Tarixiy ma’lumotlarga ko‘ra, Abu Rayhon Beruniy umrining oxirigacha ilm izlagan ekan. Naql qilishlaricha, allomaning shogirdlaridan biri u so‘nggi nafaslarini olayotgan paytda huzuriga kiribdi. Ustozi undan “Meroslarni noto‘g‘ri bo‘lish haqida aytganlaringni takrorlab ber”, deb so‘rabdi. Shogirdning ustoziga rahmi kelib, “Shunday ahvolda-ya!” degan ekan, Abu Rayhon Beruniy “Men uchun bu masalani bilib, dunyodan o‘tish bilmasdan o‘tib ketishdan afzalroq emasmi?”, debdi. Shundan so‘ng shogird so‘ralgan masalani takrorlab beribdi, ustoz esa bu boradagi o‘z mushohadalarini bildiribdi. Suhbatdan keyin shogird ustozining oldidan chiqib ketishi bilan uydan yig‘i ovozlari eshitila boshlabdi.
Ammo yana bir hikoyat borki, bu ulug‘ alloma ilmdan yolg‘onchilik, shaxsiy manfaat yo‘lida foydalanishga mutlaqo qarshi bo‘lgan ekan. Falsafa fanlari doktori, professor Baxtiyor To‘rayevning yozishicha, bir kishi Beruniydan iltimos qilib, “Menga foyda keltiradigan biror narsani o‘rgatib qo‘ying”, debdi. Olim unga al-Kindiyning “Ishoratlar kitobi”dan o‘tkir narsalardan tayyorlanadigan bir dori tarkibini yozib beribdi. Bu dori suvga tomizilib, hosil bo‘lgan moddaga qalamni botirib, aqiq toshga chizilsa, toshdagi yozuv oq bo‘lib ko‘rinarkan. Buni o‘rganib olgan boyagi kishi “Muhammad”, “Ali” va boshqa ismlarni toshga yozib, “Bu falon joydan topilgan tabiiy yozuv”, deb da’vo qiladigan, sodda odamlarning pulini shiladigan bo‘libdi. Beruniy esa bu darsidan pushaymon bo‘lib, “Ilmni nafsi uchun ishlatadiganlarga o‘rgatish — uning jinoyatiga sherik bo‘lishdir”, deb Allohga tavba qilgan ekan.
Manba: Kun.uz
“Zamin” yangiliklarini “Instagram”da kuzatib boring
Ctrl
Enter
Xato topdIngizmi?
Iborani ajratib Ctrl+Enter tugmasini bosingMavzuga oid yangiliklar
Germaniyada maktab o‘quvchilari ommaviy ravishda islom dinini qabul qilmoqda
Qaysi kundalik odatlar immunitet pasayishiga olib kelishini bilasizmi?
Vladimir Putin «Krokus»da sodir etilgan terakt uchun o‘ch olishga chaqirdi
Toshkentda 02 kodli avtoraqamlar taxminan qachon paydo bo‘lishi aytildi
Amerikalik olimlar barcha uchun birdek foydali jismoniy faollik turini aniqladi
Rossiya dunyodagi birinchi vodorod yoqilg‘ili avtomobilni taqdim etdi
Eron prezidenti jiddiy bayonot berdi: «Isroildan hech narsa qolmaydi»
Crocus teraktida ayblanayotgan tojikistonlik Dalerjon Mirzoyevning ota-onasi o‘g‘li haqida gapirdi