00:43 / 21.03.2018
10 039

Xayrullo Hamidov: "Kalima"

Хайрулло Ҳамидов: "Калима"
Bir namozni kanda qilmaydigan taqvodor bola sun’iy jonlantirish bo‘limida jon berayotgan edi.

Doktorlardan biri bolaning boshi ustida engashib, sekin dedi:

– Ukajon, kalima keltir, jannatga tushasan!

Bola boshini qimirlatib qo‘ydi, ammo kalimani aytmadi.

Doktor endi qattiqroq, tanbeh ohangida qaytardi:

– Uka, kalima keltir, dedim! Kimning oxirgi so‘zlari “La ilaha illalloh” bo‘lsa, unga do‘zax harom bo‘ladi, kalimani ayt!

Ko‘zlari yumilib borayotgan bola yana boshini qimirlatdi, ammo yana biror so‘z aytmadi. Shunda doktor unga yalingandek, yolvorgandek murojaat qildi:

– Jon, uka, do‘zaxi bo‘lib qolma, “La ilaha illalloh” degin!

Bola bor kuchini yig‘ib, kalimani aytdi:

– La ilaha illallohu Muhammadur rosululloh!

Shundan so‘ng bola ohista jon berdi.

Bu gapni eshitgan bolaning onasi faryod urib yig‘ladi. Doktor bolaning onasidan so‘radi:

– Nima uchun bolangiz ikki marta so‘raganimda kalima keltirmadi?

Bolaning onasi ko‘z yoshlarini artib, javob berdi:

– Chunki bolam soqov edi...

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Xayrullo Hamidov: "Kalima"