06:30 / 16.05.2018
4 560

Og‘riqli savol

Og‘riqli savol
Qadrdonlarimizdan biri menga savol berib qoldi:

– Deylik, siz bir yurtga musofir bo‘lib bordingiz. “Bu yerda yaxshigina daromad topib ishlashingiz mumkin. Qancha jon kuydirib, kechalarini kecha, kunduzlarini kunduz demay ishlasangiz shuncha ko‘p topasiz, millonlab dollar bo‘lar balki!? Ammo bir shart bilan, ya’ni, qaytayotganingizda bor topganingizni tashlab ketasiz” deyilsa, ne qilgan bo‘lardingiz?

Javobga o‘ylanib o‘ltirmadim.

– Jon kuydirmay, kunim o‘tishi uchungina ishlardim, – dedim. – Va har bir aqlli ham shunday degan bo‘lardi.

Savol yana davom etdi:

-Unda aytingchi, bu musofir yurtda, ertami, yo indin qaytishimiz, topganlarimizni tashlab ketishimiz aniq bo‘lgan yolg‘on dunyoda bu qadar horib ishlashlaridan manfaat ne!?

Biror so‘z aytolmadim, lom-mim ham deyolmadim. Men javob topolmadim. Siz-chi!?

Manba: Azon.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Og‘riqli savol