22:20 / 25.03.2018
10 438

Munajjimlar bashorati: 26 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?

Munajjimlar bashorati: 26 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?
QO‘Y (21. 03 — 20. 04)
Bugun ishlaringiz boshingizdan oshib-toshadi. Shuning uchun tayyor turishingizga to‘g‘ri keladi. Daromadi ham shunga yarasha bo‘ladi. Faqat uni yaqin kelajakda olishingiz mumkin. Ilgari ortga surilgan loyihalarni aynan bugun haqiqatga aylantirishingiz lozim. Agar yangi g‘oyalar tug‘ilgan bo‘lsa, ularni ortga suring. Kechqurun qondoshlardan birining moliyaviy muammolarini hal qilib berishingizga to‘g‘ri keladi.

BUZOQ (21. 04 — 21. 05)
26 martda sizni quvonch-u tashvishlar baravar qurshab olishi kutiladi. Ishlar ham keragidan ko‘p bo‘lishi mumkin. Bundan chiqdi, siz shaxsiy ishlarga qo‘shimcha vaqt topa olmasligingiz tayin. Yaqinlaringiz sizdagi optimizmni juda qadrlashadi. Ammo bugun hech qanaqasiga yordam berishmaydi. Xohlashmaydi. Shaxsiy hayotda juftingizni rashk qilishdan tiyiling. Ayniqsa, bu rashk isbotga ega bo‘lmasa, orangizda jiddiy qarama-qarshiliklar yuzaga kelishi hech gap emas. Sog‘lig‘ingizni juda ehtiyot qiling.

EGIZAKLAR (22. 05 — 21. 06)
Ertalabdan ikkinchi, uchinchi darajali hisoblangan ishlarga qo‘l uring. Kun davomida hamkasblarning qaysidir biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimoli bor. Shu sababli o‘zingizni og‘ir tuting. Ko‘proq tinglang. To‘g‘ri, siz muloqotni juda xush ko‘rasiz. Lekin bugun bu odatingizni chetga surib turmasangiz bo‘lmaydi. Kunning ikkinchi yarmida ayrimlar xizmat safariga jo‘nab ketishi mumkin. Kechqurun toza havoda sayr qiling. Ovqatni chertib-chertib iste’mol qiling.

QISQICHBAQA (22. 06 — 23. 07)
26 mart kuni maqsadingiz faqat ko‘proq pul topish va mavqeni mustahkamlashdan iborat bo‘lishi kerak. Kun bo‘yi olis safarga otlanishingiz kutiladi. Safarda juda sergak turishingiz zarur, aks holda ko‘ngilsizlik orttirib olishingiz hech gap emas. Shaxsiy hayotda, juftingiz bilan o‘zaro munosabatlarda yangi ranglarni o‘ylab toping. Agar juftingiz bilan fikringiz bir xil bo‘lsa, bunday eksperimentlardan cho‘chishingiz shart emas. Faqat tashqarida qarama-qarshi jins vakil yo vakilalari bilan don olishib qo‘ymasangiz bas.

ARSLON (24. 07 — 23. 08)
Uyqudan uyg‘oniboq yettinchi osmonda parvoz qila boshlashingiz mumkin. Ammo bugun parvozlar sizga qanot bo‘la olmaydi. Ishlaringiz bir talay. Ularni bajarish uchun masalaga real nazar bilan boqishingiz lozim. Bugun zararli odatlardan voz kechish salomatligingiz mustahkamlana borishidan darak ekanini unutmang. Mabodo ortiqcha vazndan xalos bo‘lishni istasangiz, sportzalga qatnashni boshlang. Shunda bahor oxiriga qadar salomatligingiz a’lo darajada bo‘lib, ortiqcha vazndan asar ham qolmaydi.

PARIZOD (24. 08 — 23. 09)
26 martda siz ko‘plab mushkulotlarni boshdan kechirishingiz mumkin. Ayniqsa, ishxonadagi hamkasblardan biri bilan janjallashib qolishingiz ehtimolga yaqin. Qarindoshlar bilan munosabatlaringizda ham muammo yuzaga keladi. Bu kelishmovchiliklarni qanday bartaraf etishingiz esa keyinroq ma’lum bo‘ladi. Biror yoqqa jo‘nab ketishni mo‘ljallagan bo‘lsangiz, shaxsingizni tasdiqlovchi hujjatsiz yo‘lga chiqmang. Surunkali xastalikka yo‘liqqanlar salomatliklarini qadrlasinlar.

