06:30 / 22.03.2018
4 342

Uorren Baffettdan 5/25 qoidasi: "eng muhim narsaga e’tibor qaratish"

Уоррен Баффеттдан 5/25 қоидаси: "энг муҳим нарсага эътибор қаратиш"
Eng muhimini aniqlash uchun 25 ta maqsadingizni yozing. Qolgan hech bir narsaga chalg‘itmang.

Maqsadlar ro‘yxatini tuzing
Uorren Baffettning 10 yil davomida unga xizmat qilgan uchuvchi Mayk Flintga qanday yordam bergani haqida hikoya bor. Kunlardan biri u Flintda karera maqsadlari qanday ekani haqida so‘ragan. «Sen hali ham men uchun ishlayotganing, mening ishimni qilmayotganimdan darak beradi», - deb hazillashgan Baffet. U Flintga maqsadlarni aniqlash uchun mashq bajarishini taklif qildi.

Avvaliga Flint yaqin kelajakda erishmoqchi bo‘lgan 25 narsaning ro‘yxatini tuzishi kerak edi. So‘ngra ularni muhimlik jihatdan baholash va beshta eng muhimini belgilash talab etildi. Bu beshta maqsadni tanlash eng qiyin masala. Biroq keyin Baffet Flintdan boshqa yigirmata band bilan nima qilmoqchi ekanini so‘ragan.

«Men birinchi beshtasiga asosiy e’tiborni qarataman, lekin boshqa bandlar ham men uchun muhim, - deya tushuntirgan Flint. - Men beshta asosiy maqsadga erishish yo‘lida ular ustida ham vaqti-vaqti bilan ishlayman». Bunga Baffet qattiq javob qaytaradi: «Yo‘q, sen noto‘g‘ri tushunibsan. Sen muhimligini qayd etmagan barchasi «Istalgan narx bilan chetlab o‘tish» ro‘yxatiga aylandi. Birinchi beshta maqsadga erishmaguncha ularga e’tibor berma».

Nima uchun bir narsaga e’tibor qaratish muhimroq
Biz doimo chalg‘iymiz. Aynan shuning uchun ko‘pchilik hech qachon biron bir sohada mahoratga erisha olmaydi. Har safar yangi narsalar bizni chalg‘itayotgan bo‘lsa, xarajatlarni yo‘qotilgan foyda bilan to‘lash talab etiladi. Bu bizning vaqtimiz va e’tiborimizni tortib oladi, bizga haqiqatdan ham muhim narsaga e’tibor qaratishga imkon bermaydi.

Zamonaviy tendensiyalarga chalg‘imang va bir qiziqishdan boshqasiga sakrab o‘tmang. 5/25 qoidasini nafaqat karerangizda, balki boshqa hayot sohalarida qo‘llang: sog‘liq, munosabatlar, shaxsiy maqsadlar.

Bularning barchasi zerikarli va monoton hayot kechirishingiz kerak, degani emas. Faqat maydalashib ketmang. Beshta asosiy maqsadga erishing, keyin esa boshqa bosqichga o‘ting.

Bu hayotda qanday namoyon bo‘ladi
O‘zingiz xohlagan narsa haqida o‘ylab ko‘ring. Chet tilini o‘rganish. Musiqa asbobini o‘zlashtirish. O‘z ishingizni ochish. Dunyoni ko‘rish. Ko‘pchilik bunday maqsadlarga baribir erishmaydi, bu esa ular ushbu odamlar uchun haqiqat ham juda muhim emasligini bildiradi. Odatda bunday maqsadlar biror foyda keltirishi mumkin ekani tufayli tanlanadi. Ammo bu ularga intilish uchun yetarli emas.

Masalan, o‘nta turli tilda gaplashish zo‘r bo‘lardi. Lekin har dam olish kunlarini grammatikani o‘rganishga sarflash juda ham qiziqarli emas. Chet tillari bizning ustuvorliklarimiz ro‘yxatida juda yuqori o‘rinni egallamaydi, odatda ish va oila muhimroqdir. Shuning uchun ularni faqat bo‘sh vaqtimizda o‘rganamiz va bu maqsadning o‘ziga erishish uchun bir necha yillar kerak bo‘ladi.

Yakunda biz hech qachon erisha olmaydigan maqsadlar ro‘yxatini olamiz. Bu stress va aybdorlik hisiga olib keladi. Ehtimol, beshta asosiy maqsadga kiritilmagan narsa hayotingizga kam ta’sir ko‘rsatadi. O‘zingizga doimiy ravishda maqsad qo‘shmasdan, yaxshisi ularni qisqartiring. 5/25 qoidasi soddalik hayotni yaxshiroq qilishini yana bir bor tasdiqlaydi.

Siz uchun muhimroq bo‘lgan narsalar bilan shug‘ullaning
Vaqt va e’tibor - ikki eng muhim resurs, ammo ikkalasi ham cheklangan. Yaxshi imkoniyatlar, ularga vaqtdan ko‘ra ko‘proqdir. Har biriga yopishib olmang. Imkoniyat qanchalik jozibador bo‘lishining ahamiyati yo‘q: agar u 25-raqamdagi maqsadga erishishga yordam beradigan bo‘lsa, unda unga vaqt sarflamang.

Maqsadlaringizni kamaytiring. Shunday qilib, siz uchun haqiqatdan ham juda muhim bo‘lgan narsalarni tezda anglaysiz. Bunga ko‘proq vaqt sarflang va qolgan narsalardan chalg‘imang.

Manba: Kun.uz

Dasturlash foundation


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Uorren Baffettdan 5/25 qoidasi: "eng muhim narsaga e’tibor qaratish"