10:53 / 11.06.2018
8 490

Haftalik munajjimlar bashorati (11—17 iyun, 2018 yil)

Haftalik munajjimlar bashorati (11—17 iyun, 2018 yil)
Hamal

Moddiy tomonlama imkoniyatingiz yaxshilanib, o‘zingizni yengil his etasiz. Tashkilotchiligingiz va ishbilarmonlik qobiliyatingiz sabablavozimingiz oshishi mumkin. Hamkasblaringiz ham sizni qo‘llab-quvvatlashadi. Ularning ishonchini oqlashga harakat qiling. Payshanba — kasbiy mahoratingizni oshirish uchun qulay fursat. Dam olish kunlariga xaridlarni rejalashtirmang. Farzandlaringiz bilan birga ko‘ngilochar maskanlarga boring.

Savr

Bu hafta ishlaringizni reja asosida bajarmasangiz qiynalib qolasiz. Ortiqcha yumushlarni zimmangizga olmang. Biznes hamkorlar bilan kelishuvlarni ham keyingi haftaga qoldirganingiz ma’qul. Haftaning ikkinchi yarmida moddiy ahvolingiz yaxshilanadi. Juda shart bo‘lmasa, xaridlar qilmay turganingiz ma’qul. Dam olish kunlari ko‘pdan beri ko‘rishmagan qadrdonlaringiz bilan uchrashib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Javzo

Javzo burji sohiblari uchun bu hafta faqat pul emas, bilim va tajriba ham muhim rol o‘ynaydi. Haftaning birinchi yarmida intellektual qobiliyatingizni ko‘rsatish uchun qulay fursat tug‘iladi. Natijada, moddiy ahvolingiz yaxshilanib, mo‘may daromadga ega bo‘lasiz. Atrofingizdagilar ham sizga havas qilishadi. Faqat bundan havolanib ketmang. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Saraton

Rejalashtirgan ishlaringizni jadal amalga oshirishga harakat qilasiz. Tig‘iz vaziyatlarda o‘zingizni qo‘lga oling. Hissiyotlarga erk bermang. Aks holdamuammo orttirib olasiz.

Salomatligingizga ham jiddiy e’tibor bering. Bir joyda uzoq muddat o‘tirib ishlamang. Nafas olish tizimida bezovtaliklar bo‘lishi mumkin. Kechiktirmay o‘z vaqtida shifokorga murojaat eting.

Asad

Haftaning birinchi yarmida ko‘plab foydali takliflar bo‘ladi. Ularni rad etmang. Biznes hamkorlar bilan shartnomalar imzolab, barini muvaffaqiyatli amalga oshirasiz. Natijada, moddiy ahvolingizni ancha yaxshilab olasiz.

Sog‘ligingiz biroz bezovta qilishi mumkin. Ehtiyot choralarini ko‘rib qo‘ying. Dam olish kunlari do‘stlar bilan tog‘-yon bag‘irlariga sayrga chiqasiz.

Sunbula

Bu hafta «sunbula»lar yangi takliflarini amaliyotga joriy etish uchun imkoniyatga ega bo‘lishadi. Ularning tashabbuskorligi ijobiy samara beradi. Ish sabab yon-atrofingizdagilarni ranjitib qo‘ymang. Hushyor bo‘lib yuz berishi mumkin bo‘lgan ko‘ngilsizlikning oldini oling. Dam olish kunlari farzandlaringiz bilan maroqli hordiq chiqaring.

Mezon

Hafta boshidanoq muammolarni hal etishga kirishasiz. Mehnatingiz munosib taqdirlanadi. Hafta oxiriga borib daromadingiz oshishi kutilmoqda. Hushyor bo‘ling, sizning bu yutuqlaringizga hasad qiluvchilar ham topilib qoladi. Ularga e’tibor bermasangiz yutasiz. Dam olish kunlari mehmonga taklif etilasiz.

Aqrab

Bu hafta sizga omad kulib boqadi. Mehnatingiz munosib rag‘batlantiriladi. Moddiy ahvolingiz sezilarli darajada yaxshilanadi. Lekin katta xaridlar qilmang.

Haftaning ikkinchi yarmida muammolaringizga yechim topasiz. Ko‘proq harakat qiling, ortiqcha hissiyotlarga berilmang. Oilangizni ham unutib qo‘ymang. Dam olish kunidagi maroqli hordiq sizga cheksiz kuch bag‘ishlaydi.

Qavs

Tartib-intizomli bo‘ling. Ishingiz ko‘payib ketganidan hammasiga ulgura olamanmikan, deganxavotirga tushasiz. Ammo bu siz o‘ylaganchalik vahimali emas. Faqat ishlaringizni reja asosida amalga oshirsangiz hammasi yaxshi bo‘ladi.

Haftaning ikkinchi yarmi yorqin lahzalarga boy bo‘lishi kutilmoqda. Ko‘pdan beri ko‘rishmagan qadrdonlaringiz bilan uchrashasiz. Dam olish kunlarini oila davrasida o‘tkazing.

Jadiy

«Jadiy»lar uchun bu hafta kutilmagan hodisalarga boy bo‘ladi. Atrofdagilar sizga nisbatan xayrixoh bo‘lishadi. Hafta boshidayoq moliyaviy masalalarni hal etish uchun qulay fursat tug‘iladi. Faqat undan unumli foydalaning. Aks holda bunday imkoniyatqayta bo‘lmasligi mumkin. Dam olish kunlari oilaviy hordiq chiqarish uchun tabiat bag‘riga sayir uyushtiring.

Dalv

Hafta biznes hamkorlar bilan uchrashuvdan boshlanadi. Dushanba — muhim shartnomalarni imzolash uchun qulay kun. Qayerda bo‘lmasin, fikringizni to‘g‘ri tushuntirolsangiz yutqazmaysiz. Natijada, mo‘may daromadga ega bo‘lasiz.

Ish bilan bo‘lib, sog‘likni ham unutib qo‘ymang. Hafta so‘ngida do‘stlaringiz bilan uchrashib, maroqli hordiq chiqarasiz.

Hut

Hafta boshidayoq bir nechta bitimlar imzolaysiz. Faqat sizdan shoshma-shosharlikka yo‘l qo‘ymaslik talab etiladi. Aniq maqsad yo‘lidan boring. Muammolardan cho‘chimang. O‘z kuchingizga ishonsangiz, albatta, barcha masalalarni osonlik bilan hal etasiz. Shanba — oilaviy xaridlar uchun qulay kun. Dam olish kunlari yaqinlaringizni yo‘qlashni unutmang.

Manba: Darakchi.uz

arenda kvartira tashkent


Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosing
Yangiliklar » Hayot uchun » Haftalik munajjimlar bashorati (11—17 iyun, 2018 yil)