12:20 / 23.03.2018
5 826

Samaradorlik: Uni oshirishning 9 ta qoidasi

Samaradorlik: Uni oshirishning 9 ta qoidasi
1. Majlislarni cho‘zmang
Besh nafardan ortiq odamni taklif qilmang va majlisni 30 daqiqadan ko‘proqqa cho‘zmang. Bunda hamma gapirishi mumkin, ammo vaqt kam bo‘lgani uchun odamlar chalg‘imaydi. Yig‘ilish yakunida albatta maqsad yoki vazifalar kelishib olinishi kerak, aks holda uning oshxonadagi suhbatdan farqi bo‘lmaydi.

2. Ishlarning to‘g‘ri ro‘yxatini tuzing

Har bir bob uchun muddat belgilangan bo‘lsa, vazifalar ro‘yxati juda foydalidir. Aks holda, bu qachonlardir bajarilishi kerak bo‘lgan narsalarning ro‘yxati bo‘lib qoladi.

3. Ijtimoiy tarmoqlar uchun ma’lum bir vaqtni ajrating

Barcha xabarlarni o‘chirib qo‘ying va ijtimoiy tarmoqlarga kirish uchun aniq vaqtni belgilang. Agar shunday qilmasangiz, siz xabar va turli eslatmalardan iborat doira ichiga tushib qolasiz.

4. Buzuq poydevor ustiga yangi bino qurmang
Ba’zi tizimlar ishlamasa, xatolarni tuzatishga harakat qiling yoki hamma narsani boshidan boshlang.

5. Eng murakkabidan boshlang
Murakkab ishlarni keyinga qoldirmang, darhol bajaring. Shunda kunning qolgan qismida boshqa ishlar bilan shug‘ullanish ancha oson bo‘ladi.

6. Uyquga to‘ying
Uyquni qurbon qilib, maqsadingizga yaqinlasha olmaysiz. Sizga 8 soatlik uyqu kerak bo‘lsa-yu faqat 6 soat uxlagan bo‘lsangiz, kuningiz samarali bo‘lmaydi. Ish kuniga 2 soat qo‘shgan bo‘lishingiz mumkin, ammo sifat borasida ko‘p narsalarni yo‘qotdingiz. Yana sog‘lig‘ingizga ham zarar yetkazdingiz.

7. Mayda ishlarga ko‘p vaqt sarflamang
Ba’zan biz mayda ishlar bilan band bo‘lib, muhim vazifalarni unutib, vaqt qanday o‘tib ketganini bilmay qolamiz. Buning oldini olish uchun vazifalarning aniq ro‘yxatini tuzing.

8. Yozishmalar uchun vaqtni qisqartirish
Odatda odamlar bitta savol bilan murojaat qiladi, keyin boshqa xabarlarni yuborishadi, natijada yozishmalar ancha cho‘zilib ketadi. Kutilayotgan savollarga oldindan javob berishga harakat qiling. Xabarni qisqa va aniq yozing.

9. Foydali harakatlarni odatga aylantiring
Bu sizga ko‘p kuch va asablarni tejash imkonini beradi. Odatlarni shakllantirishning asosiy jihati — takrorlash va intizomdir. Agar biror-bir harakatni ko‘p takrorlasangiz, uni ko‘zingizni yumib ham bajara boshlaysiz.

Manba: Xabar.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Samaradorlik: Uni oshirishning 9 ta qoidasi