holatingizni oshkor etmang. Kechqurun madaniy hordiq, kitob o‘qish fayzli kechadi.

Navro‘z bayrami bilan sizni chin dildan qutlab qolamiz!

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 21 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?