TAROZI (24. 09 — 23. 10)
Ertalab kimdir sizga qo‘ng‘iroq qilib yoki uyingizga kelib qo‘shimcha daromad beruvchi ish taklif etishi kutilmoqda. Bu masalani obdon o‘ylab keyin bir to‘xtamga kelishingiz kerak. Tushdan keyin xayolingizda ham bo‘lmagan tarafdan omad yuz ko‘rsatishi kutiladi. Tejamkor bo‘lsangiz, duch kelgan buyumga pul sarflayvermasangiz, kechki paytga borib moliyaviy ahvolingiz yaxshilanadi inshoolloh.

CHAYON (24. 10 — 22. 11)
26 mart kuni shunday ajoyib, qiziqarli loyihaga duch kelasizki, qolgan ishlarni chetga surishga ahd qilasiz. Loyiha uyaltirmaydi. Mukofoti ham, ma’naviy rag‘bati ham sizga atalgan bo‘ladi. Bir kimsa bor, u bilan hech qachon fikringiz bir joydan chiqmagan. Bugun ham o‘sha yo‘lingizga ko‘ndalang bo‘lib asabingizni buzish xavfi sezilyapti. Ulgursangiz, yuz metr naridan boshqa ko‘chaga burilib keting. Kechqurun sevgan insoningiz sizga kutilmagan sovg‘a hadya etmoqchi.

O‘QOTAR (23. 11 — 21. 12)
Kuningiz unumli bo‘ladi. Bajarayotgan ishlaringiz ketma-ket o‘z mevasini bera boshlaydi. Professional kasbingiz bilan bog‘liq ishingizda yangi gorizontlar ochilishiga guvoh bo‘lasiz. Kunning ikkinchi yarmida yaqin do‘stlardan biri bilan jiqillashib qolishingiz kutilmoqda. Kechqurun salomatligingiz yomonlashuvi kuzatiladi. Bu shamollashdan bo‘lsa kerak. Darrov tadbirini ko‘ring. Hasadgo‘ylarga e’tibor qilmang. Ularni ko‘rmayotgandek, eshitmayotgandek o‘zingizni xotirjam tutgan holda harakatlar sodir etavering.

TOG‘ ECHKISI (22. 12 — 20. 01)
26 mart kuni bajaradigan ishlaringiz sifati oldingi kunlardagiga nisbatan ancha yuqorilaganiga amin bo‘lasiz. Faqat zimmangizdagi vazifalarni o‘z vaqtida ado etishga harakat qiling. Bu sizga yana qo‘shimcha imkoniyatlarni taqdim etadi. Bugun qarindoshlar bilan tillashmay turing. Janjal chiqish xavfi bor. Kechqurun sog‘lig‘ingizni nazardan o‘tkazib olsangiz ham ziyon qilmaydi. Vaqt ajrata olsangiz, farzandlar tarbiyasi bilan ham qiziqib qo‘ying.

QOVG‘A (21. 01 — 19. 02)
Nimaiki ishga qo‘l urmang, hamkasblar bilan kelishgan holda jamoaviy tarzda bu yumushni ado eting. Shunda ishingizda unum bo‘ladi. Sizni maqtanchoqqa chiqarib qo‘ymasliklari uchun og‘ir-bosiq, kamgaplikni tanlang. Moliyaviy muammolarni ijobiy hal etishda ancha-muncha ter to‘kishingizga to‘g‘ri keladi. Bo‘shashsangiz, yo‘qotishlarga yuz burishingiz turgan gap. Ba’zilarning xonadonida bugun kechqurun chaqaloq yig‘isi yangrashi ehtimolga yaqin bo‘lib turibdi.

BALIQ (20. 02 — 20. 03)
26 mart kunning birinchi yarmida muhim hujjatlarni rasmiylashtirish, xususiy mulk oldi-sotdisi bilan bog‘liq amallar muvaffaqiyatli yakun topadi. Biroq bu ishda davlat tashkilotlariga tegishli huquqshunos va advokatlar xizmatidan foydalaning. Oila qurmaganlar kechki payt bir ko‘rishda muhabbat jumlasi safsata emasligiga shaxsan guvohlik qilishadi. Siz sevib qolishingiz kutilmoqda.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: 26 mart kuni yulduzlar sizga nimalarni va’da qilmoqda?