11:57 / 23.04.2018
8 010

Nafs qanday tarbiya qilinadi?

Nafs qanday tarbiya qilinadi?
Shayx Muhammad Mutavalliy Sha’roviy dars aytardi. U zotning darsidan bir safar juda ko‘p insonlar ta’sirlandi. Shayx o‘zlarida biroz ujb va kibr his qildi.

Darsdan keyin uyga qaytish uchun mashinaga mindi. Yo‘lda ketayotib masjidni ko‘rib qoldi. Shunda haydovchiga: «Mashinani to‘xtat » dedi. Haydovchi: «Ey shayx, hozir namoz payti emas-ku» dedi va mashinani to‘xtatdi.

Shayx masjid tahoratxonasiga kirib hamma xonani tozalab chiqdi-da, keyin mashinaga qaytdi. Haydovchi: «Nega bunday qildingiz» – deb so‘raganda shayx shunday dedi: «Nafsim meni ajablantirdi. Uni xorlashni hohladim».
Abdulqodir POLVONOV tarjimasi.

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Nafs qanday tarbiya qilinadi?