11:35 / 28.05.2018
6 463

Munajjimlar bashorati: Yorqin lahzalarga boy hafta! (28 may — 3 iyun, 2018 yil)

Munajjimlar bashorati: Yorqin lahzalarga boy hafta! (28 may — 3 iyun, 2018 yil)
Hamal
Bu hafta «hamal»lar ehtiyotkor bo‘lishgani ma’qul. Siringiz raqiblarga oshkor bo‘lib qolishi mumkin. Seshanba kuni muammolarni bartaraf etish bilan band bo‘lasiz. Hafta o‘rtasida foydali takliflar olasiz. Ularni amalga oshirishda shoshilmang.

Sog‘ligingizga e’tiborli bo‘ling. Shifokor ko‘rsatmasisiz biror dori iste’mol qilmang. Dam olish kunlari oilangiz bilan maroqli hordiq chiqarasiz.

Savr
Savr burji sohiblari uchun bu hafta muhim uchrashuvlarga boy bo‘ladi. Hamkorlar bilan imzolagan shartnomangiz ijobiy samara berib, moliyaviy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Ortiqcha xarajatlar qilmay, pulingizni tejab, reja bilan sarflasangiz hammasi yaxshi bo‘lishi kutilmoqda.

Salomatligingizga ham jiddiy e’tibor qarating. Ishlaringizni o‘z vaqtida bajarib, yozgi ta’tilga puxta reja tuzing.

Javzo
Haftaning birinchi yarmida moliyaviy bonuslarga ega bo‘lasiz. Biznes borasida ham muvaffaqiyatga erishasiz. Xizmat lovozimingiz oshishi mumkin. Hamkasblaringizga bergan va’dangizni bajarishga harakat qiling. Ularga oilaviy sirlaringizni oshkor etmang. Juma — farzandlaringiz bilan turli ko‘ngilochar maskanlarga borish uchun qulay kun.

Saraton
Hayotingizda tub burilish yuz beradi. Natijada ko‘plabmuvaffaqiyatlarga erishasiz. Yodda qolarli ishlarni amalga oshirasiz. Mehnatkashligingiz tufayli katta yutuqlarni qo‘lga kiritasiz. Ammo ish bilan bo‘lib yaqinlaringizni unutib qo‘ymang. Ular bilan sodir bo‘lishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlikning oldini oling. Dam olish kunlarini farzandlaringiz bilan birga o‘tkazing.

Asad
Hafta boshida biznes hamkorlar bilan muhim shartnoma imzolaysiz. Moliyaviy masalalarni hal etishda oltin o‘rtaliqni tanlang. Xarajatlardan qochib, foydali takliflarni rad etmang. Siz ishdan bo‘yin tovlamaydiganlar toifasidansiz. Shu bois ham mehnatingiz munosib taqdirlanadi.

Hafta oxirida mansab pillapoyalaridan yuqorilab, daromadingiz oshishi kutilmoqda. Dam olish kunlarini oilangiz davrasida o‘tkazing.

Sunbula
Bu hafta «sunbula»larga omad kulib boqadi. Mehnatingiz munosib baholanib, rag‘batlantirilasiz. Bundanerkalanib ketmang!
Haftaning ikkinchi yarmida kasbiy mahoratingizni yanada oshirish uchun qulay imkoniyat bo‘ladi. Natijada muammolaringizga samarali yechim topasiz. Ortiqcha hissiyotlarga berilmang.

Haftaning ikkinchi yarmida oilali «sunbula»larga e’tiborni farzandlariga qaratishni maslahat beramiz.

Mezon
Bu hafta sizdan tartib-intizomli bo‘lish talab etiladi. ²amkasblaringizning munosabatidan asabingizni buzmang. Yangi joydan ish taklif qilinishi mumkin. Balki bu borada ham jiddiy o‘ylab ko‘rarsiz.

Haftaning ikkinchi yarmi yorqin lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Faqat sirlaringizni hech kimga oshkor etmang. Ana shunda hammasi yaxshi bo‘ladi.

Aqrab
Bu hafta kutilmagan hodisalarga boy. Uyda ham, ishda ham hamma sizni qo‘llab-quvvatlaydi. Hafta boshida moliyaviy masalalarni hal etish uchun qulay fursat tug‘iladi. Faqat undan unumli foydalaning. Chunki ayni imkoniyat qayta bo‘lmasligi mumkin.

Ish bilan bo‘lib, farzandlaringizni esdan chiqarib qo‘ymang. Ularga bergan va’dangizni bajarishning vaqti keldi.

Qavs
Bu hafta o‘zingizga yoqqan ishlarni bajarishga fursat tug‘iladi. Ularni amalga oshirish uchun sizdan ko‘p kuch talab etilmaydi. Biznes hamkorlar bilan muhim shartnomalar imzolaysiz. Ularning ham fikrini inobatga olsangiz yutqazmaysiz. Faqat o‘zingizga ishonchli yordamchi toping. Hafta oxirida do‘stlar bilan uchrashib, dildan suhbatlashasiz.

Jadiy
Hafta boshidayoq bir nechta foydali bitimlar imzolaysiz. Faqat muammolardan cho‘chib, shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymang. Oldingizga aniq maqsad qo‘ying.

Moliyaviy ahvolingiz barqaror bo‘ladi. Sog‘ligingiz bezovta qilyaptimi, o‘z vaqtida shifokorga murojaat eting. Dam olish kunini oila davrasida o‘tkazing.

Dalv

Zerikarli va bir xil davom etayotgan kunlarga barham berish payti keldi. Ko‘ngliga quloq soling. Muhimi, bu hafta moddiy ahvolingizni tiklab olish uchun qulay imkoniyatlar tug‘iladi. Hafta so‘ngida oilaviy dam olish uchun ham vaqt toping. Sayohatga chiqasizmi, kino va teatrga borasizmi o‘zingiz tanlang.

Hut
Hafta boshida moliyaviy sohada o‘zgarishlar bo‘lishi mumkin, ammo juda katta xaridlarni rejalashtirmang. Tanish va ishonchli bo‘lsa-da, hech kimga siringizni oshkor etmang. Muhim uchrashuvlarni keyingi haftaga qoldirganingiz ma’qul.

Haftaning ikkinchi yarmida kasbiy mahoratingizni oshirish uchun imkon tug‘iladi. Bundan unumli foydalaning.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Munajjimlar bashorati: Yorqin lahzalarga boy hafta! (28 may — 3 iyun, 2018 yil)