Boylik – bu ustingizdagi qimmatbaho kiyim emas…

  • 19-04-2018, 00:30
  • 1 712
  • Hayot tarzi
  • Boylik – bu ustingizdagi qimmatbaho kiyim emas…
    Boylik – bu ustingizdagi qimmatbaho kiyim, sizni qanday mashinada olib yurishlari va qanday qimmatbaho telefon ishlatishingiz emas!

    Boylik aslida – ota-onangizning hayot ekanligi, sog‘lom farzandlar, ishonchli do‘stlar va sevimli insoningizning kuchli yelkasi. Agar siz ko‘rish, yurish, suhbatlashish, sevish va har kuni ertalab uyqudan uyg‘onish imkoniyatiga ega bo‘lsangiz, siz haqiqiy boy odamsiz!

    Hayotdan nolishdan oldin, bu hayotni erta tark etganlar haqida o‘ylang!

    Eringizning ustidan arz qilishdan avval nikoh qurishni orzu qilib yurgan qancha qizlar borligini tasavvur qiling!

    Bolalaringiz itoatsiz ekanligidan shikoyat qilishdan oldin, farzand so‘rab kechalari Allohga ibodat qilayotganlarni eslang!

    Sizda bo‘lgan narsangizni qadrlang!

    Xursandchilik va tinchlikni o‘g‘irlaydigan uchta tuzoq mavjud: o‘tmishdan afsuslanish, kelajakka tashvish va hozirgi kundagi noshukurlik.

    Agar sizni bag‘riga bosib, butun dunyoni unutib ko‘zini yumib oladigan odamni topsangiz, baxtli bo‘lasiz!

    «Biz yig‘lab tug‘ilamiz, o‘lganimizdan so‘ng yig‘lashadi, faqat hayotimizda kulib yashashimiz kerak»
    (Viktor Gyugo)

    Manba: mulohaza.uz

    » » Boylik – bu ustingizdagi qimmatbaho kiyim emas…