23:20 / 01.04.2018
4 960

Bir joyda ko‘p o‘tirgan holatdagi hayot tarzi salomatlik kushandasidir…

Bir joyda ko‘p o‘tirgan holatdagi hayot tarzi salomatlik kushandasidir…
Liverpul universiteti mutaxassislari xuddi shu mavzuda tadqiqotlar tashkil etishdi. Maqsad bitta edi. Odam bir joyda ko‘p o‘tirgan holda ishlasa, kam harakatlansa, oqibati qanday bo‘ladi?

Tadqiqotlarga 35-40 yosh oralig‘idagi taxminan 45 kishi taklif etildi. Ular olimlarning ko‘rsatmalari bo‘yicha ikki hafta kam harakatga ega hayot tarzini boshdan kechirishdi. Ishga mashinada borishdi. Zinapoyadan ko‘tarilish o‘rniga liftlar, eskalatorlardan foydalanishdi. Ishda ham deyarli harakatlanishmadi. Kechqurun uyga qaytgach, asosiy vaqtni kompyuter qarshisida o‘tkazishdi. Ikki haftadan keyin ishtirokchilar organizmi qayta nazoratdan o‘tkazildi. Qarangki, shu ikki hafta ichida kam harakatlanish tufayli tadqiqot ishtirokchilarining organizmida ortiqcha yog‘lar yig‘ila boshlagan, organizm insulinni his etish imkoniyatini yo‘qotish pallasiga kirgan. Yurak faoliyatida ham zaiflashish holatlari ko‘zga tashlana boshlagan. Qandli diabet xavfi bir necha foizga oshgan.

Tadqiqot natijalaridan kelib chiqib, olimlar hech qachon bir joyda uzoq o‘tirib qolmaslikni maslahat berishdi.

Manba: Hordiq.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Bir joyda ko‘p o‘tirgan holatdagi hayot tarzi salomatlik kushandasidir…